MADANIYAT VA ShAxS
Inson, madaniyat, shaxs tushunchalari madaniyatshunoslikda juda muhim o‘rin tutadi. Ular bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, inson madaniy mavjudot sifatida o‘zining yaratuvchanlik mohiyatini namoyon etadi, madaniyat esa shaxs ijodiy faoliyatining mahsuli sifatida ijtimoiy taraqqiyotga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Uzoq yillar davomida shaxsning mohiyati va uning madaniy taraqqiyotdagi roliga biryoqlama yondashib kelindi, uning intellektual- ma’naviy salohiyati, insoniy fazilatlariga yetarlicha e’tibor berilmadi. Natijada,
s4h—aZxaskadz u23nyoqarashi, g‘oya va ideall4a9rning yaratuvchan va o‘zgaruvchan funksiyasi to‘g‘ri baholanmadi.
madaniyatshunOslik asOslaRi
Insoniyatning ko‘p asrlik taraqqiyoti davomida orttirgan bilimlari, g‘oyalari, tajribalari va ma’naviy yutuqlarining majmuasi sifatida madaniyat barcha tarixiy davrlarda ham zamon ruhi va davr talablariga javob bera oladigan har tomonlama yetuk inson shaxsini kamol toptirishni o‘z oldiga asosiy vazifa qilib qo‘yadi. Turli tarixiy davrlarda yaratilgan madaniyat yodgorliklari (ilmiy, badiiy asarlar, me’morchilik, naqqoshlik, musiqa, qo‘shiq, rassomlik)da shaxsning bilimi, iste’dodi, insoniy fazilat va sifatlari o‘z ifodasini topadi. har bir inson ulug‘ ajdodlarimiz madaniy merosini mukammal egallash orqali o‘zi sevgan sohaning etuk mutaxassisiga, olijanob fazilatlar sohibiga aylanadi, hozirgacha yaratilgan madaniyat obidalarini yana ham ko‘rkamroq, mukammalroq qilib yaratishga ehtiyoj seza boshlaydi — madaniyat ijodkoriga aylanadi.
Madaniyatshunoslikda shaxs ulug‘ ajdodlarimiz bilimi va tajribalarini qunt bilan egallovchi, o‘zida sabot-matonat, mustahkam iroda, sobitqadamlik, ma’rifatparvarlik sifatlarini tarbiyalovchi, bilim va tajribalarini obyektivlashtiruvchi, muttasil izlanuvchan va ijodkor inson sifatida ta’riflanadi. Jahon madaniyati xazinasiga ulkan hissa qo‘shgan, o‘z asarlarida davr ruhi, intellektual salohiyati va butun mahoratini mujassamlashtirgan ulug‘ ajdodlarimiz (madaniyat arboblari) mehnatsevar, bilimdon, kamtarin, taraqqiyparvar inson sifatida ma’naviy kamolotga intilgan, o‘z asarlari bilan nomi, nasl-nasabini abadiylashtirganlar. Bizgacha yetib kelgan barcha madaniyat obidalarida o‘z zamondoshlaridan ancha ilgarilab ketgan fozil va komil ajdodlarimizning mashaqqatli, ammo sharafli mehnatlari va izlanishlari yotadi, albatta.
Madaniyat hamisha shaxs faolligi va uning yaratuvchanlik faoliyati bilan bog‘liqdir. Buyuk nemis faylasufi Gegel o‘zining «huquq falsafasi» asarida ta’kidlaganidek, madaniyatli inson, bu — avvalo, boshqalar qilgan ishni qila oluvchi, boshqalar kabi yaratuvchidir. Madaniyat o‘zining tub mohiyatiga ko‘ra insondagi insoniylikni, yaratuvchanlik qobiliyatni ro‘yobga chiqaruvchi, komil inson shaxsini shakllantiruvchi ekan, ana shu shaxsning faolligi tufayligina u o‘z-o‘zidan rivojlanish imkoniga ega bo‘ladi. Binobarin, shaxsning shakllanishini madaniyatsiz tasavvur etib bo‘lmagani kabi madaniy taraqqiyotni ham ijodkor shaxslarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Shaxsning shakllanishi nihoyatda murakkab va ziddiyatli jarayon bo‘lib, juda ko‘p omillarga bog‘liqdir. Inson shaxsining shakllanishida nafaqat madaniy, yana sotsial-siyosiy muhit, ijtimoiy tuzum, iqtisodiy hayot va boshqalar ham muhim rol o‘ynaydi.
Ijtimoiy-siyosiy rivojlanish bilan madaniy taraqqiyot har doim ham bir- biriga mos kelavermaydi: Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur, Mashrab, huvaydo, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy singari buyuk madaniyat arboblarining insoniy fazilatlari, qimmatli g‘oyalari, yuksak iste’dodlari bugungi kunda ham zamondoshla5ri0mizga ibrat, buyuklik timsoli bo‘lib
Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
qolayotganligining boisi ham ana shundadir.
Madaniyat tarkibiga kiruvchi barcha sohalar (ilm-fan, texnika, san’at, ta’lim- tarbiya, sport va h. k.) yuqori bosqichga ko‘tarilgan hozirgi davrning butun insoniyatni hayratga soluvchi hazrat Navoiylari, Qodiriy va Fitratlari qani?
Nega o‘zbek sovet madaniyati yurtimizda Andrey Saxarov, Chingiz Aytmatov singari jahonga mashhur shaxslar tipini yaratmadi? Bunday savollarga javob berishdan oldin madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan shaxsning mohiyati va mazmuni haqida qisqacha fikr yuritish maqsadga muvofiqdir.
O‘zgargan har bir yangi tarixiy davrda «Inson nima?», «Shaxsning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni qanday?» kabi savollarga ilmiy asosda javob berish zarur bo‘lgani singari vujudga kelgan yangi tarixiy davrda madaniyatning mohiyati va funksiyalarini yangicha idrok etish ijtimoiy-siyosiy fanlar va madaniyatshunoslikning dolzarb vazifasi hisoblanadi. Agar milliy madaniyat yangi davr ruhi va uning tub yo‘nalishlarini, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasini idrok etmasa va milliy mahdudlik qobig‘iga o‘ralib qolsa, davr talablariga javob bera oladigan inson shaxsini shakllantira olmaydi.
Prezident I. A. Karimov o‘zining «Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» va boshqa asarlarida barkamol inson shaxsiga xos muhim fazilatlar sifatida tashabbuskorlik, mardlik, bilimdonlik, ishbilarmonlik, vatanparvarlik, sobitqadamlik kabi xislatlarni alohida ta’kidlab, erkin fikr, mustaqillik tuyg‘usi shaxs kamolotida muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Darhaqiqat, milliy mustaqillik yosh avloddan yangicha sifat va fazilatlarni talab eta boshladi. Demokratik taraqqiyot o‘zining tub mohiyatiga ko‘ra mustaqil fikrlaydigan, tashabbuskor, yangiliklarga intiluvchi ijodkor shaxslarning sa’y-harakatlariga, ularning yaratuvchanlik faoliyatiga tayanadi. Tarixni chuqur bilmay turib, kelajakni yaratish mumkin bo‘lmagani singari milliy madaniy merosimizning barcha ijobiy, progressiv yutuqlarini chuqur o‘zlashtirmay turib, yangi davr talablariga javob bera oladigan barkamol avlodni shakllantirib bo‘lmaydi. Ijtimoiy-madaniy taraqqiyot yoshlarning keksa avlodga, ajdodlarimizga nisbatan kuchliroq, bilimdonroq, dono va aqlliroq bo‘lishini taqozo etadi. Prezident I. A. Karimov «Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va, albatta, baxtli bo‘lishlari shart» deganida Vatanimizning porloq istiqboli yoshlarimizning ilm-fan asoslarini chuqur egallashiga bevosita bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.
Jamiyatdagi mavjud siyosiy tuzum madaniyat taraqqiyoti uchun qulay shart-sharoit yaratishi yoki, aksincha, undagi barcha ijobiy, progressiv elementlarning rivojiga xalaqit berishi ham mumkin. Chunki yuqorida ta’kidlanganidek, madaniyat uchun statika va dinamika xos bo‘lib, agar mavjud siyosiy tuzum tub demokratik o‘zgarishlardan hadiksirasa, madaniyatning statik
51
madaniyatshunOslik asOslaRi
(konservativ) xususiyatlaridan unumli foydalanishga zo‘r beradi. Agrar ishlab chiqarishga asoslanuvchi jamiyatning madaniyat strukturasida diniy bilim va qadriyatlar muhim rol o‘ynaganligi, diniy ta’limot va falsafaning agrar ishlab chiqarishning cheklanganligiga mos ravishda shaxs ehtiyojlarini cheklashga zo‘r berganligini tasdiqlovchi tarixiy faktlarni ko‘plab keltirish mumkin. Sanoat ishlab chiqarishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan demokratik siyosiy tuzum madaniyatning taraqqiyparvarlik funksiyasini to‘laroq ro‘yobga chiqarishga, qoloqlik, tanballikni targ‘ib etuvchi o‘tmish madaniy merosdan sabot bilan voz kechishga, ilm-fan va shaxs erkinligini qo‘llab-quvvatlashga zo‘r beradi.
Insoniyat tarixining tub burilish davrlarida, bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan yangisiga o‘tish davrlarida madaniy merosga munosabat masalasi eng dolzarb ijtimoiy-siyosiy muammo hisoblanadi. Zero, o‘tmish madaniy merosida o‘tmish ruhi, konservatizm, turg‘unlik va, ayni vaqtda, progressiv elementlar, yangilik va ijobiy xususiyatlar mavjud bo‘ladi. Ijtimoiy taraqqiyot ehtiyojlaridan kelib chiqadigan siyosiy tizimgina madaniyatning yaratuvchan, ijobiy va progressiv xususiyatlaridan to‘laroq foydalanishga intiladi.
Shaxs — mavjud siyosiy tuzumni, ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirishga kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi madaniyatli insonning sotsial sifatidir. Inson madaniyatning barcha ilg‘or yutuqlarini chuqur o‘rganish orqali o‘zida qator sotsial sifatlarni shakllantiradi. Mustahkam imon-e’tiqod — shaxsning eng muhim sotsial sifati hisoblanadi. Imon va e’tiqodning shakllanishida din, ta’lim- tarbiya va ijtimoiy-siyosiy muhit katta rol o‘ynaydi. Din ma’naviy madaniyatning muhim tarkibiy qismi sifatida odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni takomillashtirish, ijtimoiy barqarorlik, totuvlik, tinchlik va hamjihatlikni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Din — umumbashariy qadriyat sifatida kishilarda axloqiy fazilatlar, insoniy sifatlarni shakllantiradi.
Shaxs abadiylik, ezgulik haqidagi tushuncha va tasavvurlarni diniy e’tiqod, diniy tarbiya va ta’limotlar vositasida egallaydi. Mustahkam imon-e’tiqod shakllanishi bilan kasb-kor, faoliyat shaklining qandayligidan qat’i nazar shaxs jamiyat taraqqiyotiga, ijtimoiy jarayonlarga kuchli ta’sir ko‘rsata boshlaydi.
Shaxsning kamol topishi, unda mustahkam imon-e’tiqodning shakllanishi individ uchun g‘oyat mashaqqatli va ziddiyatli jarayon sifatida kechadi. Shaxs olamni bilish orqali o‘zligini anglashga, o‘z «men»ligini bilish orqali olam mohiyatini chuqurroq bilishga erishadi. Shaxs o‘z-o‘zini tarbiyalovchi, o‘z faoliyatiga tanqidiy baho beruvchi, o‘z-o‘zini nazorat qiluvchi sifatida muttasil ravishda kamolotga intiladi.
Milliy madaniyatimiz tarixida chuqur iz qoldirgan ulug‘ mutafakkirlar inson shaxsi kamol topishining eng umumiy qonuniyatlarini ochishga harakat qilganlar. Buyuk mutasavvuf Abduholiq G‘ijduvoniy o‘z «Vasiyatnoma»sida
52
Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
ma’naviy kamolotga erishmoq uchun «kam uxlash, kam so‘zlash, kam ovqatlanish» lozimligini, yuqori lavozimlarga intilmaslik zarurligini ta’kidlagan edi. Turkistonning shayxul mashoyixi sifatida ulug‘langan Ahmad Yassaviy inson shaxsi shakllanishining zarur sharti sifatida nafsni tiyish, ayshu ishrat va molu dunyo vasvasasidan yuz o‘girish, yetimparvar, odil va halol bo‘lish lozimligini ko‘rsatadi. Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Abduqodir Bedil, Mashrab va huvaydo singari ulug‘ allomalar zohidlik, tarkidunyochilikka qarshi odamlar mushkulini osonlashtirish, ilm-ma’rifatli bo‘lish, ilohiy kamolotga erishmoq uchun shariat ahkomlarini puxta egallash, piru murshid etagini mahkam tutish, diniy ma’rifatni puxta egallash muhimligini ko‘rsatganlar. Xalqimiz o‘rtasida ko‘p asrlar mobaynida navoiyxonlik, bedilxonlik, huvaydoxonlik an’analarining davom etishi jarayonida ma’naviy barkamol shaxslar yetishib chiqqan.
Sovet tuzumi sharoitida o‘tmish madaniy merosga biryoqlama sinfiylik va partiyaviylik nuqtai nazaridan yondashish oqibatida ulug‘ ajdodlarimizning qimmatli g‘oya, ta’limotlari unutildi, din qatag‘on qilindi, imonsizlik, xudosizlik g‘oyasi keng targ‘ib etildi.
G‘oyat sun’iy va biryoqlama sotsialistik madaniyat shaxsning mohiyati va ijtimoiy-tarixiy vazifalari haqidagi tushuncha va tasavvurlarni tubdan o‘zgartirdi. Mustabid tuzum uchun mute, itoatkor, ijrochi, soxta kommunistik g‘oyaga ishonuvchi shaxs tipi yaratildi. U hech narsa abadiy emas, moddiylik birlamchi, degan materialistik dunyoqarashga o‘ta ishonch bilan qarardi. Madaniy merosga o‘tmish sarqiti, qoloqlik belgisi sifatida qarash, baynalmilallikni milliylikdan ustun qo‘yish sotsializm yaratgan g‘ayritabiiy shaxsga xos muhim xususiyat edi.
Milliy mustaqillik yillarida shakllangan yangicha siyosiy tafakkur va yangicha falsafiy dunyoqarash milliy madaniyat, milliy qadriyat va shaxsning mohiyatini yangicha tushunish, tahlil qilish imkonini beradi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlar inson uchun munosib hayot sharoitlari yaratishni, shaxs erkinligining to‘laroq ro‘yobga chiqishi uchun qulay imkoniyatlar yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Yangi tarixiy davr xususiyatlari, barkamol inson shaxsini shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari Prezident I. A. Karimovning qator asarlarida tavsiflab berildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq xalqimizning milliy qadriyatlarini tiklashga, boy madaniy merosimizni chuqur o‘rganishga, ta’lim-tarbiya sohasida tub islohotlarni amalga oshirishga alohida e’tibor berila boshlandi.
Bozor munosabatlariga o‘tish iqtisodiy va siyosiy sohada to‘planib qolgan barcha muammolarni oqilona hal etish uchun zamonaviy fan va texnika, ilg‘or texnologiya va kasb madaniyatini puxta egallagan halol, mehnatsevar, vatanparvar, sabot-matonatli inson shaxsini kamol toptirishni talab eta boshladi. «Ta’lim to‘g‘risida Qonun», «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi»ning
53
madaniyatshunOslik asOslaRi
sobitqadamlik bilan amalga oshirilishi natijasida mamlakatimiz xalq xo‘jaligini, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, erkin fikrlaydigan, bilimdon va tashabbuskor shaxs tipini shakllantirish uchun qulay imkoniyatlar vujudga keldi.
Bugun dunyoda mafkuraviy jarayonlar global tus olgan, turli diniy- ekstremistik g‘oyalar O‘zbekiston xavfsizligi va mustaqilligiga jiddiy tahdid solayotgan bir sharoitda xalqimizning milliy manfaatlari va mentalitetiga mos milliy istiqlol g‘oyasining yaratilishi barkamol inson shaxsini shakllantirishda muhim tayanch bo‘lib xizmat qila boshladi.
Ilg‘or g‘oya uchun kurash — shaxs faolligining muhim ko‘rsatkichidir. Jahondagi barcha rivojlangan mamlakatlar demokratik qadriyatlarni hayotga tadbiq etish, shaxs erkinligini qaror toptirish orqali taraqqiyotning yuqori bosqichiga erishdilar.
Milliy istiqlol g‘oyasi O‘zbekistonda demokratik jamiyat barpo etish, xalqimizga munosib hayot sharoitlarini yaratish, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish uchun xizmat qiladi. Xalqimizning ozodlik, tinchlik, farovonlik va ijtimoiy taraqqiyotga bo‘lgan intilishlari milliy istiqlol g‘oyasida o‘z ifodasini topdi.
Shaxs ijtimoiy-siyosiy va milliy g‘oyani amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Ilg‘or g‘oyalarni ilgari surish va ularni hayotga tadbiq etish jarayonida insonning axloqiy, irodaviy sifatlari to‘laroq namoyon bo‘ladi. Insoniyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk shaxslar o‘zining shaxsiy farovonligi uchun emas, balki Vatan, xalq manfaatlari uchun kurashgan. Vatanimiz ozodligi, yurtimiz obodligi va xalqimiz farovonligi uchun o‘zining shaxsiy huzur-halovati, aziz jonini fido qilgan sohibqiron Amir Temur, hazrat Navoiy, shoh Bobur, Ulug‘bek, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy singari shaxslarning tarixiy va madaniy taraqqiyotdagi ahamiyatini milliy mustaqillik yillarida teranroq anglay boshladik.
Tarixiy shaxslar qanday ma’naviy soha (fan, san’at, din, siyosat, huquq)da faoliyat ko‘rsatishdan qat’i nazar davrning mushkul muammolarini oqilona hal etish, jamiyatni inqirozdan qutqarish yo‘llarini ko‘rsatdilar. Milliy madaniyatning barcha yutuqlarini chuqur egallagan shaxslargina milliy muammolarni tez va oqilona hal etishga salmoqli hissa qo‘shadilar.
Xullas, madaniyat va shaxs bir-biri bilan uzviy bog‘liq tushunchalardir. Madaniy rivojlanishning bosh maqsadi barkamol inson shaxsini shakllantirishdan iboratdir, boshqa jihatdan shaxs madaniyat ijodkori sifatida ham namoyon bo‘ladi. har bir avlod o‘tmishda yaratilgan madaniy merosni, madaniyat yutuqlarini o‘zlashtirish orqali o‘zida muayyan axloqiy sifatlarni shakllantiradi, ijtimoiy va tabiiy borliqni o‘zlashtiradi, o‘z «men»ligini teranroq anglaydi.
Milliy istiqlol yillarida shakllangan yangicha dunyoqarash shaxs, milliy madaniyat, milliy qadriyatlar mohiyatini yangicha tushunishga imkon berdi.
54
Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
Ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar xalqimizni boy madaniy merosimizdan to‘la bahramand etish, jahonning rivojlangan mamlakatlari bilan ilmiy-texnikaviy va madaniy sohalarda hamkorlik qilish imkoniyatini yaratmoqda. Milliy istiqlol g‘oyasi mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan madaniy-tarixiy yutug‘imiz bo‘lib, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda, ma’naviy barkamol inson shaxsini shakllantirishda muhim sotsial omil bo‘lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |