IqTISODIY MADANIYAT
Bozor munosabatlarini tarkib toptirish sharoitida iqtisodiy bilimlar, e’tiqodlar, fikrlash tarzi bilan faol ishlab chiqarish, iqtisodiy faoliyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik muhim omil hisoblanadi. Bu narsa iqtisodiy madaniyat tushunchasida o‘z ifodasini topadi.
Iqtisodiy madaniyatning mazmuni va tarkibini yoritish iqtisod bilan madaniyat o‘rtasidagi munosabat masalasini qarab chiqishni taqozo etadi. Bu ijtimoiy hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlik ikki yoqlama, ya’ni bir-biriga o‘zaro ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga egadir.
Bir qarashda milliy daromad bilan kishilarning ma’naviy qadriyatlari o‘rtasida bevosita aloqadorlik yo‘qday tuyuladi. Biroq madaniyatning ijtimoiy hayotda tutadigan o‘rni jihatidan fikr yuritadigan bo‘lsak, bu aloqadorlikni yaqqol ko‘rishimiz mumkin.
Madaniyat nafaqat hozirgi zamon kishilari va ijtimoiy tuzum tomonidan yaratilgan qadriyatlar va me’yorlar, balki shu bilan birga, uzoq vaqt davomida xalq tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar natijasi hamdir. Madaniyat o‘zigacha bo‘lgan qadriyatlardan bugun uchun foydali va kerakli bo‘lganlarini tanlab oladi, ularni jamiyatda yuz berayotgan mohiyatli o‘zgarishlar negizida yangilaydi, mazmunan boyitadi.
Odatda, madaniyatni jamiyatning xotirasi, deb ataydilar. Buning ma’nosi shuki, madaniyat bugungi iqtisodiyot (xizmatchilar, ishchilar, iqtisodiy tuzilmalar, munosabatlar va shunga o‘xshashlar)ni mamlakat o‘tmishida qo‘lga kiritilgan taraqqiyot mezonlari bilan bog‘laydi, o‘tmish tajribalarini amaliy faoliyat tarkibiga olib kiradi. Chunonchi, madaniyat tizimida hunarmandlarning ilg‘or an’analari saqlab qolinadi, shuningdek, madaniyat orqali muayyan jamoalar, iqtisodiy jihatdan baquvvat ijtimoiy qatlamlar o‘rtasidagi barqaror munosabatlar, o‘zaro iqtisodiy hamkorlik, rasmiy qog‘ozlar va ko‘rsatmalarga nisbatan an’anaviy hurmat ruhidagi munosabatlar targ‘ib qilinadi.
Ko‘rinadiki, madaniyatning iqtisodga, demakki, iqtisodiy madaniyatning jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlariga ko‘rsatadigan ta’siri juda rang- barang va sermazmundir. Afsuski, yaqin o‘tmishda kommunistik mafkura
1 A. Zohidov. Milliy mafkura: dastlabki saboqlar. //Muloqot, 1991, 12-son, 28-b.
63
madaniyatshunOslik asOslaRi
ta’sirida har ikkala ijtimoiy (ham iqtisod, ham madaniyat) tuzilma siyosatning qurboni bo‘ldi. Iqtisodiy madaniyatning moddiy asosi va mohiyatini ishlab chiqarish vositalariga ijtimoiy egalik belgilab berdi, shaxs manfaatlari jamoa manfaatiga butunlay bo‘ysundirildi, mehnatga haq to‘lashda boqimandalik mafkurasi asos qilib olindi, oqibatda, shaxsning iqtisodiy tashabbuskorligi barham topa boshladi. Bu esa erkin ijodiy tafakkur bilan iqtisodiy faoliyat o‘rtasidagi birlikka putur yetkazdi, rasmiy buyruqbozlik manfaatlari ustuvorlik qildi.
Mustaqillik tufayli iqtisodiy madaniyatning mazmuni va mohiyatida tubdan o‘zgarish yuz berdi. I. A. Karimov yozgan ediki, «mulkchilik, ishlab chiqarish munosabatlari, ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish omillari, boshqarishni bozor va rejali tartibga solish mexanizmlari, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifasi va ijtimoiy yo‘naltirilgan faoliyat kabi boshqa tushunchalar umuman yangi mazmun kasb etmoqda»1.
Milliy istiqlol jamiyat iqtisodiy madaniyatiga yangicha muhit baxsh etdi, uning mafkuraviy va siyosiy, g‘oyaviy va partiyaviy tazyiqlariga barham berdi, iqtisodning siyosatdan ustuvorligi, qonun oldida barchaning bab-baravarligi, davlatning iqtisodiy sohada bosh islohotchi ekanligi, ijtimoiy muhofaza tamoyillari, yangi jamiyatga bosqichma-bosqich o‘tish mezonlari, jamiyat va shaxs, shaxs va davlat munosabatlari yangicha asosga qo‘yildi, bular esa iqtisodiy madaniyatning yangicha yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Ko‘rinadiki, o‘zbek jamiyatida yangicha iqtisodiy madaniyat tarkib topishi va rivojlanishi uchun real shart-sharoitlar yuzaga keldi. Biroq bu imkoniyatning voqelikka aylanishida sub’ektiv omillarning o‘ziga yarasha o‘rni borligi tabiiy bir hol. Buning uchun «kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o‘zgartirish, har bir kishiga o‘z mehnatini sarflash sohasi va shakllarini mustaqil belgilash imkonini berish»1 hamda ularni amalda qo‘llash qobiliyatlarini tarkib toptirish, uni o‘z faoliyati negiziga qo‘ya bilish malakalarini tarbiyalash talab qilinadi.
Iqtisodni sog‘lomlashtirish faqat iqtisodiy madaniyatni sog‘lomlashtirish va rivoj toptirish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Shu sababli siyosat va mafkuraning tazyiqiga, madaniyatdagi konservatizm tendensiyalariga, xizmatchilar ruhiyatidagi mutelik asoratlariga, hokimiyatga sajda qilishlik kayfiyati kabilarga barham berish, fuqarolik va, ayni vaqtda, xo‘jayinlik tuyg‘usini shakllantirish va mustahkamlash iqtisodiy madaniyatni sog‘lomlashtirishning negiziga aylandi. Nafaqat ma’naviy-axloqiy sohada, balki iqtisodiy faoliyatda
1 Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T.: «O‘zbekiston», 2000, 20, 43-b.
64
Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
ham «insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi»2 — yangi iqtisodiy madaniyat shakllanishining mazmuni ana shundan iboratdir.
Iqtisodiy madaniyatning mohiyati, mazmuni va vazifalarini aniqlab olish nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy madaniyat deyilganda kishilarning iqtisodiy bilimlari, e’tiqodlari va amaliy faoliyatlari, ularning o‘zaro yaxlit tarzda ro‘yobga chiqishi tushuniladi.
Iqtisodiy madaniyatning sohibi inson bo‘lib, u o‘z iqtisodiy faoliyati orqali iqtisodiy munosabatlar doirasiga kiradi. Iqtisodiy madaniyat tarkiban quyidagilardan ilorat: iqtisodiy ong, iqtisodiy faoliyat va iqtisodiy munosabatlar.
Iqtisodiy ong tushunchasi keng ma’noga ega bo‘lib, avvalambor, kishilarning ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonidagi o‘z o‘rinlarini anglab yetishlarini bildiradi. Iqtisodiy ong ratsional bilimlarni, emotsional tuyg‘ularni o‘zida ifoda etadi. hozirgi zamon ishlab chiqarish jarayoni, iqtisodiy munosabatlar kishilardan o‘z bilim va malakalarini to‘xtovsiz rivojlantirib, boyitib borishni taqozo qiladi.
Iqtisodiy ongning muhim elementi e’tiqod hisoblanadi. Rivojlangan iqtisodiy ong, iqtisodiy bilimlarning muayyan darajasi o‘z-o‘zicha, mexanik tarzda ijodiy faoliyatga olib kelmaydi. Faoliyat ko‘rsatishdan oldin inson o‘z maqsadlarini aniqlab oladi: maqsad iqtisodiy manfaat, ehtiyoj va tajribalar bilan muvofiq kelmog‘i kerak. Iqtisodiy bilimlarni baholash, ularni amaliyotda qo‘llash, ya’ni bilimlar, manfaatlar, ehtiyojlar va tajribalar asosida faoliyat ko‘rsatishning murakkab jarayoni amal qiladi. Buni anglab yetish jarayonida kishilar ongida muayyan tushunchalar to‘planadi va tarkib topadi, bu esa faoliyatda sotsial yo‘l-yo‘riq, maqsadlarda esa aniq namoyon bo‘ladi. Maqsad insonning ma’lum yo‘nalishda, ma’lum vaziyatda muayyan usul bilan harakat qilishga tayyor turishini bildiradi.
e’tiqod islohotlar tufayli amalga oshirilayotgan siyosatni anglab yetishni, uni harakatga keltiradigan mayl, ishtiyoqni o‘z ichiga oladi. e’tiqod inson faoliyatining izchil, mantiqiy, maqsadga muvofiq ravishda ro‘yobga chiqishini ta’minlaydi.
Iqtisodiy madaniyatda bilim va iqtisodiy qarashlarning o‘rni haqida gap ketganda, iqtisodiy mafkura tushunchasi kelib chiqadi. Iqtisodiy mafkura iqtisodiy nazariya va iqtisodiy dasturni o‘z ichiga olib, iqtisodiy munosabatlarning siyosiy madaniyat va huquqiy ongga ta’sir etishida muhim omil hisoblanadi. Iqtisodiy mafkura, umuman, mafkuraning tarkibiy qismi sifatida iqtisodiy hayotni tashkil etish, iqtisodni boshqarish, iqtisodiy
1 I. A. Karimov. hozirgi bosqichda demokratik islohotlarni chuqurlashtirishning muhim vazifalari. // Xalq so‘zi, 1996, 30 avgust.
5— Zakaz 23 65
madaniyatshunOslik asOslaRi
munosabatlar haqidagi qarashlar tizimidan iboratdir. Iqtisodiy mafkuraning negizida inson, jamiyat, sinf va tabaqalarning o‘z iqtisodiy manfaatlarini anglab yetishini ifodalaydigan g‘oyalar va qarashlar majmuasi yotadi.
Iqtisodiy faoliyat iqtisodiy madaniyatning muhim komponenti bo‘lib, u
«tirikchilikni ta’minlash usuli, uning vositalari majmuidir». Uning tarkibiga, eng avvalo, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish kiradi, chunki bu narsa faoliyat uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lib, nafaqat mehnatni, balki mehnat mahsulini o‘zlashtirishni ham o‘z ichiga oladi. Inson iqtisodiy faoliyatning sub’ekti hisoblanadi. Iqtisodiy faoliyatdan ma’lum maqsad kutiladi, u ham bo‘lsa, hayotiy ehtiyojlarni qondirishdir. Uning aniq shakli xo‘jalik yuritish bo‘lib, uning asosida mehnat yotadi1.
har qanday iqtisodiy fikr, har qanday yuksak ong faoliyatda o‘z ifodasini topa olsagina iqtisodiy madaniyat hodisasiga aylanishi mumkin. Shu sababli ilg‘or iqtisodiy tafakkur va ong insonning xatti-harakatlarida, iqtisodiy xulqi va odobida yuzaga chiqishi zarur.
Iqtisodiy odob — bu insonning iqtisodiy faoliyati jarayonida amalga oshiriladigan izchil ma’naviy-axloqiy xatti-harakatlari majmuidir. Iqtisodiy faoliyatning mazmunini anglash ijtimoiy-iqtisodiy odobning mohiyatini tushunishga yordam beradi. Chunonchi, korporativ etika degan tushunchani olib ko‘raylik. U ma’lum korporatsiyaga tegishli, uning barcha a’zolari uchun majburiy bo‘lgan xulq qoidalarini ifoda etadi.
Faoliyat maqsad, vosita, jarayon va uning natijalaridan tashkil topadi. Iqtisodiy tafakkur bilan iqtisodiy ong muayyan iqtisodiy odobning mayli va maqsadi hisoblanadi. Bunda kishilar o‘z xatti-harakatlarida muayyan bilimlarga, iqtisodiy voqelikni tahlil qilishga, xo‘jalik tajribalari, iqtisodiy bilimlar tarixiga hamda, ilg‘or amaliyotga suyanadilar. Iqtisodiy ong shu ma’noda faoliyatning fikriy obrazidir.
Iqtisodiy madaniyat tarkibida iqtisodiy munosabatlar alohida o‘rin tutadi. Ular obyektiv yo‘singa ega bo‘lib, umuman madaniyat, xususan, iqtisodiy madaniyatning moddiy negizini tashkil etadi, ijtimoiy, shu jumladan, iqtisodiy ongni belgilaydi, ularda o‘z ifodasini topadi.
Iqtisodiy munosabatlarning mohiyati ishlab chiqarish darajasinigina emas, balki mulkchilik, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol muammolari, demakki, mulk, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol bilan bog‘liq ravishda tarkib topadigan munosabatlarni aks ettiradi. Iqtisodiy munosabatlar, sodda qilib aytganda, mulkka asoslanib amal qiladigan munosabatlardir. Ular nafaqat moddiy, balki butun nomoddiy sohalarning ham zaruriy unsuri sifatida iqtisodiy faoliyat
1 I. A. Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida. 172-b.
66
Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
jarayonida yuzaga keladi, rivojlanadi, oqibat-natijada jamiyat iqtisodiy mada- niyatining xarakterini belgilaydi.
Shuni aytish kerakki, kishilarning jamiyat iqtisodiy hayotining turli sohalarida maqsadga muvofiq ijodiy faoliyati, sifat jihatidan yangi natijalarga erishuvi iqtisodiy madaniyatning mazmunini tashkil etadi.
Jamiyat iqtisodiy madaniyati shaxs iqtisodiy madaniyati tushunchasi bilan uzviy bog‘liqdir. Shaxsning iqtisodiy madaniyati uning o‘z-o‘zini kamol toptirishini ifoda etib, nafaqat madaniyat qadriyatlarini yaratish, boyitish va iste’mol qilish darajasini, balki bu jarayonda o‘z erkinligini yanada yuqori, yangicha bosqichga ko‘tarishni ta’minlaydi.
Shaxs iqtisodiy madaniyatining ahamiyati shundaki, u mehnat faolligini, uning oqilona ehtiyojlari va manfaatlarini, ularni harakatga keltiradigan mexanizmlarni tarkib toptiradi, oqibat-natijada iqtisodiy voqelikni qayta qurish va mukammallashtirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mehnat faolligida iqtisodiy madaniyatning ideal, ijtimoiy burch, e’tiqod, zaruriyat, mas’uliyat, iste’mol singari komponentlari aks etadi. Ijodkorlik bu yerda alohida rol o‘ynaydi.
Shaxsning iqtisodiy madaniyati iqtisodiy bilimlar, e’tiqodlar va amaliy xatti- harakatlarning birligidir. U tarkiban o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
iqtisodiy bilimlarning muayyan darajasi (iqtisodiy bilimlar, ma’lumotlar, tasavvurlar yig‘ilmasi);
iqtisodiy bilimlarni amalda qo‘llay bilish qobiliyatlari (yuksak onglilik, xo‘jalik yuritishga qobiliyat, tashkilotchilik, ishbilarmonlik, tadbirkorlik va h.
k. ).
Iqtisodiy madaniyat quyidagi funksiyalarni bajaradi:
bilish funksiyasi. Bu funksiya iqtisod fanlarining holati, fan asoslarini tajribaga tadbiq etishning usul va yo‘llarini bilib olishga asoslanadi. hozirgi zamon iqtisodiy voqeligini bilish iqtisodiy qonunlarni egallash, iqtisodiy hodisalar mohiyatiga chuqur kirib borish jarayonini chuqurlashtirishni nazarda tutadi. Iqtisodiy madaniyatni egallash orqali inson iqtisodiy hayot, jamiyatdagi yangiliklarni kashf etish, iqtisodiy munosabatlar tizimidagi uyg‘unlikni anglab yetishi mumkin.
dunyoqarash funksiyasi. Dunyoqarash bir qancha ma’naviy-ruhiy qatlamlarni o‘z ichiga oladi. Ularning asosiylaridan biri iqtisodiy dunyoqarash bo‘lib, u iqtisodiy g‘oyalar, qarashlar, tasavvurlar tizimidan iborat. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida kishilarning dunyoqarashini tarbiyalash islohotlarni amalga oshirishning muhim ma’naviy omili hisoblanadi. holbuki,
«zarur shart-sharoitni yaratmay turib, odamlarni jiddiy o‘zgarishlarga ruhan tayyorlamay turib, bozor munosabatlarining belgilarini o‘ta jadallik bilan, sun’iy ravishda o‘tkazish kutilgan natijalarni bermasligi u yoqda tursin, hatto bozor 67
madaniyatshunOslik asOslaRi
iqtisodiyotini qurish g‘oyasiga putur etkazadi»1.
tarbiyaviy funksiya. Bu funksiyaning ahamiyati shundaki, iqtisodiy madaniyatni egallash, uni e’tiqodga aylantirish inson faoliyatining muhim omili hisoblanadi. Bilimlarning e’tiqodga aylanishidagi bosh harakatlantiruvchi kuch — bu ehtiyojlar va manfaatlar bo‘lib, ular «kishilarning yashashi, mehnat qilishi va ma’lum iqtisodiy mavqega ega bo‘lishi uchun iste’mol etilishi zarur mahsulotlar va xizmatlar majmui»ni ifodalaydi1.
Iqtisodiy e’tiqod kishilarning iqtisodiy faoliyatga nisbatan bo‘lgan munosabatini bildiradi. Bilimlar insonlar tomonidan aql-idrok va yurakdan o‘zlashtirilgan taqdirda e’tiqodga aylanadi. Iqtisodiy madaniyat bu jarayonda katta ahamiyat kasb etadi.
amaliy funksiya. Buni, odatda, ishlab chiqarish funksiyasi deb ham yuritiladi. Iqtisodiy madaniyat ma’naviy va amaliy ta’sir ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lib, u kishining xatti-harakatlariga, xulqiga chuqur ta’sir o‘tkazadi, insonning ijtimoiy faolligini oshiradi, to‘g‘rirog‘i, mehnatga, jamoa bilan munosabatni uyg‘unlashtirishga, moddiy manfaatdorlikni har tomonlama asoslashga da’vat etadi. Iqtisodiy madaniyat konkret tashkiliy malaka va qobiliyatlarni o‘stiradi, xo‘jalik yuritishda hamma vaqt omilkorlikni, uning barcha zahiralarini ishga solish qobiliyatlarini oshiradi.
Prezidentimiz I. A. Karimov davlat qurilishi va iqtisodiy rivojlanishning ma’naviy kamolot, yuksak axloqiylik bilan uyg‘un bo‘lishi haqidagi konsepsiyani ilgari surar ekan, bunda iqtisodiy madaniyatni tarkib toptirish muhim omil hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |