O‘zbekistOn Respublikasi Oliy


MUSTAhKAMLASh UchUN SAVOLLAR



Yüklə 383,96 Kb.
səhifə3/18
tarix21.05.2022
ölçüsü383,96 Kb.
#58930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Madaniyatshunoslik asoslari (M.Abdullayev, E.Umarov va b.)-конвертирован

MUSTAhKAMLASh UchUN SAVOLLAR



  1. Madaniyatshunoslik nimadan bahs yuritadi?

13

madaniyatshunOslik asOslaRi

  1. Madaniyatshunoslik ilmida qanday usullardan foydalaniladi?

  2. Madaniyatshunoslikning falsafa, sotsiologiya, adabiyotshunoslik va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan aloqasi qanday?

  3. Madaniyat nazariyasi tarixi nimani o‘rgatadi?

  4. Madaniyat tarixi nimadan bahs yuritadi?

  5. Madaniyatshunoslik qanday funksiyalarni bajaradi?

NAZORAT IShI UchUN MAVZULAR



  • Madaniyat nazariyasi — madaniyatshunoslikning tarkibiy qismi.

  • Madaniyat falsafasining mazmuni va mohiyati.

  • Markaziy Osiyo mutafakkirlarining madaniyat to‘g‘risidagi qarashlari.

  • Madaniyatshunoslik va uning ijtimoiy-gumanitar bilimlar tizimida tutgan o‘rni.

Birinchi bob. MADANIYATNING IJTIMOIY MOhIYATI





1 I. A. Karimov. O‘zbekiston: milliy istiqlol, siyosat, mafkura. — T.: «O‘zbekiston», 1993, 47-bet

14

madaniyatshunOslikning bahs mavzui va vaziFalaRi




MADANIYAT TUShUNchASI, UNING MAZMUNI, RIVOJLANISh OMILLARII VA FUNKSIYALARI


Madaniyat murakkab va serqirra tarixiy hodisa bo‘lib, yuqorida aytilganidek, har bir fan o‘ziga xos tarzda madaniyat tushunchasini yaratadi. Shu tufayli hozirgi vaqtda ilmiy adabiyotlarda uning 250 dan ortiq ta’rifi uchraydi.
Ko‘pgina xalqlarda madaniyat tushunchasi o‘rnida lotin tilidan qabul qilingan cultura atamasi ishlatiladi. Cultura deganda dastlab tabiat obyektlarining inson mehnat faoliyatining natijasida o‘zgarishi, boshqacha qilib aytganda, parvarish qilish, ishlov berish, dehqonchilik bilan shug‘ullanish tushunilgan. Bu atamani yuqoridagi ma’noda ishlatish hozir ham uchraydi. Masalan, rus tilida «agrokultura» so‘zida ana shunday mazmun ifodalanadi. Ammo, shuni ta’kidlash lozimki, lotincha atamani qabul qilgan xalqlarda ham keyingi vaqtlarda bu tushunchaga kengroq mazmun berilib, ma’rifatlilik, bilimlilik, tarbiya ko‘rganlik ma’nolarida qo‘llanila boshlangan.
Ijtimoiy-falsafiy tafakkurning keyingi bosqichlarida madaniyatni deyarli barcha xalqlarda, garchi turli shakllarda bo‘lsa-da, mohiyat e’tibori bilan aynan ma’naviy faoliyat sohasi sifatida tushunish ustuvor bo‘lib keldi. Faqat XIX asr o‘rtalaridagina madaniyat tushunchasi kengroq ma’noda, ya’ni inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan barcha narsalarga nisbatan ishlatila boshlandi. Bunday holatda madaniyat tushunchasi inson tomonidan yaratilgan, bokira tabiat ustiga qurilgan «ikkinchi tabiat» ma’nosini kasb etadi. Ayni paytda, ushbu qarash madaniyatni inson faoliyatining ma’lum bir sohasi bilan bog‘lab qo‘yish kerak emas, chunki inson, uning faoliyati, insonlararo munosabat bor joyda madaniyat ham mavjud, degan xulosani keltirib chiqaradi.
Lekin madaniyatni «inson faoliyati natijasida yuzaga kelgan barcha narsalar» deb tushunish ham yetarli va to‘liq emas. Nega? Birinchidan, bunday yondashuv uni insondan tashqarida mavjud qandaydir hodisa sifatida tushunishga olib keladi. Ikkinchidan, madaniyat va jamiyat tushunchalarining nisbati oydinlashmaydi.
Madaniyat va jamiyat tushunchalarining farqi madaniyatni «inson tomonidan yaratilgan qadriyatlar majmui» deb tushunilganda ochiq ko‘rinadi. haqiqatan ham madaniyat insoniy mazmun va ma’no bilan sug‘orilgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar dunyosidir. Biroq madaniyatni faqat qadriyatlar majmui sifatida tushunish ham to‘g‘ri va to‘liq emas. Birinchidan, bunda yuqoridagi kabi madaniyat tayyor natijalar tizimi sifatida namoyon bo‘ladi, madaniyatning yaratilish jarayoni, uning rivojlanishi e’tibordan chetda qoladi. Ikkinchidan, u yoki bu hodisani ijobiy yoki salbiy deb qabul qilish tarixan belgilangan davrning, jamiyatning, ijtimoiy guruhlarning hukmron bo‘lgan hayotiy
15

madaniyatshunOslik asOslaRi
prinsiplariga bog‘liq bo‘ladi.
Madaniyatga turlicha qarashlarning mohiyati to‘g‘risida keyingi sahifalarda atroflicha to‘xtab o‘tilishini nazarda tutib, unga quyidagicha ta’rif berish bilan chegaralanish mumkin, deb hisoblaymiz: Madaniyat insonning faoliyati jarayoni, uning natijasida yaratilgan ma’naviy qadriyatlar bo‘lib, o‘z navbatida shaxsning shakllanishi va kamol topishida muhim omil hisoblangan ijtimoiy hodisadir.
Madaniyat tushunchasida hayotning biologik shakllaridan farqli o‘laroq, inson faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari bilan bir qatorda bu faoliyatning tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichlaridagi, ma’lum bir tarixiy davrdagi, milliy va etnik rivojlanishdagi sifatiy o‘ziga xoslik ham o‘z ifodasini topadi. Masalan, biz «qadimgi davr madaniyati», «o‘zbek madaniyati» kabi tushunchalarni yuqoridagi ma’nolarda ishlatamiz. Ayni paytda, «mehnat madaniyati», «muomala madaniyati», «nutq madaniyati», «siyosiy madaniyat»,
«ekologik madaniyat», «axloqiy madaniyat» kabi iboralarni ham qo‘llaymizki, bunday hollarda madaniyat kishilarning ongi, xulqi va faoliyatining o‘ziga xosligini ifodalagan bo‘ladi. Bunga «shaxs madaniyati», «yoshlar madaniyati» kabi tushunchalar ham misol bo‘la oladi.
Ilmiy adabiyotlarda madaniyatni moddiy va ma’naviy madaniyatga bo‘lish rasm bo‘lgan. Madaniyatni moddiy va ma’naviyga bo‘lish inson faoliyatining ikki asosiy sohasi, ya’ni moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liqdir. Moddiy madaniyat moddiy faoliyatning barcha sohalarini va natijalarini o‘z ichiga oladi. Moddiy madaniyatning muhim elementlari ishlab chiqarish, transport, aloqa vositalaridir. Moddiy madaniyatga uy-joy, kiyim-bosh, uy-ro‘zg‘or buyumlari, iste’mol vositalari deb ataladigan hodisalar ham kiradi. Bularsiz ma’lum bir xalq madaniyati, uning tarixiy taraqqiyotning turli bosqichlaridagi o‘ziga xosliklari haqida to‘g‘ri fikr yuritish mumkin emas. Iste’mol vositalarini o‘rganish ijtimoiy rivojlanishning ma’lum bir bosqichida turgan inson nimalarni iste’mol qilayotganligi to‘g‘risidagina emas, balki qanday iste’mol qilishi, uning ehtiyojlari qanchalik boy va taraqqiy etganligi haqida ham ma’lumot beradi. Albatta, moddiy madaniyatni faqat ishlab chiqarish va iste’mol vositalariga bog‘lab qo‘yish to‘g‘ri emas. Chunki moddiy madaniyat yuqoridagi vositalarni yaratish va foydalanish sohasidagi faoliyat usulini ifodalash uchun ham xizmat qiladi. Aynan shunday faoliyat jarayonida insonning bilimi, tajribasi, kasb malakasi moddiy madaniyatning tarkibiy qismiga aylanadigan jismiy ko‘rinishga kiradi.
Ma’naviy madaniyat esa ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish, ijtimoiy ong shakllarini yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyatning barcha sohalarini qamrab oladi. Ma’naviy madaniyat namoyon bo‘lishining turli shakllari: har xil tasavvurlar va g‘oyalar, nazariyalar va ta’limotlar, ilmiy bilimlar va san’at asarlari, axloqiy va huquqiy me’yorla1r,6falsafiy, siyosiy qarashlar, mifologiya,

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
din kabilar ana shunday faoliyat natijasidir. Bularning barchasi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, balki tarixiy taraqqiyotning ma’lum bosqichida turgan va o‘zaro munosabatlarga kirishgan kishilar tomonidan yaratiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ma’naviy madaniyat ma’naviy faoliyat natijasi sifatida kelib chiqayotgan hodisalarnigina emas, balki ularning yaratilishi jarayonida kishilar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlarni ifodalash uchun ham xizmat qiladi.
Moddiy va ma’naviy madaniyatga mansub ash’yolar, hodisalarning turli maqsadlarga xizmat qilishi, demakki, ularning vazifalari, funksiyalaridagi farqlar yuqoridagi misollardan ham ko‘rinib turibdi. Lekin bu farqlar nisbiy bo‘lib, ularni aslo mutlaqlashtirib bo‘lmaydi.
Birinchidan, unisi ham, bunisi ham madaniyat ekanligini unutmaslik kerak. Ikkinchidan, inson faoliyatining mahsuli bo‘lgan ko‘pgina hodisalar ham aqliy, ma’naviy, ham jismoniy mehnatning natijasi sifatida yuzaga keladi. Boshqacha aytganda, moddiy madaniyat insonning ma’lum bir g‘oyalari, bilimlari, maqsadlarining namoyon bo‘lishidir. Ayni paytda, har qanday ma’naviy madaniyat mahsuli ham obyektivlashuvi, o‘zining moddiy ifodasini (yozuv, nutq, rasm, haykal kabilarda) topmog‘i lozim. Bunday obyektivlashuv jismoniy harakatni, kuch-quvvatni talab qiladi. Ba’zi hollarda, masalan, haykaltaroshlik san’atidagi kabi, bunday jismoniy harakat anchayin katta o‘rin tutishi mumkin.
har bir avlod madaniy rivojlanishni bo‘sh joydan emas, balki ajdodlari yaratgan qadriyatlarni o‘zlashtirishdan boshlaydi. Boshqa tomondan, bu o‘zlashtirish o‘ziga xos bir «xomashyo», yangi qadriyatlar yaratish, madaniyatni yangi bosqichga ko‘tarish yo‘lida tayanch vazifasini o‘taydi. Agar mana shu ikki jarayon bo‘lmas ekan, madaniyatning rivojlanishi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Ikki jarayon — eskilik bilan yangilik o‘rtasidagi obyektiv zaruriy bog‘liqlik vorislik deb ataladi.
Madaniyatda vorislik haqida gap ketganda, taraqqiyotga xizmat qiladigan (progressiv) va rivojlanishga to‘siq bo‘ladigan (reaksion) vorislikni bir-biridan farqlash lozim. Shuni ham unutmaslik kerakki, ma’lum bir davrdagina ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qilib, keyingi davrda jamiyat taraqqiyotiga zid bo‘lgan hodisalar ham uchraydi. Shuningdek, madaniyatda (ijobiy-pozitiv va salbiy- negativ) vorislik ham kuzatiladi.
Madaniyat o‘z rivojlanishining har bir bosqichida davr natijalariga tayanadi. Agar madaniyat rivojlanishining keyingi bosqichlarida oldingi davr natijalari saqlanib qolsa, bunday vorislik ijobiy vorislik deyiladi. Oldingi davr natijalariga tayanish faqat ijobiy natijalarnigina saqlab qolish degani emas. Madaniyat tarixida ko‘p asrlar davomida to‘g‘ri deb hisoblanib kelinib, keyin noto‘g‘riligi tasdiqlangan hodisalar ham ma’lum. Masalan, qadimgi
2— Zakaz 23 17

madaniyatshunOslik asOslaRi
yunon olimi Demokritning «atomlar olamning eng mayda, bo‘linmas, oxirgi g‘ishtchalaridir» degan qarashlarini olib ko‘raylik. XX asr bo‘sag‘asida ilm-fan rivojlanishi bilan atomlar eng so‘nggi g‘ishtchalar emasligi, balki ular o‘z navbatida yanada murakkkabroq tuzilishga ega ekanligi aniqlandi. Lekin bu Demokrit qarashlari ilm-fan, kengroq aytganda, madaniyat rivojlanishida hech qanday rol o‘ynamadi, deyishga asos bo‘la oladimi? Aslo! Chunki atomlarning mavjudligi, ularning «olamning oxirgi g‘ishtchalari» ekanligi haqidagi fikr bu
«g‘ishtcha»larni topishga va, ayni paytda, ularning «oxirgi» marra emasligini isbotlashga olib keldi. Bulardan shunday xulosa kelib chiqadiki, noto‘g‘ri tasavvurlarni tanqidiy o‘zlashtirish, to‘g‘rilangan holda qabul qilish madaniy rivojlanishning muhim xususiyatidir.
Madaniyat rivojlanishidagi vorislik oldin erishilgan natijalarni saqlab qolish va ijodiy rivojlantirishning dialektik birligi sifatida yuzaga chiqadi. Ana shu jarayon natijasi o‘laroq madaniyatning barqaror, konservativ elementlari yuzaga keladiki, odatda ularni ifodalashda an’analarning roli beqiyosdir. Madaniy an’analar tufayli kishilarning tajribasi to‘planib, avloddan-avlodga o‘tib boradi.
Madaniy an’analar kishilar birligining muayyanligini, o‘zligini saqlab qolish imkonini beradi. An’analarsiz madaniyat bo‘lishi mumkin emas. Madaniy an’analar deganda, ko‘pincha marosimlar va urf-odatlarni tushunishadi. Bu unchalik to‘g‘ri emas. Birinchidan, kishilik jamiyati rivojlanishi davomida yuzaga kelgan har qanday marosim, urf-odat ham uzoq yashamasligi, demakki, an’anaga aylanmasligi ham mumkin. Ikkinchidan, madaniy an’analar tushunchasi marosimlar, urf-odatlar kabi hodisalarni ham o‘z ichiga olgan holda ularga nisbatan kengroq mazmun kasb etadi. Chunki madaniy an’analar ulardan tashqari avloddan-avlodga o‘tib, tarixan qaror topgan va ijtimoiy ongning tarkibiy qismiga aylangan g‘oyalar va bilimlar, qadriyatlar, qarashlar va tasavvurlar, xulq va did me’yorlari kabi jarayonlarni ham o‘z ichiga oladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, madaniyatning har bir sohasida an’ana o‘ziga xos ko‘rinishga ega bo‘ladi. Masalan, ishlab chiqarish, fan, san’at sohalaridagi an’analar o‘zining takrorlanmas jihatlari bilan bir-biridan ajralib turadi.
Agar madaniyat faqat o‘tmish natijalarini o‘zlashtirish va takrorlashdan nariga o‘tmaganda edi, madaniy rivojlanish haqida gap bo‘lishi mumkin emas edi. har bir avlod o‘zidan oldingi natijalarga tayanib, ularni ijodiy rivojlantiradi, boyitadi, yangi, yuqoriroq bosqichga ko‘taradi.
Madaniy merosga nisbatan mensimasdan qarash chuqur salbiy oqibatlarga, fojiaviy hollarga sabab bo‘lishi, muhim madaniy yutuqlarning yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Boshqa tomondan, an’analarga ko‘r-ko‘rona sajda qilish esa madaniyatda turg‘unlikni keltirib chiqaradi.
18

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
Jahon tarixiga murojaat qiladigan bo‘lsak, madaniy merosga munosabat doimo ziddiyatli bo‘lganligini ko‘rishimiz mumkin. Avvalo shuni ta’kidlamoq lozimki, turli ijtimoiy guruhlar paydo bo‘lishi bilan madaniy merosga nisbatan ularning manfaatini ifoda etuvchi munosabat shakllangan. Buning natijasi o‘laroq madaniy meros ma’lum bir ijtimoiy guruh, sinf manfaatlari, qiziqishlaridan kelib chiqib baholanadigan bo‘ldi. Bunday baholashning oqibati o‘laroq ko‘plab tarixiy obidalar, yodgorliklar, san’at asarlari, ilmiy manbalar aksariyat hollarda ijtimoiy guruhlar manfaatiga zid hodisalar sifatida yo‘q qilindi. Bunday fojiaviy hollar, ziddiyatlar kurashga, inqilobga aylanib ketgan davrlarda, ayniqsa, ko‘plab sodir bo‘ldi.
Tarixiy madaniyat merosga diniy munosabat, ya’ni diniy aqidalarga mos kelish-kelmasligidan kelib chiqqan holda bo‘ladigan munosabat shaklini ham yaratadi. Dinlarning yuzaga kelishi, rivojlanishi nuqtai nazaridan madaniyat tarixini shartli ravishda, jahon dinlari — zardushtiylik1 , buddizm, xristianlik, islom yuzaga kelguncha va undan keyingi davrlarga bo‘lish mumkin. Birinchi davrda insoniyat erishgan yutuqlar deyarli yo‘qolib ketgan. Negaki, yuqoridagi jahon dinlari o‘z hukmronligini o‘rnatish yo‘lida xalqlarning tarixiy va madaniy yodgorliklarini majusiy hodisalar sifatida yo‘q qildi. Zero, madaniy an’analari saqlanib qolgan xalqni bo‘ysundirish, e’tiqodini o‘zgartirish mumkin emas edi.
Shuningdek, bu jahon dinlari uzoq vaqt o‘zaro kurash olib bordi. Bu dinlarning hududiy barqarorligi yuzaga kelguncha bir necha yuz yillar o‘tdi va ko‘plab madaniyat durdonalari izsiz yo‘qolib ketdi.
Xalqimiz tarixiga murojaat etadigan bo‘lsak ham, bunday fojiali hodisalar ko‘plab ro‘y berganligini, mustamlakachilik siyosati, qirg‘inbarot urushlar oqibatida, diniy yoki sinfiy nuqtai nazardan baholash natijasida betakror madaniy merosimizdan judo bo‘lganligimizni kuzatish mumkin.
Madaniyatimiz, milliy merosimizga yetkazilgan zarar haqida gap ketar ekan, bir narsaga alohida to‘xtalish lozim. Ma’lumki, chorizm yurtimizni bosib olganidan so‘ng xalqimizni tom ma’noda talash yo‘lidan bordi va madaniyatimizga o‘rnini aslo va hech qachon qoplab bo‘lolmaydigan zarar etkazdi: ming-minglab osori-atiqalarimiz yo‘q qilindi, Rossiyaga tashib ketildi yoki boshqa mamlakatlarga sotib yuborildi. Afsuski, bu jarayon Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng ham to‘xtovsiz davom etdi. Afrosiyob, Tuproqqal’a, Sopollitepa, Qoratepa, Zartepa, Varaxsha va boshqa yodgorliklardan topilgan, ba’zan ochiq, ko‘pincha yashirin ravishda yurtimizdan olib chiqib ketilgan, bugungi kunda Moskva, Sankt-Peterburg muzeylarining noyob eksponatlariga aylangan nodir qo‘lyozmalar, arxiv xujjatlari, xalqimiz turmushidan hikoya qiluvchi, ham tarixiy, ham madaniy qimmatga ega bo‘lgan turli xil jihozlar va idishlar, antik davr madaniyatiga oid haykalchalar, san’at asarlari va boshqa
19

madaniyatshunOslik asOslaRi
shu kabi qimmatbaho topilmalar bunga misol bo‘la oladi.
Mustaqillik tufayli milliy qadriyatlarimizni talon-taroj qilishga chek qo‘yildi. Bugungi kunda esa respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov o‘rinli ta’kidlaganidek, nafaqat mavjud noyob tarixiy yodgorliklarni, osori-atiqalarni asrab-avaylash, balki o‘zbek xalqi yaratgan va milliy boylik bo‘lgan san’at asarlarini izlab topish, ularni O‘zbekistonga qaytarish ma’naviyat dasturimizning muhim bo‘lagini tashkil etmog‘i lozim.1
Oktyabr to‘ntarishidan keyingi davr madaniyatimiz rivojlanishi boshqa bir jihatdan ham g‘oyat tahlikali va fojiaviy bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Chunki bu davrda madaniyatga sinfiy nuqtai nazardan qarash ustuvor bo‘lib keldi. Oktyabr to‘ntarishidan keyin yuzaga kelgan, o‘tmish madaniyatiga tayanmagan, uni butunlay yo‘q qilgan holda yangi proletar madaniyatini yaratish shiori bilan chiqqan «Proletkult» tashkilotining faoliyati g‘oyat salbiy bo‘ldi. Garchand rasmiy bolshevik doiralari, ularning yo‘lboshchisi tomonidan proletkultchilik harakati qoralangan bo‘lsa-da, madaniy merosga sinfiy munosabatning saqlanib qolganligi oqibatida, unga «oqmi-qora» ruhida qarash o‘zining mudhish basharasini namoyon qildi.
Buning oqibatida, birinchidan, me’morchilik majmualaridan tortib noyob qo‘lyozmalargacha ko‘pgina madaniyat yodgorliklari sinfiy zararli hodisalar sifatida yo‘q qilindi. Ikkinchidan, madaniyatning ko‘plab qatlamlari g‘oyaviy-siyosiy «zararli» deb e’lon qilindi, ularni o‘rganish taqiqlandi. Shunisi achinarliki, madaniyatga bunday munosabat yaqin-yaqingacha saqlanib keldi. Uchinchidan, yuqoridagilar yetmaganidek, Oktyabr to‘ntarishigacha shakllanib ulgurgan, o‘tmish yutuqlarini kelajak avlodlar sari eltuvchi va milliy-madaniy rivojlanishda bog‘lovchi xalqa sifatida xizmat qilishi mumkin bo‘lgan ijodkor ziyolilarimizning atoqli namoyandalari Fitrat, Cho‘lpon, A. Qodiriy, Usmon Nosirlarning qismati g‘oyat fojiali bo‘lganligini eslash kifoyadir.
Ana shu hodisalarning natijasi o‘laroq madaniyatdagi vorislik jarayonida ma’lum uzilish sodir bo‘ldi. Madaniy merosimizdan uzilishimizga asrlar davomida foydalanib kelingan, madaniy merosimizning ajoyib namunalari yaratilgan arab yozuvidan voz kechganligimiz, umuman imlomizning bir necha marta o‘zgartirilishi ham sabab bo‘ldi, albatta.
Prezidentimiz haqli ravishda ta’kidlaganidek, Markaziy Osiyo tarixida siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o‘zida mujassam etgan buyuk arboblar ko‘p bo‘lgan. Imom



1 Zardushtiylik Turon va eronda shakllangan hamda jahonning ko‘pgina mamlakatlarida tarqalgan birinchi jahon dini bo‘lib, unga e’tiqod qiluvchilarni islomga e’tiqod qilgan xalqlar quvg‘in ostiga oladilar va shu tariqa milodning minginchi yillariga kelib zardushtiylik deyarli barham topdi.

20

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati


Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, al-Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Bobur va boshqa ko‘plab buyuk ajdodlarimiz milliy madaniyatimizni rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shdilar, xalqimizning milliy iftixori bo‘lib qoldilar. Ularning nomlari, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissalari hozirgi kunda butun dunyoga ma’lum1.
Respublikamizda mustaqillik sharofati tufayli merosimizning ana shu qatlamlarini o‘rganishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, xatolarga tom ma’noda barham berilmoqda, asrlarga tengdosh milliy qadriyatlarimiz, an’analarimiz tiklanmoqda, madaniy merosimiz o‘zining ulug‘vor ruhi va salobati bilan xalqimiz ma’naviy dunyosining tarkibiy qismiga aylanib bormoqda. Diniy ruhda yozilganligi uchun o‘rganilmay kelingan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Shayx Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshbandlarning sermazmun diniy-falsafiy asarlarining, hukmron sinf vakillari bo‘lganligi uchun o‘rganilishi man qilingan Amir Temur, husayn Boyqaro, Bobur, Feruz kabi buyuk ajdodlarimizning adabiy-badiiy, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlarining endilikda har tomonlama tadqiq etilayotganligi ana shu katta o‘zgarishlardan nishonadir.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan oqilona siyosat madaniyatimizning ichki salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga sharoit yaratish bilan bir qatorda, uning xalqaro maydonda o‘zligini namoyon qilishi uchun ham keng imkoniyatlar ochmoqda. Jumladan, san’atning xilma-xil yo‘nalishlari taraqqiyotida muhim bosqich hisoblangan respublika miqyosidagi turli konkurslar va festivallardan tashqari «Teatr: Sharq-G‘arb» xalqaro festivalining, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari XI xalqaro musiqa festivalining katta muvaffaqiyatlar bilan o‘tkazilganligi fikrimizga dalil bo‘la oladi.
hozirgi paytda butun dunyoda madaniyatga umuminsoniy qadriyatlar nuqtai nazaridan turib baho berish, uning diniy, sinfiy, milliy, mintaqaviy jihatlaridan qat’i nazar unga inson ruhiy, ma’naviy izlanishining mevasi, insonning o‘z-o‘zini anglashi, kamolotga intilishining bir bosqichi, ko‘rinishi sifatida qarash, va shundan kelib chiqqan holda, ularni tabiiy-tarixiy rivojlanish davomida yuzaga kelgan oliy bir ijtimoiy ne’mat deb bilish ustuvor bo‘lib bormoqda.
Madaniyatning rivojlanishiga turli ichki va tashqi omillar ta’sir ko‘rsatadi. Madaniyat taraqqiyotiga ta’sir qiluvchi ichki omillar haqida gap ketganda,
birinchidan, yuqorida biroz to‘xtalganimiz, o‘tmishda madaniyat rivojlanishida erishilgan yutuqlar, muvaffaqiyatlar, natijalarning, boshqacha qilib aytganda,
1 I. A. Karimov. O‘zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolining asosiy tamoyillari. T.: «O‘zbekiston», 1995, 52-b.

21

madaniyatshunOslik asOslaRi


vorislik jarayonining roli katta ekanligini ko‘rsatish lozim. Bu jarayon madaniyat rivojlanishidagi keyingi bosqich xususiyatlarini, ko‘lamini asosli ravishda belgilab beradi. Qadimgi, o‘rta asrlar, yangi davr madaniyati yutuqlari bo‘lmaganda va kishilar ularni ijobiy o‘zlashtirmaganda edi, madaniyat rivojlanishining hozirgi darajasi ham yuzaga kelmagan bo‘lur edi. haqiqatan ham, Gippokrat, Ibn Sinoning tibbiy qarashlari, Aflotun, Arastu, Forobiy, Gegel, Feyerbaxning falsafiy ta’limotlari, Pifagor, Xorazmiy, Beruniy, Ulug‘bek, Brunoning tabiiy-ilmiy izlanishlari, Suqrot, Xayyom, F. Petrarka, Navoiyning o‘ziga xos, takrorlanmas gumanistik g‘oyalarisiz bu sohalardagi hozirgi zamon yutuqlarini tasavvur ham qilish mumkin emas.
Ikkinchidan, turli madaniyat shakllarining o‘zaro ta’siri ham umuman madaniyat rivojlanishiga keskin ijobiy yoki salbiy ta’sir qilishi mumkin. Masalan, fanda erishilgan yutuqlar madaniyatning boshqa sohalarining rivojlanishini tezlashtirishga xizmat qiladi. O‘rta asrlarda madaniyatning tarkibiy qismi bo‘lgan dinning madaniyatning boshqa jabhalariga ko‘rsatgan ta’siri ham fikrimizga dalil bo‘la oladi. Bu davrda, bir tomondan, din dunyoviy bilimlar, qarashlar rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan bo‘lsa, boshqa tomondan, o‘ziga xos takrorlanmas diniy-falsafiy qarashlar, adabiyot va san’at asarlari yuzaga keldi. Madaniyat rivojlanishi har bir tarixiy davrda, bosqichda hal qilinishi lozim bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, texnik muammolardan tashqarida, ularning ta’sirisiz sodir bo‘lishi mumkin emas. Madaniyat rivojlanishiga ta’sir qiladigan tashqi omillar masalasiga kelganda, avvalo, jamiyat iqtisodiyotining, xalq moddiy farovonligining, turmush darajasining roli katta ekanligini ta’kidlash
lozim.
Dastlab iqtisodiyotning rivojlanishi va aqliy mehnatning jismoniy mehnatdan ajralib chiqishi oqibatida ma’naviy madaniyatning kamol topganligini alohida ta’kidlamoq lozim. Bu ajralish umuman madaniyatning shiddatli rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratadi. Jamiyat iqtisodiyotidagi yuksalishlar hamma vaqt madaniyat taraqqiyoti uchun keng imkoniyatlar yaratadiki, buni quyidagilarda yaqqol ko‘rish mumkin:
Birinchidan, bu rivojlanish ishlab chiqarish taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan yangi obyektiv bilimlar rivojlanishini taqozo qiladi va unga turtki beradi. Ikkinchidan, iqtisodiy yuksalishlar madaniyat, uning rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qilishning moddiy-moliyaviy asoslarini kengaytiradi. Iqtisodiy inqirozlar esa, madaniyat rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi: madaniy dasturlarning qisqarishiga, ilm-fan, adabiyot va san’atning ahvoli og‘irlashishiga olib keladi.



1 I. A. Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.: «O‘zbekiston», 1997, 140-b.
22

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
Madaniyat rivojlanishiga siyosatning ta’siri kattadir va u, ayniqsa, XX asrda buyuk ahamiyat kasb etdi.
Siyosatning madaniyatga ta’siri ham ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. Masalan, «millatlarning yaqin kelajakda qo‘shilib ketishi» to‘g‘risidagi g‘oyalarga asoslangan holda siyosat yuritilishi sobiq SSSRda ko‘pgina xalqlarning madaniy o‘zligini yo‘qotish darajasiga keltirib qo‘ydi. Yoki boshqa bir misolni olaylik. Genetika, kibernetika kabi fanlar rivojlanishiga noto‘g‘ri siyosiy baho berilishi natijasida sobiq SSSRda bu fanlarning taraqqiyoti bir necha o‘n yilga orqaga surib yuborildi.
hozirgi paytda texnik vositalar madaniyat rivojlanishiga shiddatli ta’sir qila boshladi. Shundan kelib chiqqan holda madaniyat yutuqlarini yashin tezligida ommalashtirish, tarqata olish imkoniyatini yaratgan, yer yuzining turli burchaklarida dunyoga kelayotgan madaniyat namunalarini millionlarning ma’naviy ozig‘iga aylantirayotgan ommaviy axborot vositalaridan — gazeta, jurnallar, radio, televideniye, video-texnika, kino kabi hodisalarning roli bu jarayonda ortib bormoqda.
Madaniyatning o‘zi serqirra bo‘lganidek, u bajaradigan funksiyalar ham xilma- xildir. Birinchi navbatda, madaniyatning bilish funksiyasini alohida ko‘rsatish lozim. har bir ijtimoiy guruh, millat, jamiyat madaniyatida tevarak olamni bilish natijalari aks etadi. Odatda, ma’lum bir davr madaniyatini shu davrda olamni anglash, bilish darajasidan kelib chiqqan holda baholaymiz. Olamni bilish natijalari aksariyat hollarda sof madaniyat chegarasini yorib chiqib, keng ma’nodagi tarixiy jarayonning tarkibiy qismiga, jamiyat taraqqiyotining muhim omiliga aylanib ketadi. Masalan, kosmik uchish apparatlarining yaratilish jarayonini olaylik. Kosmik uchish vositalarini yaratish, koinotga parvoz qilish insoniyatning azaliy orzusi edi. Nihoyat, kosmik uchish apparatlari yaratildi, inson koinotga parvoz qildi ham. Kosmonavtikaning keyingi rivojlanishi shunga olib keldiki, endi u jamiyatdagi iqtisodiy, siyosiy, hatto harbiy jarayonlarning kechishiga faol ta’sir qiladigan bo‘lib qoldi. Shu tariqa, loyihalar va chizmalardagina bo‘lgan kosmik apparatlarning haqiqatan paydo bo‘lishi uni fan, demakki, madaniyatga xos bo‘lgan hodisadan ijtimoiy taraqqiyotga ta’sir ko‘rsatuvchi omilga aylantirib yubordi.
Kosmonavtikaning muhim iqtisodiy omilga aylanganligi, bir tomondan, uni doimiy takomillashtirish ulkan moliyaviy resurslarni jalb qilishni talab qila boshlaganligida ko‘rinsa, boshqa tomondan, uning iqtisodiyot rivojlanishiga katta apparatlar yordamida gaz, neft va boshqa yerosti qazilma boyliklarini, dengiz va okeanlardagi baliq zahiralarini topish, hisobga olish, dunyoning turli chekkalari bilan bir zumda kosmik aloqa o‘rnatish imkoniyatlari paydo bo‘lganligi tufayli sodir bo‘lmoqda. Vaqt kosmonavtikaning jamiyat iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir ko‘rsata olish imkoniyatlari tobora kengayib borayotganligini
ko‘rsatmoqda. 23

madaniyatshunOslik asOslaRi
Kosmonavtika taraqqiyoti ayni paytda harbiy qurol-aslahalar takomillashuviga ham keskin ta’sir qildi, ommaviy qirg‘in qurollarini hatto kosmosga olib chiqish imkoniyati ham paydo bo‘ldi. Kosmonavtikaning muhim iqtisodiy va harbiy omilga aylanganligi uni xalqaro munosabatlar, muzokaralarning muhim va doimiy obyektiga aylantirdi. Kosmosdan faqat tinch maqsadlarda va umuminsoniy taraqqiyot yo‘lida foydalanish masalasi kun sayin dolzarb masala bo‘lib bormoqda.
Tevarak olam sirlarini tushunishga intilish natijasida paydo bo‘lgan bilimlar tizimi insoniyat rivojlanishining muhim omiliga aylanib ketganligi to‘g‘risidagi bu kabi misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin.
Madaniyat nafaqat tevarak olamni, balki insonni o‘rab turgan ijtimoiy voqelikni bilishga intilish natijasi hamdir. Shu jihatdan olganda, madaniyat — inson, millat, jamiyatning o‘z-o‘zini anglashidir. Chunki madaniyatda ijtimoiy birliklarning ehtiyojlari va manfaatlari, o‘ziga xosliklari, jahon tarixida tutgan o‘rni, turli ijtimoiy tuzumlarga bo‘lgan munosabati o‘z ifodasini topadi.
Albatta, u yoki bu hodisa sof madaniyat doirasi, chegarasidan chiqib tarixiy taraqqiyotning elementiga aylanishi uchun ma’lum bir shart-sharoit mavjud bo‘lishi kerak. Ya’ni, birinchidan, jamiyatning umumiy bilim darajasi yuzaga kelgan yangi bilimni qabul qilishga tayyor bo‘lishi, ikkinchidan, uni tekshirib ko‘rish, tasdiqlash yoki inkor etish uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlarga, ya’ni
— qurollar, vositalar, moddiy-moliyaviy resurslarga ega bo‘lishi lozim. Aks holda u hech qachon tarixiy rivojlanish elementiga aylanmay, ma’lum bir madaniy-ma’rifiy hodisa sifatida qolib ketaverishi ham mumkin. Masalan, buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniyning «g‘arbiy yarim sharda quruqlik bor» degan fikrining taqdiri ana shunday yakun topdi. Jamiyatning bunday fikrlarni qabul qilishga tayyor emasligi tufayli o‘sha paytda bu g‘oya o‘zining haqiqiy bahosini topmadi. Oradan bir necha asr o‘tgandan so‘ng g‘arbiy yarim sharda quruqlik — materik borligi isbotlanib, keyinchalik bu materik Amerika nomi bilan yuritila boshlandi.
Bu hodisa insoniyatning o‘zi yashab turgan ona-zamin to‘g‘risidagi tasavvurlarining butunlay o‘zgarishiga olib keldi. Ayni paytda, g‘arbiy yarim sharning «o‘zlashtirilishi», garchand ziddiyatli kechgan bo‘lsa-da, uni yagona insoniyat taraqqiyotining tarkibiy qismiga aylantirdi.
Madaniyatning bilish funksiyasi bilan axborot (informativ) funksiyasi uzviy bog‘liqdir. Madaniyatning axborot funksiyasining mazmuni to‘plangan ijtimoiy tajriba, bilim, malakani uzatishda ko‘rinadi. Bu tajriba, bilim rivoyatlar, aqidalar, fan, adabiyot, san’at asarlari orqali yangi avlod tomonidan qabul qilib olinadi, o‘zlashtiriladi. Bunday uzatish «vertikal», ya’ni o‘tmish avlodlardan yangi avlodlarga va, «gorizontal», ya’ni ayni bir tarixiy davrda, kishilardan kishilarga, bir xalqdan ikkinchi xalqqa uzatish ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin.
24

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
Go‘dak hayotga qadam qo‘yar ekan, avvalo, o‘zini bevosita o‘rab turgan kishilar — ota-ona, aka va opalari yordamida insoniyat to‘plagan tajribani o‘zlashtirib boradi. Keyinchalik, bu doira kengayib unga maktab va oliy o‘quv yurtlari tizimi, fan, adabiyot, san’at asarlari kelib qo‘shiladi va, inson, endi ular yordamida to‘plagan tajribani o‘zlashtira boshlaydi. Bu tajriba, bilim esa unga har bir kuzatilayotgan hodisani his qilish, sinab ko‘rish, tekshirish zaruratini yo‘qqa chiqarib, oldin erishilgan natijalarni faoliyat dasturi sifatida qabul qilishga olib keladi.
Madaniyatning axborot funksiyasining mazmuni to‘plangan tajribani yorqinroq ochadi. Agar tajribani uzatishning bunday shakli bo‘lmaganda edi, har bir xalq aytaylik, velosipedni, muzlatgichni o‘ziga o‘zicha yangidan yaratavergan bo‘lur edi, hayotda esa bunday emas. Bir xalq madaniyatida erishilgan ahamiyatli natijalar boshqa xalqlar tomonidan tayyor holda qabul qilinadi va milliy-madaniy hayotni tarkiban boyitib boradi.
hozirgi davrda bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik tuzumni barpo etishga harakat qilayotgan mamlakatlar o‘zlarining milliy, tarixiy, iqtisodiy, geografik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda katta yutuqlarga erishgan, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida demokratik qadriyatlarning ustuvorligini ta’minlagan davlatlar tajribasini o‘rganayotganligi ham fikrimizning isboti bo‘la oladi.
Madaniyatning axborot funksiyasi kishilar o‘rtasida muomala, muloqot, o‘zaro ta’sir bo‘lgandagina yuzaga chiqadi. Shuning uchun madaniyatning axborot funksiyasi uning aloqa (kommunikativ) funksiyasi bilan uzviy bog‘liqdir.
Madaniyat muloqot orqali mavjuddir. Ayni paytda, madaniyat inson muloqot sohasining kengayishiga xizmat qiladi: kishilar o‘rtasidagi to‘g‘ridan- to‘g‘ri, bevosita muloqot o‘tmish avlodlarga mansub kishilar, shuningdek, muloqot bilan to‘ldiriladi. Biz Forobiy, Beruniy, Ibn Sinoning falsafiy asarlari, Lutfiy va Navoiyning g‘azallari, Qodiriy va Cho‘lpon romanlarini o‘qib, ularning dunyoqarashi, fikrlash tarzi bilan oshno bo‘lamiz, fikran so‘zlashamiz.
Shuni ta’kidlash lozimki, bevosita muloqot ham, bilvosita muloqot ham shaxs rivojlanishiga hamma vaqt ham birday ta’sir ko‘rsatavermaydi. Ayrim hollarda muloqot shaxs rivojlanishiga salbiy ta’sir qilib, unda zararli odatlar, xarakterli xususiyatlarni keltirib chiqarsa, boshqa hollarda shaxsning ma’naviy kamoloti uchun xizmat qilishi mumkin. Ayni paytda muloqot shaxs rivojlanishida hech qanday iz qoldirmasligi ham mumkin.
hozirgi ilmiy-texnika inqilobi asrida ommaviy axborot vositalari: matbuot, radio, televideniye ta’sirida bilvosita muloqotning doirasi nihoyatda kengayib bormoqda. Demakki, shaxs rivojlanishida bilvosita muloqotning roli ham o‘smoqda. Shuning uchun ommaviy axborot vositalarining faoliyati doimo jamiyatning qattiq nazorati ostida 2b5o‘lishi lozim. Bu keng soha xalqaro

madaniyatshunOslik asOslaRi
munosabatlarga kirishib borayotgan, demokratik o‘zgarishlarni boshdan kechirayotgan respublikamiz uchun ayniqsa muhimdir. Chunki demokratiya, so‘z erkinligi bayrog‘i ostida ko‘pgina davlatlarda, ayniqsa, g‘arb mamlakatlarida chuqur ildiz otgan faxsh, zo‘ravonlik, giyohvandlikni targ‘ib qiluvchi san’at, adabiyot, kino asarlari, teleko‘rsatuvlarning kirib kelishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Milliy qadriyatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo‘lgan bunday
«asarlar»ning kirib kelishi jamiyatimizning ma’naviy negiziga katta zarba etkazadi. Bunda yoshlarimizning milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi asoslari bilan qurollanishi muhim ahamiyatga egadir.
Madaniyat, bir tomondan, kishilar o‘rtasidagi bevosita va bilvosita muloqotni tartibga solsa, boshqa tomondan, muloqotning o‘zi madaniy hodisa sifatida baholanadi va biz bunday hollarda «muloqot madaniyati» degan tushunchani ishlatamiz.
Kishilar o‘rtasidagi muloqot turli vositalar yordamida amalga oshiriladi. har bir millatning o‘z tili bor. Ayni paytda, har bir millat muloqotning rang- barangligi, mazmundorligini ta’minlaydigan o‘ziga xos imo-ishoralar, raqs, musiqa, xulq-odob me’yorlari «tiliga» ham ega. «Shashmaqom»ni, «Munojot»ni,
«Tanovar»ni tinglab, tomosha qilib jafokash xalqimiz tarixi, his-tuyg‘ulari, kechinmalari, dardi, orzu-umidlarini dil-dildan his qilamiz, xalqimizning axloq-odob tamoyillariga quloq tutar ekanmiz, undagi noziklik, insoniy mehr- muhabbat, hurmat va ulug‘vorlikni qalbdan sezamiz.
Milliy tarix va psixologiyani aks ettiruvchi milliy tillar bilan bir qatorda hamma uchun barobar va tushunarli bo‘lgan, millatlararo muloqotda va ilm-fan yutuqlarining tez tarqalishida muhim rol o‘ynaydigan internatsional til — fan tili, uning tushunchalari va formulalari tili ham borligini unutmaslik kerak. Ayni paytda, XX asr elektron hisoblash mashinalarining «al-gol», «beysik», «fortran» kabi tillari ham yaratildi.
Internet va kompyuterlarning ijtimoiy hayotdagi roli tez o‘sib borayotgan hozirgi davrda bu «til» axborotlarning uzatilishi hamda qabul qilinishida katta ahamiyat kasb etmoqda va vaqt bu jarayonlarning yanada tezlashayotganligini ko‘rsatmoqda.
Madaniyat nafaqat kishilar o‘rtasidagi muloqotning amalga oshishiga yordam beradi, balki kishilarning faoliyatini va ular o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga ham xizmat qiladi. Bunda madaniyatning tartibga solish (regulyativ) funksiyasi namoyon bo‘ladi. Madaniyatning tartibga solish funksiyasi kishilarning jamiyatdagi sharoitlarga muvaffaqiyatli ko‘nikishi uchun xizmat qiladigan turli me’yorlarda namoyon bo‘ladi. Axloqiy, estetik, diniy, siyosiy, huquqiy me’yorlar ana shular jumlasidandir. Madaniyatni tartibga solish vazifasi marosimlar, urf-odatlarda yorqin ko‘rinadi. Albatta, har qanday madaniyat me’yori kishining ichki e’tiqodiga aylangan paytdagina uning
26

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
faoliyatini tartibga soluvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham biz kishilarning madaniyat me’yorlarini qay darajada o‘zlashtirganliklarini ularning turli sharoitlarda o‘zlarini qanday tutishlariga qarab bilib olamiz.
Demakki, inson faoliyatini tartibga solish, ularning hayot tarzini shakllantirish va takomillashtirish madaniyatning muhim funksiyalaridan biridir. Bu vazifa tufayli madaniyat kishilarning muloqotini, ishlab chiqarish va turmushdagi munosabatlarini ma’lum me’yorlarga bo‘ysundiradi.
Va, nihoyat, madaniyatga baholash (aksiologik) funksiyasi ham xos. har bir yangi madaniy qadriyatga biz o‘zimizda shakllangan madaniy qadriyatlar nuqtai nazaridan kelib chiqib ijobiy yoki salbiy, chiroyli yo xunuk, adolatli yoki adolatsiz deb baho beramiz. Kundalik hayotda har birimiz o‘zimizga manzur yoki nomanzur jarayon, voqealarga duch kelamiz, adabiyot, san’at, kino asarlarini yaxshi yoki yomon hodisalar sifatida baholaymiz. Bunday baholash paytida, albatta, har bir shaxsning o‘z qarashlari, qadriyatlar tizimi muhim rol o‘ynaydi.
Ko‘rinib turibdiki, shakllangan, barqaror qadriyatlar tizimi, bir tomondan, ijobiy hodisalarni o‘zlashtirib, madaniyatning boyishiga xizmat qilsa, boshqa tomondan, o‘ziga zid bo‘lgan hodisalarning, ular xoh o‘tmishda, xoh hozirgi davrda yaratilgan bo‘lsin, kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaydi, qarshilik ko‘rsatadi. Demak, madaniyatning baholash funksiyasi tufayli tanlanish sodir bo‘ladi, madaniyatdagi barqarorlik, har bir davrdagi o‘ziga xoslik, ayni paytda, davomiylik, vorislik ta’minlanadi.
Madaniyatning funksiyalari haqidagi mulohazalarga yakun yasab shuni aytish mumkinki, yuqoridagilarning barchasi madaniyatning bosh va asosiy funksiyasi — inson yaratuvchilik funksiyasining turli ko‘rinishlaridir. Bu funksiya biz yuqorida keltirgan madaniyatning ta’rifidan bevosita kelib chiqadi. Negaki, har qanday madaniyatning pirovard maqsadi jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan holda shaxsning ma’lum bir tipini shakllantirish va kamol toptirishdan iboratdir. Respublikamizda muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi jamiyatimiz madaniyatini yuqori bosqichga ko‘tarishda muhim rol o‘ynamoqda.

Yüklə 383,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin