Arifmetik masalalar yechish
Masala yechishda "qo`shish", "ayirish", "barobar" matematik terminlaridan foydalanish zarur. Keyin masalani "yoziladi".
- Lolada 3 ta shar bor edi, u yana 1 ta shar oldi. SHarlar ko`paydimi, kamaydimi? Ko`paysa qaysi belgidan foydalanamiz? qo`shuv belgisidan, qo`shuv bir barobar 4 (shar). Doskada 3 raqami. Lola nechta shar oldi? 1 ta 3 qo`shuv 1 barobar? Masalada bizga nima noma`lum? SHarlarning nechta bo`lgani va 3 qo`shuv 1 barobar? Keyin masala bir necha marta qaytariladi va echiladi. Doskaga 3 qo`shuv 1 barobar 4 deb "yoziladi".
Bolalar yozishni mashq qiladilar. 1 - 2 bola mustaqil yozganlarini o`qib beradilar. "3 sharga 1 ta shar qo`shilsa, 4 ta shar bo`ladi". Kim masalani echadi? 3 ga 1 ni qo`shish kerak. Lolada nechta shar bo`ldi? 4 ta. Doskada 3 qo`shuv 1 barobar 4. Bolalar ko`pincha masalani hikoya, topishmoq bilan aralashtirib yuboradilar. Masalan: Akvariumda 6 ta baliq bor edi. Yana bir nechta baliq solib qo`yishdi. Bu masasalani yechish mumkinmi? Yoki to`rtta og`ayni bitta tom tagida yashaydilar. Bular masala emas, balki hikoya va topishmoqdir. Masalada doim eng kamida 2 ta son ishtirok etishi uqdiriladi.
Tevarak atrofni (joyni) bilish
Bolalarning maktabdagi ko`pgina faoliyatlari tevarak atrofda o`rnini aniqlash (orientatsiya qila bilish) bilan bog`liqdir. SHuning uchun bolalar maktabga chiqqunga qadar harakat yo`nalishlari (o`ngdа, chapda to`g`ri, burchakdan burchakka va hokazo)ni bilishlari, tevarak atrofdagi narsalarning o`zlariga nisbatan (o`ng tomonda, chap tomonda, yuqorida pastda, orqada, oldinda) joylashishini bilishlari; bir biriga nisbati, joylashishini (stolning oldida stul) xonada, uchastkada, mikrofond orientatsiya qilа bilishni, bog`chadan uyga qaytishni, ko`chadan o`tish qoidasini bilishlari lozim. Bolalarni qog`oz sathini aniqlay bilish o`rgatish muhimdir. Chunki bu bilimlar kitobning kerakli beton topishda, 1 varoq qog`ozning yuqorigi chap burchagi, daftarning yuqori-pas tomonlari, burchaklarini topishi, kerakli yo`nalishda daftarda chiziqda chizishga o`rgatadi. Bolalarga quyidagi topshiriqni berish mumkin: pastgi chap burchagiga 4 ta kvadrat, yuqorigi o`ng burchagiga 1 ta optik, uchburchak aziz. Bolalarni bajargan ishlarini to`laroq so`zlab berishga o`rgatish zarur. Tevarak atrofni bilish vazifasi matematika mashg`ulotida kam vaqtni oladi, uni ko`proq boshqa bo`limlar bilan birgalikda olib borish kerak (kundalik turmush faoliyatida, o`yinda, mehnatda, jismoniy tarbiya muzika mashg`ulotlarida, gimnastika vaqtida).
Didaktik o`yinlar bolalarning tevarak - atrofni aniqlashda ko`nikmalarini takomillashtiradi. (Masalan: "Predmetni top", "Xona bo`ylab sayohat" va hokazo o`yinlar) Barcha asosiy harakat yo`nalshiga ko`rsatma berib turiladi: "To`g`riga borasan, keyin chapga burilib, shkaf oldidan o`tasan va hokazo. Bunda bolalar tevarak atrofda o`z o`rinlarini aniqlay boshlaydilar.
Topqirlikka doir masalalar. "Top kim qayerda turibdi?" Agar Salimaning oldida Alisher, Nodiraning orqasida Akmal turgan bo`lsa, Nodira qayerda turgan bo`ladi? "Xonaning har burchagida bittadan mushuk, o`tirgan bo`lsa, har bir mushukning qarshisida nechtadan mushuk o`tiribdi? Asta sekin vazifa murakkablashtirilib, ular o`rtasidagi munosabatlar, predmetlar soni ko`paytirib boriladi.
Avval tevarak atrofii aniqlash ko`rgazmali materiallar asosida olib borilsa, keyinroq hayoliy dastur asosida olib boriladi.
Birinchi o`nlik sonlarning harbiriga nisbatan uning qatorida, o`zidan oldin keladigan 1 ni ayirish bilan yoki undan keyin keladigan sondan 1 ni ayirish bilan hosilqilishni bilish. Birinchi beshlik sonlarninг ikki sonini qo`shishdan hosilbo`lishnnig barcha hollatini 3-5 sonlarining ikki qo`shiluvchidan iborат tarkibining hamma hollarini bilish, 6 - 10 sonlariga nnsbatan esa ularning harbiri 1 ni qo`shish (ayirish) bilangina emas, balki boshqa usullar bilan bo`lishini bilish, 6-10 sonlarining ikki sonni qo`shish natijasila hosil bo`lishi bu sonlarni ikki qo`shiluvchiga ajratishning ba`zi hollari bilan tanishish.
Sonlar hosil bo`lishini ("+", " - ", "=" belgilaridan foydalanib) misol ko`rinishida yoza olish, bunday misollarni o`qishni ularni yecha olishni, o`rganish.
Masalan: 2 ta doirachani qo`ying. Doirachalar 3 ta bo`lishi uchun nima qilish kerak? Yana 1 ta doiracha qo`ying. Doirachalar nechta bo`ldi? 3 ta doirachani qanday hosil qildingiz? 2 ta uchburchaк qo`ying. 1 ta uchburchak qolishi uchun nima qilish kerak? 1 ta uchburchakni qanday hosil qildik? Sutka shunday mashqlarni kiritish kerakki, bolalarda bajarilayotgan amallarni yozish uchun yangi belgilarga ehtiyoj paydo bo`lsin.
M: Bir bola 2 ta baliq tutdi va ularni chelakchaga qo`yib yubordi. (ko`rsatadi). So`ngra u yana 1 ta baliq tutdi (ko`rsatadi) va uni ham chelakchaga qo`yib yubordi. Chelakchadagi baliqlar nechta bo`ldi? (3) (Bolalar oldingi mashg`ulotlarda 3 raqamigacha yozishni o`rgangan bo`lishi kerak).
Эndi buni qanday yozish mumkin ekanini ko`ramiz. Diqqat bilan tinglang va biz nima qilayotganimizni o`ylab toping, belgilanmagan so`zlarni bir oz baland ovoz bilan aytamiz: "Ikki qo`shuv bir barobaр uch" 2+1=3.
Bu qo`shish belgisi, bu esa hosil bo`ldi yoki barobar belgisi. Tarbiyachi bolalarga yana bir marta qo`shishni taklif etadi. Ayirishga doir ushbu masala ham yuqoridagiga o`xshash qaraladi. "Suvda 2 ta o`rdak suzib yurgan edi. 1 ta o`rdak chetga chiqib ketdi. Nechta o`rdak qoldi? SHundan keyin tarbiyachi bolalarga 2 ta cho`pni ko`rsatishni taklif qiladi va undan 1 ta cho`pni olsa, nechta qolishini so`raydi. Demak 2-1=1 bu ayirish belgisi. Bolalarga bir necha marta o`qitiladi va shuncha o`xshash misollarni yechishni o`rganadilar.
Dostları ilə paylaş: |