O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 383,96 Kb.
səhifə11/18
tarix21.05.2022
ölçüsü383,96 Kb.
#58930
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Madaniyatshunoslik asoslari (M.Abdullayev, E.Umarov va b.)-конвертирован

SIYOSIY MADANIYAT

Siyosiy madaniyat ma’naviy qadriyatlarning alohida tizimini tashkil etib, muayyan jamiyat, guruh, kishilarning siyosiy ongi, manfaatlari, e’tiqodlari, maqsadlarini ifodalaydigan siyosiy va huquqiy g‘oyalar majmui va ularni hayotga tadbiq etadigan amaliy faoliyat tizimidan iboratdir.


Siyosiy madaniyat jamiyat hayotining muhim tarkibiy qismi sifatida ijtimoiy taraqqiyotning muayyan bosqichida yuzaga kelgan. Bunda kishilar faoliyatida siyosiy manfaatlar alohida o‘rin egallaydi. Yunon mutafakkirlaridan Gerodot, Aflotun, Arastu va boshqalarning asarlarida qadimgi Yunoniston siyosiy hayotini maxsus o‘rganish tufayli siyosiy madaniyat va uning tarkibiy qismlari to‘g‘risida dastlabki tasavvurlar paydo bo‘lgan. Bunday tushunchalar turkiy xalqlarning qadimgi Orxun-Yenisey bitiklarida ham o‘ziga xos ifodasini topgan.
Sharqda siyosiy madaniyat, mafkuraviy an’analar, demokratik huquqiy talab, burch va kafolatlar to‘g‘risidagi qarashlar shakllanganligiga tarixiy manbalar guvohlik beradi. Tadqiqotchilarning yozishicha, qadimgi Markaziy Osiyoda
«Islomdan oldin ham, islom vujudga kelgan ilk davrlarda ham ancha-muncha demokratik an’analar mavjud bo‘lgan. Ilk islomda ilohiy-nasliy hokimiyat o‘rniga Sunnaga asoslangan hokimiyat, boshqarish usulining qaror topganligi, Imomlar Abu hanifa Shofe’lar davrida Ra’y, Qiyos va Ijmo kabi oqilona va insonparvarona tamoyillar e’tirof etilganligi va, nihoyat, Muhammad davrini hisobga olmaganda, musulmon mamlakatlarida islom mutlaq hokimiyatni o‘z qo‘lida to‘plamagan, balki doimo mutlaq hokimlar, mustabidlar yonidagi mavqeni egallaganligini eslash kifoya»1.
Anglashiladiki, siyosiy madaniyatning tarkib topishi jamiyat siyosiy faoliyati bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, ko‘p asrlik tarixga ega. Siyosiy madaniyat siyosiy faoliyat, ya’ni «siyosiy ishlab chiqarish» jarayonlarini o‘zida aks ettiradi va umumlashtiradi. Ma’5lu8mki, inson faoliyatida ikki madaniy

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
jihat, ya’ni tabiatni qayta yaratish hamda kishilarning o‘zlarini tarbiyalash jarayonlari uzviy bog‘langandir. Shunga ko‘ra, ijtimoiy-siyosiy guruhlar o‘zlarining siyosiy manfaatlarini amalga oshirishda «kishilarga kishilar orqali ta’sir etish»ga, ularni siyosiy faoliyat jarayonida tarbiyalashga alohida e’tibor berganlar. Bunda ijtimoiy-amaliy yo‘nalishdagi siyosiy faoliyat sinflar, sotsial tabaqalar, guruhlarning siyosiy hukmronlik qilish yo‘lida hokimiyat uchun olib boradigan xatti-harakatlarini bildiradi, ma’naviy-nazariy faoliyat esa ijtimoiy munosabatlarni sinfiy manfaatlar, dunyoqarash ruhi bilan fahmlash, anglash, muayyan siyosiy nazariyalar, ideallar, dasturlarni ishlab chiqish hamda ularni keng targ‘ib qilishni nazarda tutadi.
Siyosiy faoliyatning yuqoridagi ko‘rinishlariga «siyosiy ishlab chiqarish»ning muayyan turlari, ya’ni ijtimoiy-amaliy ishlab chiqarish va ma’naviy-nazariy ishlab chiqarish muvofiq keladi. Ijtimoiy-amaliy siyosiy ishlab chiqarish davlat, siyosiy guruhlar, partiyalar, siyosiy me’yorlar, shuningdek, siyosiy faoliyat tufayli tarkib topgan funksional tuzilmalardan iborat bo‘ladi. Ma’naviy-nazariy siyosiy ishlab chiqarishga esa siyosiy mafkura, siyosiy qadriyatlar, ideallar, nazariyalar, dasturlar, siyosiy tajribalar va an’analar, siyosiy xulq andozalari, jamoatchilik fikri va boshqa hodisalar kiradi. Siyosiy madaniyat, shunday qilib, kishilar faoliyatining tarixan manfaatli va sinfiy, tabaqaviy jihatdan o‘ziga xos shartlangan mahsuli bo‘lib, siyosiy munosabatlarning sinflar, tabaqalar, shaxslar tomonidan faol o‘zlashtirilish jarayonini aks ettiradi.
Siyosiy madaniyat tarkiban quyidagilardan iborat: mafkura, siyosiy tajriba va an’analar, siyosiy tashkilotlar, siyosiy faoliyat usullari.
Mafkura ma’naviy madaniyatning o‘zagi sifatida kishilarning ijtimoiy- siyosiy faoliyatiga belgilovchi ta’sir ko‘rsatadigan, manfaat yo‘lida faol va ongli kurashga da’vat etadigan g‘oya va qarashlar tizimidir. Mafkura kishilar, ijtimoiy guruhlar, xalqlar, millatlar, siyosiy partiyalar va harakatlarning iqtisod, siyosat, davlat, ma’naviyat kabilarga nisbatan manfaatli-siyosiy, falsafiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy va boshqa qarashlari majmuidir. Mafkura, bir tomondan, jamiyat a’zolarining asosiy maqsad-muammolarini ifodalaydi, uning o‘tmish va kelajagini bir-biri bilan bog‘laydi, asriy orzu-istaklarini amalga oshirishga xizmat qiladi; ikkinchi tomondan, kishilarni muayyan g‘oyalarga ishontiradi, ularni uyushtiradi, safarbar etadi, ma’naviy-ruhiy jihatdan rag‘batlantiradi, g‘oyaviy tarbiyalaydi, harakat dasturi bo‘lib xizmat qiladi1 .
hozirgi paytda respublikamizda milliy istiqlol mafkurasi tarkib topmoqda. Bu mafkura o‘zida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mujassamlantiradi; o‘zbek xalqining boy milliy madaniy merosiga tayanadi; milliy turmush tarzining barcha sohalarini aks ettiradi; qurilayotgan demokratik, adolatli, huquqiy erkin jamiyatning g‘oyaviy himoyachisi rolini bajaradi.
Uning asosiy tamoyillari haqida ga5p9ketganda, qisqacha qilib quyidagilarni

madaniyatshunOslik asOslaRi
ko‘rsatish mumkin: siyosiy sohada fikrlar xilma-xilligi, erkin saylovlar, demokratiya, vatanparvarlik, xalqparvarlik, umuminsoniylik; iqtisodiy sohada
— xilma-xil mulkchilik, erkin xo‘jalik faoliyati, erkin iqtisodiy munosabatlar; ma’naviy sohada — komil insonni tarbiyalash, e’tiqod erkinligi, milliy merosni avaylab asrash, vorislik, ma’naviyatga davlat homiyligi, tarbiyaning hayotiyligi, ijodkorlik sohasida keng imkoniyatlar yaratilishi va h. k.
Mafkura mamlakatdagi sotsial-iqtisodiy, ma’naviy taraqqiyot jarayonlarini umumlashtirish, ijtimoiy yuksalish sohasida yangi yo‘nalishlarni kashf etish, ayni vaqtda, boshqarish tizimini takomillashtirishni amalga oshiradi. U iqtisodiy, huquqiy, axloqiy va estetik g‘oyalar bilan sug‘orilgandir. Chunki kishilarning iqtisodiy manfaatlari, ijtimoiy munosabatlar tizimidagi o‘rni siyosiy ongda to‘la gavdalanadi. Bunday manfaatlar ta’sirida kishilar nafaqat moddiy boyliklar, shu bilan birga ijtimoiy borliq to‘g‘risidagi tasavvurlarni ham yaratadilar.
Mafkura siyosiy qadriyatlarni o‘z ichiga olib, quyidagilar orqali amal qiladi: siyosiy ideal, milliy davlatchilik va demokratiya tamoyillari; fuqarolar mas’uliyati va burchlari; sotsial adolat; vatanparvarlik; umuminsoniy qadriyatlarga sadoqat. Mafkuraning qadriyatlari Respublika Konstitutsiyasida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi xujjatlarida, turli partiyalarning dasturlarida o‘zining huquqiy ifodasini topgan.
Jamiyat siyosiy madaniyati tarkibida siyosiy tuzilmalar, siyosiy an’ana va siyosiy faoliyat usullari alohida o‘rin tutadi. Siyosiy madaniyatni tarkib toptirishning muhim vositalaridan biri siyosiy axborot hisoblanadi.
«Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar ommaviy axborot vositalari oldiga butunlay yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Matbuot aholida yangicha tafakkur va ongni shakllantirishda ta’sirchan qurol bo‘lishi, kishilarning fikr va xohish-irodasining erkin, ammo xolis ifodachisi bo‘lishi kerak... Ommaviy axborot vositalari demokratlashtirish yo‘lining, islohotlar yo‘lining faol targ‘ibotchisi bo‘lib qolishi kerak. Ayni paytda, ularning o‘zi mohiyat jihatidan demokratik bo‘lmog‘i zarur»1 .
Milliy mustaqillikning siyosiy ahamiyatini chuqur anglab etishda, o‘tmish madaniy va ma’naviy qadriyatlarini har tomonlama o‘rganish va o‘zlashtirishda milliy o‘zlikni anglashning ahamiyati nihoyatda kattadir. Siyosiy tajribaga ega bo‘lish mustaqil davlatimiz olib borayotgan siyosatning ahamiyatini chuqur anglab yetish jarayoni bilan bog‘langan, binobarin, siyosiy tajriba siyosiy mafkura va madaniyatni rivojlantirishning muhim manbaidir. Chunonchi, buyuk sohibqiron Amir Temurning davlatchilik tajribalaridan keng foydalanish jamiyatimiz siyosiy-huquqiy madaniyati rivojiga katta hissa bo‘lib qo‘shiladi.
Siyosiy madaniyatning yana bir muhim unsuri siyosiy an’analardir. Mustaqillik yillarida o‘ziga xos milliy siyosiy an’analar tarkib topdi va tarkib
60

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
topib bormoqda. Mustaqillik kuni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, Navro‘z bayrami, qardosh respublikalar kunlarining nishonlanishi nafaqat madaniy, balki siyosiy an’ana tusiga ham kirib bormoqda.

  1. A. Karimov respublika Oliy Majlisi VI sessiyasida so‘zlagan nutqida aholining siyosiy madaniyati talablar darajasida emasligi, barpo etilgan siyosiy institutlar faoliyatining mazmuni, maqsadi-muddaosi xalqimizning milliy xususiyatlari va tafakkur tarziga mos bo‘lishini alohida ta’kidlab ko‘rsatadi. Darhaqiqat, siyosiy madaniyatning muhim tuzilmaviy elementi sifatida siyosiy institutlar muhim rol o‘ynaydi. Binobarin, «jamiyatning ijtimoiy-siyosiy sohasida demokratik institutlarni shakllantirish siyosiy tizimni isloh qilishga va ijtimoiy hayotni demokratiyalash jarayonlariga jo‘shqinlik baxsh etishga qaratilgandir»1. Siyosiy institutni madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etish shuni ko‘rsatadiki, ular, bir tomondan, nafaqat iqtisodiy, balki madaniy omillar bilan bog‘langan, ikkinchidan, ular siyosiy madaniyat hodisasi bo‘lganligidan madaniyat to‘g‘risidagi umumiy tasavvurlarimizni yanada boyitishga xizmat qiladi.

eng muhim tashkiliy tuzilmalardan biri davlat sanaladi. Davlat siyosiy ishlab chiqarishning mahsuli sifatida o‘ziga xos madaniy vazifani bajaradi. Madaniy davlatning mohiyati uning iqtisodiyot sohasida olib borayotgan ustuvor siyosati bilan belgilanadi. Madaniy davlat o‘z hayotini hozirgi davrda eng ilg‘or davlatlar erishgan iqtisodiy madaniyat darajasida tashkil qiladi. Shuningdek, madaniy davlat jamiyatda yuz beradigan har qanday o‘zgarishning qonunga asoslanishini taqozo etadi. Bu siyosiy madaniyat mohiyatini ifodalaydigan muhim belgilarni bildiradi.
Jamiyatning siyosiy madaniyat darajasi siyosiy faoliyat usullariga ham bog‘liqdir, chunki siyosiy ong, siyosiy me’yorlar, siyosiy qarashlar faoliyat tufayli madaniy yo‘nalish oladi, mustahkamlanadi, inson va jamiyat hayotini madaniylashtiradi. Siyosiy faoliyat usullari asosida siyosiy jarayondagi munosabatlar amalga oshiriladi.
Siyosiy faoliyat shakllariga, avvalambor, tashkilotchilik, g‘oyaviy-nazariy, g‘oyaviy-tarbiyaviy sohalarni kiritish mumkin. Tashkilotchilik faoliyati rejalar va qarorlarni ishlab chiqish shakllarini, ya’ni ijroni tekshirish; kadrlarni tanlash va o‘z o‘rniga qo‘yish, tarbiyalash; siyosiy tuzilmalar ustidan rahbarlik kabilarni o‘z ichiga oladi.
G‘oyaviy-nazariy faoliyat siyosiy mafkurani yaratishda ishtirok etish, g‘oyaviy-tarbiyaviy faoliyat, targ‘ibot va tashviqot, madaniy-tarbiyaviy ishlarda qatnashish kabilardan iborat bo‘ladi.
Siyosiy madaniyatning mavjudligi shaklan jamiyatning siyosiy-madaniy boyligi (fondi) va amaldagi siyosiy madaniyatidan iboratdir. Jamiyatning siyosiy-
61

madaniyatshunOslik asOslaRi
madaniy boyligi deyilganda davlatni boshqarishning tarixiy tajribasi, siyosiy faoliyat vositalari, usullari, siyosiy bilimlarning zahirasi tushuniladi. Amaldagi siyosiy madaniyat esa jamiyat, sinf, shaxs siyosiy hayotida gavdalanadigan real madaniyatdir. Amaldagi siyosiy madaniyat amaliyot bilan bog‘langan bo‘lib, jamiyatning siyosiy-madaniy boyligini yanada rivojlantirishga, boyitishga, yangi tajribalarni umumlashtirishga asos bo‘ladi.
Jamiyat siyosiy madaniyatida ijtimoiy guruhlar bilan shaxslarning siyosiy madaniyati o‘zaro bog‘langan holda namoyon bo‘ladi. Jamiyat siyosiy madaniyati ijtimoiy taraqqiyotning muayyan bosqichiga xos siyosiy va ijtimoiy- psixologik qadriyatlar, siyosiy tuzilmalar, siyosiy faoliyat usullari kabilarning yig‘indisidir. Shaxsning siyosiy madaniyati — bu individ tomonidan jamiyatning siyosiy, mafkuraviy va sotsial-psixologik qadriyatlarini o‘zlashtirish, egallash va amalga oshirish tizimidir. Shaxs siyosiy faoliyatida ikki xil daraja, ya’ni, birinchidan, siyosiy madaniyatni bilish, ikkinchidan, uni amaliy faoliyatda qo‘llash darajasi uzviy aloqada bo‘ladi. Siyosiy madaniyat har ikkala darajaning yaxlit birligidan tarkib topadi.
Siyosiy madaniyat taraqqiyoti huquqiy munosabatlar bilan, demakki, huquqiy madaniyat bilan uzviy bog‘langandir. har qanday jamiyatning huquqiy tizimi negizini Konstitutsiya tashkil etadi. Konstitutsiya siyosiy hayot subyektlari o‘rtasidagi aloqalarni tartibga solish bilan chegaralanmaydi, balki shu bilan birga, siyosiy munosabatlarning yanada takomillashuvi uchun huquqiy shart- sharoitlar yaratadi. Prezidentimiz I. A. Karimov tomonidan ishlab chiqilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishning besh tamoyillaridan biri — turmushimizning barcha jabhalarida qonun ustuvorligini ta’minlashdan iborat, deb belgilangan. huquqiy davlatni barpo etish, avvalambor, siyosiy-huquqiy madaniyatni tarkib toptirish, rivojlantirish va amalga oshirishdan iboratdir. Darhaqiqat, huquqiy madaniyatning darajasi yolg‘iz qonunlarni bilish, huquqiy ma’lumotlardan shunchaki xabardor bo‘lish emas, binobarin, huquqiy madaniyat «qonunlarga amal qilish va ularga bo‘ysunish madaniyati demakdir»1 .
Demak, huquqiy madaniyat, bir tomondan, huquqiy ong, ikkinchi tomondan, huquqiy munosabatlar va, nihoyat, huquqiy faollikning yaxlit birlikda namoyon bo‘lishini ifodalaydigan ma’naviy qadriyatlar tizimidir.
Shunday qilib, milliy mustaqillikka erishgan mamlakatimizda siyosiy madaniyatni tarkib toptirish istiqlol bergan buyuk ne’matlarning mohiyatini tushunishga, qadrlashga va himoya qilishga da’vat etilgandir. Jamiyatimiz siyosiy madaniyatining oliy maqsadi va tarixiy vazifasi kishilarimizning siyosiy madaniyati, ongini shakllantirish, faol siyosiy pozitsiyaga ega bo‘lishini ta’minlash, istiqlol yo‘lidan borayotgan davlatimizning kuch-qudratini yanada oshirishga qaratilgandir. Prezident I. A. Karimov Oliy Majlis Qonunchilik palatasining birinchi
62

Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
yig‘ilishida, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning qo‘shma yig‘ilishida so‘zlagan nutqida qonunchilik hokimiyatini yanada takomillashtirish yuzasidan bildirgan fikrlari jamiyatimiz va fuqarolarimizning siyosiy-huquqiy madaniyatini yuksaltirishda nazariy-metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi2.



Yüklə 383,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin