MADANIYAT VA JAMIYAT
Madaniyatning insoniyat jamiyati shakllanishi va taraqqiyotidagi rolini to‘g‘ri belgilash muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Afsuski, sovet madaniyatshunosligida bu muhim masala biryoqlama va ko‘p hollarda xato talqin etib kelindi. Tarixga materialistik nuqtai nazardan qarash ijtimoiy borliqni ijtimoiy ongga nisbatan birlamchi deb hisoblash, ijtimoiy borliq asosiga moddiy ne’matlar ishlab chiqarishni qo‘yish, mehnatni madaniyat asosi deb da’vo qilish va boshqalar madaniyatning ijtimoiy taraqqiyot va shaxs hayotidagi o‘rni va rolini to‘g‘ri belgilashga monelik ko‘rsatib keldi.
Mustaqillik yillarida shakllangan yangicha siyosiy tafakkur va falsafiy
39
madaniyatshunOslik asOslaRi
dunyoqarash madaniyatning jamiyat va shaxs hayotidagi o‘rnini yangicha tushunishga imkon berdi.
Madaniyat tushunchasining inson va jamiyat tushunchalari bilan uzviy bog‘liqligi haqida yuqorida aytib o‘tildi. Buyuk fransuz mutafakkiri emil Dyurkgeymning ta’lim berishicha, madaniyat inson ongi va irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda undan ilgari vujudga kelgan va insonga majbur qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Boshqacha qilib aytganda, har bir individ madaniy olamda tug‘iladi, uni o‘zlashtiradi, insoniy sifatlarga ega bo‘ladi (sotsiallashadi) va uning rivojiga muayyan hissa qo‘shadi.
Madaniyat, avvalo, insoniyatning ko‘p asrlik bilimlari va tajribalari yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi. Inson aqlli mavjudot sifatida ko‘p asrlar davomida jamiyat tomonidan yaratilgan bilim, tajriba, ko‘nikma, xulq-atvor me’yorlarini, ya’ni madaniyatni o‘zlashtiradi. U barcha tirik mavjudotlardan farqli o‘laroq butun hayoti davomida sotsiogenetik dasturni amalga oshirishga harakat qiladi. Sotsiogenetik dastur biogenetik dasturdan farqli ravishda avloddan avlodga irsiyat yo‘li bilan o‘tmaydigan, ijtimoiy hayot jarayonida tarbiya va ta’lim vositasida o‘zlashti- riladigan xulq-atvor me’yorlari, madaniyat namunalaridir. Axloqiy tarbiyaning butun mazmuni yosh avlodning xatti-harakati, xulq-atvori va faoliyatini tartibga solishdan va uning madaniy ko‘nikmalarini shakllantirishdan iboratdir.
Madaniyat insonni hayvondan, jamiyatni esa tabiatdan farqlaydigan sifatiy belgi, faqat insonga va jamiyatgagina xos bo‘lgan, uning xatti-harakatlari, faoliyati va mehnat mahsulotlarida namoyon bo‘ladigan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar, me’yorlar majmuasidir.
Madaniyat ijtimoiy borliqning zarur sharti va asosidir. U endigina dunyoga kelgan insonga nisbatan tashqi, yot va begona kuch sifatida ta’sir ko‘rsatadi. Bola ota-bobolar amal qilib kelgan axloqiy me’yorlar, madaniyat namunalarini avvalo ko‘r-ko‘rona taqlid qilish, keyinroq esa, so‘z va tushunchalar orqali tarbiya jarayonida o‘zlashtiradi. Biogenetik dastur ota-onadan irsiyat yo‘li bilan o‘tar ekan, mavjudot sifatida hayot kechirishi va ehtiyojlarini qondirishi (ovqatlanishi, himoyalanishi, zurriyot qoldirishi va h. k. ) uchun muhim vosita, tabiiy qurol bo‘lib xizmat qiladi. Madaniyat namunalari aqlli mavjudot bo‘lgan inson hayotining zarur sharti sifatida endigina dunyoga kelgan chaqaloqning xatti-harakati, xulq-atvoriga uzluksiz tarbiya jarayonida ishontirish yoki majbur qilish yo‘li bilan singdiriladi. Inson mohiyatan o‘zida madaniyat tashuvchi va madaniyat yaratuvchi mavjudotdir. Madaniyat namunalari shaxs, jamiyat va millatning o‘zligini anglashi va namoyon etishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Shaxs madaniyati, jamiyat madaniyati, milliy madaniyat — umumbashariy madaniyatning turli darajada namoyon bo‘lishidir.
Inson xatti-harakati va xulq-atvorini tartibga solish kishilik jamiyatining
40
Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
shakllanishida muhim omil bo‘lgan. Buyuk nemis faylasuflari Immanuel Kant, Zigmund Freyd o‘z tadqiqotlarida jinsiy hayotni tartibga solish, oilaning paydo bo‘lishi (ya’ni madaniyatning paydo bo‘lishi) insonning hayvonot olamidan ajralib chiqishi va kishilik jamiyatining vujudga kelishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lganligini ko‘rsatgan edilar. Boshqacha qilib aytganda, sovet madaniyatshunosligida ta’kidlanganidek, inson faqat mehnat tufayli madaniyat yaratgan emas, balki, aksincha, madaniyat tufayli inson o‘z xatti-harakatini tartibga solish, oila va jamoa bo‘lib yashash, mehnat qilish ko‘nikmasiga ega bo‘lgan. Insonga xos fazilat va sifatlarning shakllanishi axloqiy madaniyatning rivojlanishi bilan, jamiyat inqirozi esa madaniyatning umumiy tanazzuli bilan uzviy bog‘liq ravishda ro‘y beradi.
Madaniyat ravnaqi va ijtimoiy munosabatlarning takomillashib borishi bir- biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan jarayonlardir. Shu o‘rinda madaniy va ijtimoiy taraqqiyotning o‘ziga xos xususiyatlari haqida qisqacha fikr yuritish maqsadga muvofiqdir.
Ilgari ta’kidlab kelinganidek, madaniyat namunalari keng xalq ommasi tomonidan mexanik tarzda emas, balki ijtimoiy hayotning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatayotgan eng ilg‘or kishilar, ziyolilar, ilm-fan ahllari tomonidan yaratiladi, jamiyatning asosiy ko‘pchilik qismi esa madaniyatning ilg‘or namunalarini o‘zlashtirish va sotsiallashtirish jarayoniga tortiladilar. Madaniyatdagi umumiy inqiroz madaniyatning ilg‘or namunalarini yaratuvchi elita — sara toifa bilan keng ommaning ma’naviy salohiyati o‘rtasidagi tafovut va ziddiyat bilan bog‘liq ravishda ro‘y beradi. Ijtimoiy-siyosiy hayotda, ilmiy va badiiy ijodda shaxs erkinligining tobora ortib borishi madaniy rivojlanishning mezoni hisoblanadi.
Shaxs erkinligi strukturasida, shubhasiz, siyosiy erkinlik juda muhim o‘rin egallaydi. Insoniyat o‘zining madaniy taraqqiyot jarayonida siyosiy boshqarishni takomillashtirish, davlat va nodavlat tashkilotlari tizimini yaratishda muayyan tajriba va bilimlar orttirdi. Davlat va uning tarixiy shakllari insoniyatning madaniy-ma’naviy taraqqiyoti, shaxs erkinligi darajasining ortib borish tendensiyasining qonuniy natijasi sifatida vujudga keldi. Jamiyatda siyosiy boshqarishning qanday shakli (monarxiya, aristokratiya, demokratiya) ning amal qilishi jamiyatdagi ilg‘or qatlamlarning madaniyatiga bevosita bog‘liqdir. «Dunyoning demokratik qadriyatlaridan bahramand bo‘lishda aholining bilimdonligi muhim ahamiyat kasb etmoqda, — deb yozadi I. A. Karimov. — Faqat bilimli, ma’rifatli jamiyatgina demokratik taraqqiyotning barcha afzalliklarini qadrlay olishini va, aksincha, bilimi kam, omi odamlar avtoritarizmni va totalitar tuzumni ma’qul ko‘rishini hayotning o‘zi ishonarli tarzda isbotlamoqda»1 .
Jahondagi ko‘plab xalqlarning madaniy rivojlanish tarixi gomogen
41
madaniyatshunOslik asOslaRi
madaniyatning geterogen madaniyatga o‘tib borishidan dalolat beradi. O‘zbekiston xalqlarining keyingi ikki asr davomida Yevropa xalqlari, xususan, Rossiya madaniyatining ilg‘or yutuqlarini o‘zlashtirishi, shubhasiz, ijtimoiy- siyosiy hayotda muhim ijobiy o‘zgarishlarni vujudga keltirdi. Ilg‘or o‘zbek ma’rifatparvarlari, ziyolilari, jadidlar rus madaniyatining ilg‘or namunalarini har tomonlama chuqur o‘rganishga da’vat etish orqali o‘lkaning ijtimoiy- siyosiy hayotida tub o‘zgarishlar qilishga umid bog‘laganlar. Milliy mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy hayotimizda tub islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, ilg‘or mamlakatlar xalqlarining madaniy yutuqlarini keng targ‘ib etadigan ijodkor ziyolilarning shaklanishiga bog‘liqdir. «Milliy tafakkur o‘z taraqqiyotida madaniy qurilish vazifalariga dunyo miqyosida yondashishi, boshqa xalqlarning taqdiri, ularning o‘zaro munosabatlari bilan yaqindan qiziqishi, ular hayotining eng teran nuqtalarigacha kirib borishi, milliy manfaatlarni hisobga olishi kerak»2.
Madaniyatning jamiyat hayotidagi ahamiyatini haddan tashqari bo‘rttirish ham, uning ahamiyatini kamsitish ham birday xatodir. XVIII asrdayoq mashhur fransuz mutafakkiri Jan Jak Russo madaniyatning ahamiyatini haddan tashqari bo‘rttirishga qarshi tabiiy insonning axloqiy ustunligi g‘oyasi va tabiatga qaytish shiorini ilgari surgan edi.
XX asr boshlarida taniqli nemis faylasufi Fridrix Nitsshe madaniyat strukturasida fan va texnika yetakchi mavqeni egallab, hayotning rivojiga imkon bermayotganligini keskin tanqid qilgan edi. Zigmund Freydning fikricha, madaniyat o‘zining axloqiy me’yorlari, talab va qadriyatlari bilan dastavval kishilik jamiyatining paydo bo‘lishida muayyan ijobiy rol o‘ynagan bo‘lsa, keyinchalik o‘zining taqiqlovchi talablari, qat’iy me’yorlari bilan kishilik jamiyati rivojiga xalaqit bera boshlagan.
O‘tgan asrning 60—70 yillarida qator g‘arb mamlakatlarida madaniyatga qarshi kurash harakati keng quloch yozdi. Bu harakat o‘z atrofiga Russo, Nitsshe, Freyd g‘oyalarining tarafdorlarini, talaba-yoshlarni birlashtirdi. Ular «ommaviy madaniyat» qadriyatlarining keng yoyilishiga, fan va texnika fetishizmiga qarshi kurash boshladilar. Madaniyatni tanqid qilish uning jamiyat hayotidagi ahamiyatini butunlay inkor etish emas, balki uning ahamiyatini yana ham chuqurroq idrok etish, uning inson yaratuvchanlik funksiyasini kuchaytirish demakdir. Madaniyat uchun ayni bir vaqtda ham statika (barqarorlik), ham dinamika (rivojlanish, o‘sish) jarayonlari xosdir.
Muayyan me’yorlar, andozalar, bilim va qadriyatlar majmuasi sifatida madaniyat ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga yaqindan yordam
1 I. A. Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. — T.: «O‘zbekiston», 1997, 116-b.
42
Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
beradi. Madaniyatning barqarorlikni saqlash funksiyasi konservatizm xavfining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Madaniyat jarayon sifatida bir joyda uzoq vaqt to‘xtab turolmaydi: jamiyatning ilg‘or ziyolilari, ijodkor qatlami uning yuksakroq namunalarini yaratadilar; natijada, madaniyatga xos an’anaviylik novatorlik bilan uyg‘unlashadi. Yangilik bilan eskilik, progressivlik va konservatorlik, milliylik va umuminsoniylik o‘rtasidagi tafovut va ziddiyat jarayonida madaniyat faol rivojlanadi va ta’sirchan kuch sifatida namoyon bo‘ladi. Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida paydo bo‘lgan muammolarning tez va oqilona hal etilishi keng xalq ommasi madaniy darajasining yuksalishiga, ilg‘or shaxslar tomonidan yaratilgan madaniyat namunalarining qanchalar tez o‘zlashtirilishiga bog‘liqdir. Keng xalq ommasining ma’naviyatini yuksaltirish milliy madaniyatning rivojlanishida, ijtimoiy muammolarni oqilona hal etishda muhim ahamiyatga egadir.
Demokratik jamiyat turli millat va xalqlar, sotsial guruhlar va sinflar o‘rtasidagi hamkorlik, o‘zaro ta’sir munosabatlari asosida rivojlanadi. har bir xalq, millat va sotsial guruhning turmushi, hayot sharoitlari, fikrlash tarziga mos ravishda o‘ziga xos madaniyat vujudga keladi. Turli xalqlar o‘rtasida turlicha madaniyatning vujudga kelishida tabiiy-geografik sharoit, iqlim, mehnatni tashkil etish usullari muhim rol o‘ynaydi. Milliy madaniyatdagi individuallik, o‘ziga xoslikka haddan tashqari ko‘p urg‘u berish oxir-oqibatda milliy mahdudlikka, jahon sivilizatsiyasidan uzilib qolishga, va nihoyat, turli milliy madaniyatlar o‘rtasida ixtiloflar kelib chiqishiga olib kelishi mumkin.
Mulkchilikka bo‘lgan munosabatlarning xilma-xilligi turli sotsial guruhlar, sinflar madaniyatida o‘ziga xos tafovutlarni keltirib chiqaradi. Shahar va qishloq madaniyati, ziyolilar va omma madaniyatining bir-biridan farqlanishi aslo bejiz emasdir. Bunday tafovutlar mehnatni tashkil etish usullari, mulkchilikka turli munosabatning mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lib, bu tafovutlarni sun’iy ravishda kuchaytirish ham, ularni zudlik bilan yo‘qotish ham jamiyat uchun noxush oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Sotsial mobillik (ijtimoiy sinf va guruhlarning harakatchanligi yoki moslashuvchanligi) bozor munosabatlari sharoitida obyektiv ravishda amal qiladigan muhim qonuniyat bo‘lib, kishilarning bir sotsial guruhdan boshqasiga o‘tishi va yangicha munosabatlarga moslashishi sotsial guruh yoki sinf madaniyatini qanchalar o‘zlashtirishiga bog‘liqdir. Boshqacha qilib aytganda, kasb etikasi ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirishda qanchalar muhim ahamiyatga ega bo‘lgani singari turli sinflar, sotsial guruhlar madaniyatining o‘ziga xosligini bilish, idrok etish ham jamiyatdagi turli ijtimoiy qatlamlarning integrallashuvida muhim ahamiyat kasb etadi. emil Dyurkgeym ta’kidlaganidek, mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi jamiyat a’zolari o‘rtasidagi ijtimoiy birdamlikning yanada mustahkamlanishi uchun puxta zamin yaratadi, yangidan-yangi kasb va mutaxassisliklarning paydo bo‘lishi ijtimoiy guruh va
43
madaniyatshunOslik asOslaRi
qatlamlar o‘rtasidagi aloqadorlikni yanada kuchaytiradi.
Sobiq sovet jamiyatida milliy madaniyatlar o‘rtasidagi tafovutlarni zudlik bilan yo‘qotishga urinish noxush oqibatlarni keltirib chiqargani singari turli sotsial guruhlar va sinflar madaniyati o‘rtasidagi o‘ziga xoslikni nazar-pisand qilmaslik ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda istiqomat qilayotgan oz sonli xalq va millatlarning milliy madaniyatini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, milliy markazlar tashkil etishga alohida e’tibor berila boshlandi. Prezident I. Karimov ta’kidlaganidek, «har qanday millat, u naqadar kichik bo‘lmasin — insoniyatning boyligidir va har qanday milliy birlikning, uning til, madaniy va boshqa xususiyatlarining yo‘q bo‘lib ketishi Yer yuzidagi madaniy va genetik fondning, shaxs imkoniyatlarining qashshoqlashuviga olib keladi»1.
har bir milliy madaniyat insoniyat madaniyatidan ajralgan holda rivojlana olmaydi. Milliy madaniyatlar bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi, bir-birini boyitadi va ijtimoiy-siyosiy munosabatlarni yanada takomillashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. har bir xalq o‘zining noyob, betakror va o‘ziga xos milliy madaniyati bilan insoniyat madaniyati tarkibida munosib o‘rin tutadi. Mamlakatimizda demokratik o‘zgarishlarning yanada chuqurlashishi va fuqarolik jamiyati asoslarining yaratilishi, O‘zbekistonning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shilib borishi jamiyatimizning madaniy taraqqiyoti yo‘lida paydo bo‘lgan muammolarni oqilona hal etishni, Yer yuzidagi ilg‘or xalqlar madaniyati yutuqlarini chuqur o‘rganishni taqozo etadi. O‘zbekistonning qator Yevropa mamlakatlari bilan iqtisod, siyosat, madaniyat sohasidagi o‘zaro hamkorligi, iqtidorli yoshlarimizning xorijdagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil ko‘rishi, ilg‘or xalqlar bilan madaniy muloqotda bo‘lishi, shubhasiz, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muhim tayanchi bo‘lib xizmat qiladi.
Xullas, hozirgi zamon madaniyatshunosligida madaniyat va jamiyatning o‘zaro ta’siri va munosabatini ilmiy asosda tadqiq etish g‘oyatda dolzarb masaladir. Madaniyat tushunchasi taraqqiyot, yangilikka intilish, ma’naviy yangilanish, yaratish, yaxshilik va ezgulikni avaylab-asrash, qo‘llab-quvvatlash bilan uzviy bog‘liq ekan, jamiyat hayotini madaniyatsiz, madaniyat rivojini esa sog‘lom ijtimoiy munosabatlar tizimisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Madaniyat o‘zining tub mohiyatiga ko‘ra milliylik va umuminsoniylikning uzviy birligi sifatida namoyon bo‘lar ekan, har bir yangi avlodga uzoq ajdodlarimizning bilimi, tajribasi, qadriyatlari, ko‘nikma va malakalaridan bahramand bo‘lish imkonini berish, xalqlarni bir-biri bilan yaqinlashtirish, ijtimoiy totuvlik va barqarorlikni ta’minlash buyuk gumanistik vazifadir. Jamiyat va insonga madaniy hodisa sifatida qarash madaniyatning shaxs va jamiyat hayotidagi ahamiyatini teranroq anglashga yordam beradi. Zero G‘arbiy Yevropa
44
Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
olimlarining tadqiqotlarida madaniyat va jamiyat tushunchalarining bir xil ma’noda qo‘llanilishi ham bejiz emasdir.
Madaniyat va sivilizatsiyaning o‘zaro munosabatini tadqiq etish madaniyat va jamiyatning o‘zaro ta’sirini teranroq tushunishimizga yaqindan yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: |