Madaniyatshunoslik asoslari (M.Abdullayev, E.Umarov va b.)-конвертирован
MADANIYATShUNOSLIKNING BAhS MAVZUI VA VAZIFALARI
4
har bir fan o‘zi ilmiy tadqiq etadigan muammolar sohasiga egadir, binobarin, fan mavzuini aniqlash u o‘rganadigan faoliyat doiralarini, uning o‘ziga xos tomonlarini belgilab olish demakdir. Shunday ekan, fan o‘z maqsadi, muammolari, manfaatlari sohasini, tajribasi, tekshirish usullari, asosiy nazariy va amaliy masalalarini aniq belgilab olib, shular asosida olam, uning hodisalari, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqa va munosabatlarni qarab chiqadi, ularni o‘zining bahs mavzui va tekshirishlari doirasiga olib kiradi.
Madaniyatshunoslik jamiyat ma’naviy taraqqiyotining umumiy qonunlari, ularni harakatga keltiruvchi kuchlar, insonning madaniy-tarixiy jarayonda hamda madaniyat sohasida tutgan o‘rni haqidagi fandir. Madaniyatshunoslikning bahs mavzui (predmeti) quyidagi masalalarni o‘z ichiga oladi:
madaniyatning mohiyati, mazmuni, tuzilishi, asosiy funksiyalari;
madaniyatning tarixiy taraqqiyot qonunlari, madaniy vorislik jarayonlari, madaniy merosdan foydalanish tamoyillari;
madaniyatning milliy-etnik o‘ziga xosligi, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solishda, uyg‘unlashtirishda madaniy aloqalar hamda umuminsoniy qadriyatlarning ahamiyati;
shaxsning ma’naviy shakllanishi va kamol topishida, insoniy munosabatlarni oliyjanoblashtirishda madaniyatning o‘rni.
har bir fanga izoh berilganda, odatda, unga bilimlar tizimi ekanligidan kelib chiqib yondashiladi. Fan haqiqatlar, dalillar, kuzatishlar, g‘oyalarning oddiy yig‘indisi emas, balki jamiyat va insoniyat amaliy faoliyati jarayonida to‘plangan, sinovdan o‘tgan bilimlar tizimidir.
Shu nuqtai nazardan, madaniyatshunoslikni quyidagicha tavsiflash mumkin:
birinchidan, madaniyatshunoslikda har bir masala boshqa ma’naviy va moddiy ahamiyatga molik muammolar bilan mantiqan bog‘lanib, bir butun tizimning tarkibiy qismi sifatida olib qaraladi;
ikkinchidan, madaniyatshunoslik ma’naviy hodisalarning umumiy jihatlarini nazariy xulosalaydi, ilmiy konsepsiyalar yaratadi, shu negizda konkret hodisalarga yondashadi;
uchinchidan, madaniyatshunoslik tizim sifatida butunni tashkil etadigan bo‘laklar yaxlitligidan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, madaniyatshunoslik madaniyatni o‘rganganda uni jamiyat hayotining boshqa sohalari doirasida olib tekshiradi;
to‘rtinchidan, madaniyatshunoslik muayyan monizm, ya’ni yaxlit bir nazariy asosga suyanadi va shu nuqtai nazardan madaniyat hodisalarini tekshiradi. Madaniyatni qadriyat deb hisoblash va shu yo‘l bilan fikr yuritish madaniyatshunoslikdagi monizmning bir ko‘rinishidir. Buni boshqa fanlar sohasida ham ko‘rsa bo‘ladi. Chunonchi, D. I. Mendeleyev ana shu tartibdagi
5
madaniyatshunOslik asOslaRi
monizmga suyanib turib, o‘ziga qadar bo‘lgan bilimlarni bir tizimga solganligi ma’lum.
— beshinchidan, insonning olamni ma’naviy o‘zlashtirishi, madaniy faoliyat ko‘rsatishi rang-barang va cheksizdir. Shunga ko‘ra, madaniyatshunoslik muntazam tarzda yangidan-yangi dalillarni, voqea-hodisalarni tahlil etadi. Binobarin, ma’naviy-madaniy taraqqiyot sari insoniyat tomonidan olg‘a qo‘yilgan har bir qadam ayni madaniyatshunoslik uchun ham kashfiyotdir.
Fan uchun dalil havodek zarur bo‘lganidek, fikr ham uning qanoti hisoblanadi. Bu sohada samaraga erishmoq uchun, bir tomondan, dalillarni obyektiv tarzda idrok etish lozim, bu esa madaniyatshunoslikda konkret va umumiy tasavvurlar hosil qilishga imkon beradi. Boshqa tomondan, bu hodisalar to‘g‘risida ayni nazariy, mavhum fikr yuritish ham talab qilinadi. Madaniyatshunoslik fan sifatida qonunlar, kategoriyalar, umumiy tushunchalar tizimidir.
Madaniyatshunoslik falsafiy yo‘sindagi fan bo‘lganligi bois muayyan g‘oyaviy asosga tayanib ish ko‘radi, bunday yondashuv ijtimoiy fikrlar tarixida turlicha qarashlarning mohiyatini belgilashda muhim rol o‘ynagan. Olamning madaniy manzarasi haqida fikr yuritganda madaniyat to‘g‘risida vujudga kelgan qarashlarning bir qismida u, ya’ni, «madaniyat» «olam ruhi», «ilohiyotning zuhur etilishi», yoinki, «shaxsiy kechinma natijasi», deb talqin etilgan. Madaniyat mutlaq ruh taraqqiyoti, yoinki, madaniyat hodisalarini yaratadigan subyekt — ijodkorning sof ma’naviy olamidan boshqa narsa emas, deb baholanadi.
Moddiy reallikni asos qilib oladigan dunyoqarash esa insonning tashqi olamga, tabiatga bo‘ladigan ma’naviy-amaliy faoliyati obyektiv zaruriyat, yuzaga keladigan qadriyat esa kishilarning real ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi, degan fikrni ilgari suradi. Bunday dunyoqarash madaniy faoliyat ko‘rsatishning obyekti — rang-barang olamdir, degan tushuntirish usuliga suyanadi. Insoniyat taraqqiyoti uchun ahamiyatli hodisalarni e’tirof etish madaniyatshunoslik sohasidagi ilmiy konsepsiyaning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Madaniyatshunoslik fanida uning ilmiy tushunchalari — kategoriyalari to‘g‘risidagi masala alohida o‘rin tutadi. Binobarin, har bir fan o‘zi tadqiq etadigan obyektni ilmiy-mantiqiy jihatdan asoslashda muayyan kategoriya va tushunchalarni ishlab chiqadi va ularga suyanib ish ko‘radi. Madaniyatshunoslik fan sifatida shakllanar ekan, falsafa va boshqa fanlarning «madaniyat», «ijodiy faoliyat», «san’at» singari kategoriyalaridan samarali foydalanib keladi. Ayni vaqtda, uning o‘ziga xos kategoriyalari ham tarkib topgan. Ular sirasiga keng ma’noda «madaniy qadriyat», «madaniy-tarixiy jarayon», «ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish», «ma’naviy ravnaq», «madaniyat subyekti va obyekti», «mada- niy dalil», «madaniy meros», «madaniylik darajasi», «madaniy vorislik» va boshqalarni kiritish mumkin.
Madaniyatshunoslik kategoriyala6ri va tushunchalari mazmunan inson
madaniyatshunOslikning bahs mavzui va vaziFalaRi
tomonidan madaniyat mahsulotlarini yaratish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish bilan uzviy bog‘liqdir. Ular tarixan turli davrlarda amalga oshirilgan faoliyatning asosiy xususiyatlarini, shuningdek, har bir ijtimoiy tuzumda bu sohada yuzaga kelgan yangiliklarni, o‘zgarishlarni o‘zida ifoda etadi.
Madaniyatshunoslik ilmiy uslub (metod)lardan keng foydalanadi. Madaniyatshunoslikning ilmiy uslubi shu sohada erishilgan bilimlar bo‘lib, fan rivojlanishi jarayonida ularning yangi ko‘rsatma, yondashuv, yo‘l-yo‘riq va tamoyillarga aylangan majmuidir.
Bu uslubning birinchi jihati shundaki, madaniyatshunoslik sohasida olib boriladigan tadqiqotlar, avvalambor, insonparvarlik g‘oyalariga suyanishi kerak. Bunda o‘rganilayotgan davr (madaniyat)ning o‘ziga xosligi, turli ijtimoiy aloqalar, kishilar xulqi, tafakkuriga xos ziddiyatlarni ko‘rsatish nazarda tutiladi. Bularning barchasi madaniyat to‘g‘risidagi nazariy tasavvurlar doirasida olib qaraladi, tadqiq etiladi.
Madaniyatshunoslik uslubining ikkinchi jihati o‘rganilayotgan madaniyat va uning tushunchalarini boshqa madaniyatlar bilan qiyoslashni taqozo qiladi. Tekshirilayotgan madaniyat kelib chiqishi jihatidan o‘tmish yoki hozirgi kunga tegishli bo‘lishi mumkin. Chunonchi, antik madaniyatni hozirgi zamon bilan, o‘rta asr madaniyati bilan; Renessans madaniyatini antik, o‘rta asr va hozirgi zamon bilan taqqoslash; Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati tarixini Yaqin va O‘rta Sharq yoki ellinizmga solishtirish. Bunday usul qo‘llanilganda, falsafa, mantiq, sotsiologiya, tilshunoslik, psixologiya, tarix va boshqa fan sohalaridagi qarashlardan, ularning «makon», «borliq», «belgi», «shakl», «nusxa», «tizim»,
«ijtimoiy munosabat» kabi tushunchalaridan ijodiy foydalaniladi.
Madaniyatshunoslik uslubining uchinchi jihati madaniyatning ijtimoiy barqarorligi, uning yashovchanligini ta’minlaydigan asosiy qatlamlar, ularning tuzilishi, xususiyatlari va tabiatini tadqiq etadi. Chunonchi, Markaziy Osiyo Uyg‘onish davri madaniyati o‘rganilganda unda tasavvuf, diniy va dunyoviy jihatlar, xalq madaniyati taraqqiyotiga xos ziddiyatlar, ellin yoki arab madaniyatiga munosabat kabi masalalar yoritiladi. Yoki o‘rta asrlar Yevropa madaniyati tahlil etilganda, xristian dunyoqarashi; antik, majusiylik va xristianlik an’analari, urf-odatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar, o‘zaro ta’sirlar; yozma va og‘zaki madaniyat o‘rtasidagi aloqadorlik; antik kolonial va xristian davlatchiligiga xos o‘zaro aloqadorlik, qarama-qarshilik kabi asosiy jihatlar belgilab olinadi. Bunda yetakchi madaniy namunalarni aniqlash qiyoslash hamda umumlashtirishning asosiy sharti qilib olinadi.
Madaniyatshunoslik uslubining to‘rtinchi qatlami tashqi g‘oyaviy-mafkuraviy yo‘nalish va hodisalarning uning strukturasi, shuningdek, madaniy jarayonga ta’sirini tushuntirib berishni ko‘zda tutadi. Darhaqiqat, bid’at, boshboshdoqlik,
7
madaniyatshunOslik asOslaRi
siyosiy zo‘ravonlik, mafkuraviy biqiqlik, milliy mahdudlik, millatparastlik kabi salbiy hodisalar madaniyatga o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi, holbuki, ziddiyatli omillarsiz madaniyat rivojlanmaydi. Shuning uchun madaniyat, madaniy jarayonlarni o‘rganishda masalaning bu jihatini e’tibordan soqit qilish aslo mumkin emas.
Madaniyatshunoslik fanining o‘ziga xos xususiyatlari boshqa ijtimoiy- gumanitar fanlar bilan uni qiyoslash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Gap shundaki, madaniyat muammolari falsafa, etika, estetika, tarix, sotsiologiya, etnografiya, san’atshunoslik, psixologiya kabi o‘nlab fanlar tekshiradigan sohalarning ham ma’lum bir qismini tashkil etadi. Shunday ekan, madaniyatni tadqiq etishda ular o‘rtasidagi o‘ziga xos tomonlar nimadan iboratligini bilib olish, shuningdek, ular bilan madaniyatshunoslik o‘rtasidagi aloqadorlik masalasini ko‘rib chiqish muhimdir.
Madaniyatshunoslik va falsafa. Falsafa madaniyatni o‘rganganda, umuman, madaniy-tarixiy jarayonning mazmuni, muammoning dunyoqarash sohasi, ijtimoiy taraqqiyotda uning tutgan o‘rnini ochishga asosiy e’tiborni qaratadi. Falsafada inson o‘zining madaniy mohiyati bilan namoyon bo‘ladi, falsafa uchun madaniyat inson faoliyati mahsuli va natijasidir. Falsafa voqelikning qaysi bir sohasiga murojaat etmasin, unda hamma vaqt insoniy ma’no va mazmunni ko‘radi, uni madaniyat sohasiga olib kiradi. Falsafa hatto tabiatga murojaat etganda ham uni kimyoviy, biologik yoki fizikaviy emas, balki insoniylik mazmuni, muayyan madaniy qadriyat ekanligi jihatidan olib tekshiradi. Shuning uchun madaniyat falsafiy jihatdan o‘zida insoniy kuch va munosabatlarni gavdalantiradigan predmetli voqelik tarzida namoyon bo‘ladi.
Bu haqda keyingi sahifalarda keng ma’lumot beriladi.
Madaniyatshunoslik va sotsiologiya. Sotsiologiya madaniyatni ijtimoiy borliqning bir bo‘lagi tarzida olib o‘rganadi, jamiyatda madaniyat obyektlarini yaratish, o‘zlashtirish, taqsimlash, ularni boshqalarga yetkazishning konkret shakllari hamda usullari; madaniy hayotning barqaror hamda o‘zgaruvchan jarayonlari, ularning mohiyati va tabiatini belgilaydigan mexanizmlar hamda omillar; konkret ijtimoiy birlik yoki tizimning madaniyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, ular tomonidan madaniyatni o‘zlashtirganlik darajasi kabi muammolarni tadqiq etadi.
Sotsiologiyada madaniyat taraqqiyotining umumijtimoiy qonuniyatlari, jamiyat rivojlanishining muayyan bosqichida turli tabaqalar va sotsial guruhlar madaniy holatining o‘ziga xosligi qarab chiqiladi. Bunda, tabiiyki, quyidagilarga e’tibor beriladi: yaratilgan va foydalanadigan predmetlar, g‘oyalar, tasavvurlar, ustuvor qadriyatlar; jamiyat bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solib turadigan ijtimoiy-madaniy me’yorlar; shu tartibdagi munosabatlarni tashkil etish, yashash qoidalari, usullari va h. k.
8
madaniyatshunOslikning bahs mavzui va vaziFalaRi
Madaniyatshunoslik va adabiyotshunoslik. Ma’lumki, adabiyotshunoslik badiiy adabiyotni ma’naviy madaniyatning konkret ko‘rinishi sifatidagi taraqqiyot qonunlarini tadqiq etadigan ilm sohasidir. Shunday ekan, adabiyotshunoslik bilan madaniyatshunoslik o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikning bo‘lishi tabiiy bir holdir. Madaniyatshunoslikda adabiy asarlar, tasviriy san’at, haykaltaroshlik, badiiy adabiyot asarlari, shuningdek, falsafa, fan kabi yaxlit ko‘rinishdagi qadriyatlar deb e’tirof etiladi. Madaniyatshunoslik muayyan madaniyatning boshqasidan tafovuti, birining boshqasi bilan almashinishi, qaysi struktura ijtimoiy tizim va madaniyatning tabiatini belgilashi, madaniyat barqarormi, madaniyat qanday qilib va qay darajada shakllanadi, degan masalalar bilan qiziqadi. To‘g‘ri, bu muammolar bilan adabiyotshunoslik ham shug‘ullanishi mumkin, lekin adabiyotshunoslik doirasida ular yordamchi masalalar tarzida qarab chiqiladi. Adabiyotshunoslik madaniyatni o‘ziga xos tavsiflaydi, ayni paytda, undan farqli o‘laroq, o‘ziga tegishli metodlarga suyanib ish ko‘rishga ham ehtiyoj sezadi. Bunday holda adabiyotshunoslikda jamiyatdagi sotsial struktura ham, kishilar psixologiyasi ham, til va simvolika xususiyatlari ham o‘z tavsifini topishi mumkin.
Adabiyotshunoslik madaniyatshunoslik nuqtai nazaridan fikr yuritganda voqelikning boshqa gumanitar fanlar qayd etadigan jihatlariga ham e’tibor beradi. Adabiyotshunoslarning vaqti-vaqti bilan sotsiologiya (qadimgi auditoriya va kommunikatsiya vositalari)ga, psixologiya (san’atni idrok etuvchilarning ruhiyatini tahlil qilish)ga, tilshunoslik va semiotika (adabiy til, leksika, ma’no tahlili)ga, dinshunoslik (badiiy asarning g‘oyaviy asoslarini aniqlash)ga murojaat etishlarining boisi shunda.
Bunday tadqiqotlarda asosiy yo‘nalish madaniyatshunoslik yo‘sinida bo‘lib, ilmning boshqa ko‘rinishlariga aloqador tadqiqotlarni bir madaniy muammo atrofida birlashtirib muhokama etish imkoni vujudga keladi. Chunonchi, Markaziy Osiyo uyg‘onish harakatlari davri yoki ma’rifatparvarlik g‘oyalari shakllanishi sharoitida faoliyat ko‘rsatgan kishilarning ruhiyatini, ularning badiiy in’ikosini muayyan diniy yoki dunyoviy madaniyatni yaxlit holda olib tahlil qilmasdan turib aniqlab bo‘lmaydi. Adabiy asarlarning hayoti juda murakkab va ko‘p qirrali bo‘lib, unda ham madaniyat, ham inson ruhiyati, ham uning tili o‘zaro qorishib ketadi. Bu esa madaniyatshunoslik bilan adabiyotshunoslik o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikning barqarorligidan dalolat beradi.
Madaniyatni ilmiy o‘rganish masalalari bilan tarix fani keng shug‘ullanadi, lekin uni tarix xronologik izchillikda, ya’ni paydo bo‘lish va rivojlanish jarayonida olib tekshiradi, jamiyat tarixining boshqa sohalari — iqtisodiy turmush, siyosiy muhit bilan birgalikda o‘rganadi, madaniy hayotning mavqeini tarixan izohlaydi. estetika esa ma’naviy va madaniy borliqni badiiy jarayonlar va estetik ong doirasida olib tahlil etadi.
9
madaniyatshunOslik asOslaRi
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, madaniyatshunoslik bilan boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar o‘rtasidagi aloqalarni bir yoqlama tushunish, faqat madaniyatshunoslikning ularga ta’sirinigina e’tirof etib, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va hamkorlikni e’tibordan soqit qilish ilmiy jihatdan noto‘g‘ri xulosalarga olib kelishi mumkin. holbuki, madaniyatshunoslik fani madaniyat to‘g‘risidagi konkret fanlar — adabiyotshunoslik, kinoshunoslik, tasviriy san’at nazariyasi, fanshunoslik, teatrshunoslik kabi o‘nlab ilmiy sohalar to‘plagan tajribalarga suyanadi, ular negizida mazmunan boyib boradi. Albatta, madaniyatshunoslik mazkur fanlar tomonidan erishilgan yutuqlarning shunchaki, oddiy yig‘indisi emas, balki umummadaniy taraqqiyotning nazariy va falsafiy umumlashmasidir.
Anglashiladiki, falsafa, sotsiologiya, adabiyotshunoslik va boshqa ijtimoiy- gumanitar fanlar madaniyatni yaxlit, bir butun tizim sifatida emas, balki faqat o‘z mavzui va vazifalari doirasida olib tekshirish bilan chegaralanadi. Madaniyatshunoslik, ulardan farqli o‘laroq, madaniyatni yaxlit va har tomonlama o‘rganadi, uni asosiy tekshirish obyekti qilib oladi, tarixiy reallik sifatida qayd etadi, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning ta’sir etish qonuniyatlari negizida uni qarab chiqadi.
hozirgi sharoitda madaniyatni ma’naviy amaliyot yig‘indisi sifatida iqtisodiy tajriba va ijtimoiy-tarixiy jarayon bilan bog‘lab o‘rganishga katta ehtiyoj sezilmoqda. Ayniqsa, uning mohiyatini bilish, ichki tuzilishi, yashab turishi, mavjudlik shakllari, jamiyat hayotining boshqa sohalari rivojlanishiga ta’siri, ayni vaqtda, ularga bog‘liqligi masalalari keng o‘rganilmoqda. O‘zbek madaniyatshunoslik ilmida madaniy meros, ma’naviy qadriyatlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, mustaqillikning ma’naviy-axloqiy asoslarini ta’minlashda bu omillarning mavqeini ilmiy tahlil etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, yaqin o‘tmishda partiyaviylik, sinfiylik, kommunistik mafkuraviylik, shaklan milliy, mazmunan sotsialistik kabi g‘ayriilmiy tamoyillar ta’sirida bir yoqlama o‘rganilgan milliy madaniyatimizni xolisona tahlil etish, milliy istiqlol g‘oyasi nuqtai nazaridan qarab chiqish o‘ta dolzarb masaladir.
Madaniyatshunoslik fan sifatida bilimlar tizimidan iborat bo‘lib, o‘z tuzilishiga ko‘ra madaniyat tarixi va madaniyat nazariyasi tarixini o‘z ichiga oladi.
Madaniyat tarixi madaniyatshunoslikning tarkibiy qismi sifatida madaniyatning paydo bo‘lishi va uning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini maxsus o‘rganadigan sohadir. U ayni tarix fani bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, muayyan xalq tarixini o‘rganishda uni xronologik hamda jamiyat turmushining boshqa sohalari bilan bog‘liq holda tahlil etishga asoslanadi. Madaniyat tarixi asosiy e’tiborni madaniyatning kelib chiqishi va uning tarixiy rivoj topish qonuniyatlari to‘g‘risida konkret xulosalar chiqarishga qaratadi. Bunda madaniyat tarixi
10
madaniyatshunOslikning bahs mavzui va vaziFalaRi
tabiiy-tarixiy jarayon sifatida, har bir jamiyatning konkret madaniyati esa inson faoliyati usullari va natijalarining tarixan shartlanganlik mahsuli tarzida olib qaraladi.
Madaniyat nazariyasi tarixi madaniyat to‘g‘risidagi tasavvurlar, qarash va konsepsiyalarning yuzaga kelishi, rivojlanishi xususida fikr yuritadi. Shubha yo‘qki, madaniyat to‘g‘risidagi fikrlar juda qadimda paydo bo‘lgan, davrlar o‘tishi bilan o‘zgarishlarga duch kelgan, madaniyatning umumiy va asosiy xususiyatlari haqidagi qarashlar yangi tajriba va hodisalarni tadqiq etish negizida yanada boyib borgan.
Ma’lumki, madaniyat deyilganda, dastavval, insonning tabiatga ko‘rsatadigan ta’siri, shuningdek, insonga ta’lim-tarbiya berish tushunilgan. Tarbiya faqat mavjud qonun-qoida va urf-odatlarga ko‘r-ko‘rona rioya qilish qobiliyatini rivojlantirishdangina iborat bo‘lib qolmasdan, balki shu bilan birga, ularga rioya qilish istagini rag‘batlantirishni ham o‘z ichiga olishi kerak, deb e’tirof etilgan. Madaniyatni ikki yoqlama bunday tushunish har qanday jamiyatga xos xususiyat hisoblanadi. Chunonchi, qadimgi yunonlar «tarbiya ko‘rgan («paydey»)liklari» bilan «madaniyatsiz» varvarlardan o‘zlarini ustun qo‘yganlar, Qadimgi Rimda esa «madaniyat» tushunchasi shahar turmush tarzini bildirgan.
Antik zamon mutafakkirlari fikricha, madaniyat inson faoliyati bilan bog‘langan. Madaniyat eng umumiy malakalar, layoqatlar, bilimlarning ifodasi, shaxsning yuksak ijtimoiy tajribaga ega bo‘lishi uning madaniyatni egallash darajasini bildiradi, degan mulohazalar tarqalgan. Qadimgi yunon mutafakkiri Demokritning fikricha, inson madaniyatning ijodkori bo‘lib, uni o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida va tabiatga taqlid qilib yuzaga keltirgan1. O‘rta asr Sharq ijtimoiy tafakkurining yirik namoyandalari — Forobiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqalar ham madaniyat to‘g‘risida o‘zlarning chuqur fikr-mulohazalarini meros qilib qoldirganlar. Forobiyning fikricha, har bir inson yetuklik sari intiladi, bunday fazilatga esa faqat shahar jamoasi orqali erishishi mumkin. «Madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) shunday bo‘ladiki, — deydi u,
— shu mamlakatning aholisidan bo‘lgan har bir odam kasb-hunarda ozod, hamma bab-barobar bo‘ladi, kishilar o‘rtasida farq bo‘lmaydi, har kim o‘zi istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug‘ullanadi. Odamlar chin ma’nosi bilan ozod bo‘ladilar»2.
Alisher Navoiy yetuk axloq va adolatli jamiyat, jamoa masalalarini qayd etish bilan birga, insonparvarlik ideallariga muvofiqlashish orqali ma’naviy va madaniy yuksaklikka erishish mumkinligini, bu narsa insoniylik mezoni ekanligini alohida ta’kidlaydi.
Yevropa ma’rifatparvarlik davri ingliz faylasufi F. Bekon ham shunday fikrni ilgari surib, madaniyat inson faoliyatining erkinligidir, degan edi. Uning fikricha, kimki o‘z ishining ustasi bo‘lsa, erkinlik11bilan o‘z maqsadlariga erisha oladi, har
madaniyatshunOslik asOslaRi
bir omilkor usta — o‘z ijodining shohidir3.
Demak, har bir tarixiy davrda ma’naviy ehtiyojlarni qondirish zaruriyatidan madaniyat to‘g‘risidagi qarashlar kelib chiqqan, madaniyat turlicha talqin qilingan. Nima bo‘lganda ham, madaniyatni turli-tuman tarzda tavsiflash hamma zamonda amal qilgan, oqibat-natijada, rang-barang konsepsiya va nazariyalar yuzaga kelgan.
Shunday qilib, madaniyatshunoslik madaniyatning mohiyat-mazmuni, shakllari, o‘zgarishlari va rivojlanishi, insoniyat ma’naviyatining o‘ziga xosligi, madaniyatning falsafiy-tarixiy tahlili, madaniy jarayonlar va ma’naviy oqimlar taraqqiyoti qonunlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, madaniyatshunoslik fanining mazmun- mohiyati va vazifalarini belgilab olish mumkin. Madaniyatshunoslik mazmunan bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq quyidagi asosiy qismlardan tashkil topadi:
madaniyatning nazariy-metodologik muammolari;
jahon madaniyati taraqqiyotining asosiy bosqichlari;
Vatan madaniyatining tarixiy taraqqiyoti.
Madaniyatshunoslikning mazmun-mohiyati shunday tartibda qarab chiqilganda, uning nazariy-falsafiy masalalari ham, umuminsoniy va milliy qadriyatlar o‘rtasidagi umumiy va xususiy jihatlari ham o‘zaro bog‘lanadi, jahon va Vatan madaniyati taraqqiyotining obyektiv qonuniyatlarini yoritish ilmiy-falsafiy jihatdan o‘zini oqlaydi.
Bunday yondashuv, ayni vaqtda, O‘zbekistonda jamiyatni yangilash va rivojlantirishning o‘ziga xos ma’naviy-axloqiy asoslaridan bo‘lmish — vatanparvarlik, umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, madaniy merosni mustahkamlash va rivojlantirish singari xislatlarni, shuningdek, insonning o‘z ijodiy imkoniyatlarini erkin namoyon qilish hamda yuksaltirish vazifalarini to‘la aks ettiradi.
Ilmiy-falsafiy hamda nazariy muammolarni yoritish jarayonida madaniyatshunoslikning asosiy funksiyalari namoyon bo‘ladi:
Birinchidan, mazkur fan madaniyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini ilmiy jihatdan yorita borib, gnoseologik funksiyani bajaradi. Bunda madaniyat to‘g‘risida ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy qarashlar, konsepsiyalar, yangidan-yangi adabiyotlar, yangi yo‘nalishlar aniqlanadi, ularning mohiyati asoslanadi. Shu bilan madaniyatga, madaniy faoliyat masalasiga turlicha qarashlarning xususiyatlari, mafkuraviy-g‘oyaviy negizlari aniqlanadi va ularni o‘rganishning yangicha usullari vujudga keladi.
1 Qaralsin: Ââåäåíèå â êóëüòóðîëîãèþ. — Ì . : « Âëàäîñ», 1996 , Ñ. 6
2Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. — T.: «Xalq merosi», 1993, 190-b.
3 Yangi va eng yangi davr G‘arbiy Yevropa falsafasi. — T.: «Sharq», 2002, 12-b.
12
madaniyatshunOslikning bahs mavzui va vaziFalaRi
Ikkinchidan, madaniyatshunoslik tarbiyaviy funksiyani bajaradi. Odatda,
«madaniyatli kishi» to‘g‘risidagi tasavvurlarimiz insonga xos turmush va kiyinish madaniyati, muomala madaniyati, an’analarni o‘zlashtirish, san’at va adabiyotning mohiyatini tushunish, uning axloqiy-estetik salohiyatini chuqur idrok etish kabi sifatlar bilan izohlanadi. O‘z xalqining va o‘zga xalqlarning madaniy qadriyatlarini bilish, o‘zlashtirish, hurmatlash qobiliyatini tarbiyalash ham kishilarning madaniyat to‘g‘risidagi tushunchalari bilan uzviy bog‘langanligi ma’lum. Madaniyatshunoslikning tarbiyaviy funksiyasi bu sohadagi muayyan bilimlarning yolg‘iz o‘zi bilan emas, shu bilan birga egallangan nazariy-falsafiy qarashlar, axloqiy-estetik qadriyatlar kishilarning amaliy, kundalik faoliyatida reallikka aylanishini ham nazarda tutadi. Binobarin, madaniyat qoidalarning oddiy yig‘indisi emas, balki faoliyat usuli, moddiy va ma’naviy ne’matlarni vujudga keltirish hamda ularni, o‘zlashtirishgina emas, ayni paytda, ularni yangidan-yangi qadriyatlar bilan yanada boyitish, ularni taqsimlash, avloddan-avlodga etkazish kabi murakkab jarayon hamdir.
Uchinchidan, madaniyatshunoslik har bir insonda ijodiy qobiliyatni rivojlantirishni taqozo etadi. Madaniyatshunoslik bu sohada yangi dalillarni, hodisalarni tavsiflash yoki izohlash bilan cheklanmaydi, ayni vaqtda, ularning mohiyatini aniqlashga, chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Madaniyatni o‘zlashtirish jarayonida insonning ijodkorlik mayllari, qobiliyatlari, ishtiyoqlari tarkib topadi, uning mohiyatli kuchlari rivojlanadi. Bunday ma’naviy salohiyat va imkoniyat jamiyat taraqqiyotining barcha sohalarida faollik va yaratuvchanlik muhitini vujudga keltiradi.
Mustaqil respublikamizda ta’lim va madaniyatni isloh qilish hamda rivojlantirish, aqliy va ma’naviy salohiyatni mustahkamlashga ustuvor yo‘nalishlar sifatida alohida e’tibor berilayotganligi bejiz emas. Binobarin,
«ma’naviy potensialni ildam rivojlantirmay turib, respublikaning chinakam mustaqilligini va ravnaq topishini ta’minlab bo‘lmaydi»1.
Demak, madaniyatshunoslik madaniy-tarixiy jarayonning turli bosqichlarini, madaniyatning ichki taraqqiyot qonunlari va tashqi omillarini ilmiy tushunchalar va kategoriyalar orqali yoritib beradi, ayni vaqtda, madaniy hodisa sifatida uning o‘zi ham muntazam ravishda boyib boradi, madaniyat haqidagi bilimlarni egallash esa insonning mohiyatli kuchlarini bilish, rivojlantirish, takomillashtirish imkonini beradi. Uning ma’rifiy ahamiyati milliy istiqlol g‘oyasining mohiyati va mazmunini tushuntirishdagi muhim nazariy va amaliy funksiyalarida o‘z aksini topadi.