KURS ISHI MAVZU_________________________________________________________________________
TOPSHIRDI________________________
QABUL QILDI_______________________
Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi pedagogik faoliyatlarni loyihalashtirish
REJA:
Pedagogik faoliyat haqida tushuncha. Pedagogik faoliyat turlari.
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlaridagi pedagogik faoliyatlarni loyihalashtirishning o‘ziga xos xususiyatlar
Bolalalarni pedagoglar va ota-onalar bilan hamkorlikda ijod qilishi.
Pedagogik faoliyatni loyilashtirish turlari.
Bolalarni har tomonlama rivojlantirishda loyihalashtirish faoliyatining ahamiyati.
Yangi talablarga javob beruvchi zamonaviy, islohlashgan maktabgacha ta‘lim muassasasi tarbiyachisining yuksak bilim va kasbiy mahoratga ega bo’lishi talab etiladi. Наг bir ota-ona oz farzandini eng bilimdon, yuksak ma‘rifatli, mahoratli, ijodkor tarbiyachi tarbiyasiga berishni istaydi. Maktabgacha ta‘lim pedagogikasi bolajak tarbiyachilarga talabalik davridan boshlab, maktabgacha ta‘linming asl mohiyati bola va tarbiyachining hamkorlik faoUyati ekanligini, bola tarbiyasining maqsadini, bola ruhiyatini rivojlantirish qoidalariga amal qilishni orgatadi. O’z kasbining mohir ustasi bolish uchun tarbiyachi maktabgacha ta‘lim pedagogikasi fanini chuqur egallashi lozim. Maktabgacha ta‘lim pedagogikasi oquv-tarbiya faoliyatini tashkil qilish vosita va usullarini oquv-tarbiya jarayonida kelib chiqadigan muammolar va uning yechimini togri hal qila bilish, innovatsion texnologiya usullaridan foydalanish, qiyinchiliklarning togri yechimini topishga yonaltiradi. Maktabgacha ta‘lim pedagogikasi fani eng muhim asosiy pedagogik munosabatlar sabablarini aniqlaydi, uni pedagogik jarayonda organadi. Ushbu fan bo‘lajak tarbiyachilani maktabgacha ta‘lim muassasalarida tarbiyachilik faoliyatiga tayyorlaydi. Shu sababdan oquv qo'llanmada maktabgacha pedagogika fanining nazariy va amaliy masalalarini yoritib berishga alohida e‘tibor qaratildi. Maktabgacha ta‘lim pedagogikasi fani inson kamolotiga qaratilgan, xalq yaratgan boy tajriba, ilmiy tadqiqotga doir nazariy va metodik manbalarga, jahon mutafakkir, m a‘rifatparvar pedagog olimlarining asarlariga suyangan holda komil insonni tarbiyalashning qonun, qoida va tamoyillariga asoslanadi. Maktabgacha ta‘lim pedagogikasining milliy asoslari: ta‘lim tarbiya masalalari, har bir millatning milliy merosiga, umum-bashariy qadriyatlariga boglangan holda bogcha yoshidan boshlab ozligini anglash, erkin fikrlash, gurur tuygularini shakllantirishga qaratiladi.