Fanning maqsadi va vazifalari Fanning maqsadi — bo‘lajak o‘qituvchilarni zamonaviy pedagogika fanining nazariy-tarixiy asoslari va o‘qituvchi mahoratiga doir bilimlar bilan qurollantirish, O‘zbekiston Respublikasining "Ta’lim to‘g‘risida"gi qonuni talablari asosida ta’lim-tarbiya jarayonini oqilona tashkil etish, pedagogik merosdan samarali foydalanish, real ta’lim amaliyotida yuksak pedagogik madaniyat va texnikani namoyon eta olishga o‘rgatish.
Fanning vazifasi: - talabalarni o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash va ta’limni samarali tashkil etishga o‘rgatish;
- o‘quv tarbiya jarayonini samarali boshqarish, o‘quv meyoriy hujjatlar bilan ishlash hamda ta’lim olganlikni tashxis etish qoninuyat va tamoyillari bilan tanishtirish;
- o‘quvchilar bilan olib boriladigan korreksion ish yo‘nalishlari hamda rivojlanishida nuqson bo‘lgan o‘quvchilarni o‘qitish va rivojlantirish mazmunini o‘zlashtirish;
- milliy va jahon pedagogik fikrlari taraqqiyoti bilan tanishtirish hamda pedagogik merosdan samarali foydalanish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish:
- global doirada ta’lim tizimi rivojlanishining holati, asosiy yo‘nalishlari va qonuniyatlarini tahlil etish, milliy va hududiy o‘ziga hosliklardagi umumiy ko‘rinishlarni ochib berish. Xalqaro pedagogik tajribaning ijobiy va salbiy jihatlari, milliy pedagogik madaniyatni boyitish shakl va metodlarini aniqiashtirish;
- talabalarni o‘qituvchi faoliyatida kasbiy mahoratning tutgan o‘rni, mazmun-mohiyatiga doir nazariy bilimlar hamda pedagogik faoliyatning turli ko‘rinishlarida o‘qituvchining muomala madaniyati, o‘quvchilar bilan aloqa o‘rnatish va muloqotga kirisha olish metodikasini to‘liq o‘zlashtirishlariga erishish.