O‘zbekistOn Respublikasi Oliy


MADANIYAT TO‘G‘RISIDA ILMIY-NAZARIY qARAShLAR



Yüklə 383,96 Kb.
səhifə4/18
tarix21.05.2022
ölçüsü383,96 Kb.
#58930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Madaniyatshunoslik asoslari (M.Abdullayev, E.Umarov va b.)-конвертирован

MADANIYAT TO‘G‘RISIDA ILMIY-NAZARIY qARAShLAR


Madaniyatshunoslik madaniyatni ilmiy jihatdan tushuntiradi, uning umumtarixiy mazmuni va ma’nosini belgilab, ijtimoiy-tarixiy bilimlar tizimida tutgan o‘rni va mavqeini asoslaydi.
Madaniyat hodisasini tavsiflashda juda rang-barang izohlarga duch kelishimiz mumkin. Bular madaniyat:

  • inson tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar yig‘in- disi;

27

madaniyatshunOslik asOslaRi

    • sun’iy, ya’ni ikkinchi tabiat;

    • inson faoliyati majmui;

    • faoliyat vositalari yig‘indisi;

    • ijodiy faoliyat;

    • ijodiy faoliyat mahsuli;

    • umuman jamiyat;

    • jamiyatning ma’naviy holati;

    • jamiyatning ma’naviy hayoti;

    • jamiyatning sifati;

    • inson sifatlari;

    • shartli belgilar tizimi yig‘indisi va boshqalar.

Bunday rang-baranglikning sababini madaniyat hodisasining o‘ta serqirraligi, murakkabligi bilan tushuntirish mumkin. Biroq turli-tumanlik, hatto qarama-qarshi yo‘nalishlar bo‘lishiga qaramasdan, ularning barchasi madaniyatni ijtimoiy hodisa deb e’tirof etadi.
Bu murakkabliklar ma’lum ma’noda madaniyat to‘g‘risidagi tasavvurlarning kelib chiqishi bilan bog‘langan deyish mumkin. Avvalo shuni aytish kerakki, madaniyat tushunchasi hamma zamonlar uchun xos bo‘lgan umumtarixiy kategoriyalar sirasiga kiradi. Insoniyat tarixining biron-bir davri yo‘qki, madaniyat tushunchasi unga nisbatan nazariy va amaliy ahamiyat kasb etmagan bo‘lsin.
Kishilar turli davrlarda har xil tarzda hayot kechirganlar. Moddiy hayot sharoitlari ta’sirida ijtimoiy tuzum, ularning ongi va hayot tarzi ham, binobarin, ularning o‘zlari ham o‘zgara borganlar, bu narsa madaniyatda ham o‘zining ifodasini topa borgan. Binobarin, har bir davr, har bir jamiyat nafaqat madaniy meros, an’analar bilan bog‘langan, shu bilan birga, o‘ziga xos mazmun va shaklga ega madaniyatni ham vujudga keltirgan. Shu ma’noda, madaniyat hamisha umuman emas, balki muayyan tarixiy qiyofada namoyon bo‘lgan.
Madaniyatlarning rang-barangligi, ular o‘rtasidagi murakkab o‘zaro aloqadorlik ana shundan kelib chiqadi. Modomiki, «umuman madaniyat mavjud emas ekan, madaniyat to‘g‘risida umumiy tasavvurlar, umumiy tushunchalar qayerdan paydo bo‘ldi?» degan tabiiy savol tug‘ilishi mumkin.
Madaniyatshunoslik ilmida shunday tushunchalar shakllanganki, ularda qayerda va qachon paydo bo‘lishidan qat’iy nazar, har bir madaniyatga xos umumiy xususiyatlar aks etadi, ularsiz biror bir madaniyatning mavjud bo‘lishini tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu bilan birga, madaniyat rivojlanishining har bir bosqichida bunday umumiylik alohidalik shaklida voqe bo‘ladi.
Inson madaniy mohiyat sifatida tashqi, tabiiy kuchlarga tobe bo‘lib bog‘lanib qolmasdan o‘zini holis, erkin his etishi zarur, buningsiz u shaxsiy fazilatlarini kamol toptira olmaydi. Tarixiy taraqqiyot ko‘rsatadiki, kishilar ko‘p hollarda o‘z hayotiga dahldor muhim hodisalarni s2h8axsan o‘zlariga emas, balki faqat tashqi

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
sharoitlarga tegishli deb hisoblaydilar, oqibat natijada ularni ilohiylashtirishga, shuningdek, topinish va sig‘inish predmetiga aylantirishga harakat qiladilar. O‘tmishda yuzaga kelgan mifologik va diniy ibodatlar shunday tobelikni ifodalab, insonning madaniy mohiyat sifatidagi erkinligiga monelik ko‘rsatib kelganligi ma’lum. Shubhasiz, bu narsa insonning tabiat stixiyalaridan to‘la «ajralib chiqa olmaganligi» holatiga ko‘p jihatdan muvofiq kelar edi.
Kundalik turmushda foydalanilayotgan aksariyat narsa-hodisalar kishilarning o‘zlariga bog‘liqligini, ya’ni shaxsiy jismoniy va ma’naviy faoliyati tufayli yuzaga kelganligini, mehnat mahsuli ekanligini asta-sekinlik bilan anglay borish natijasida madaniyat to‘g‘risidagi dastlabki tasavvurlar yuzaga keladi. Chunonchi, yerdan barakali hosil ko‘tarish nafaqat xudoning irodasiga, balki shu bilan birga, insonning yaxshi ishlashiga ham bog‘liq ekanligi to‘g‘risidagi tasavvurlarning shakllanishi tabiatni ilohiylashtirish bilan uni qayta ishlash mumkinligi, ya’ni madaniy faoliyatni amalga oshirish o‘rtasidagi tafovutni bilib olishga yordam beradi.
Inson ijodiy faoliyatining kengayishi va samarasining ortib borishi oqibatida madaniyat sohasiga tegishli narsa-hodisalar tabiat yoki g‘ayritabiiy kuchlar ta’sirida emas, balki tabiiy narsalarni insonning o‘zi tomonidan qayta ishlash, qayta yaratish, takomillashtirish natijasida yuzaga kelganligi to‘g‘risidagi tasavvurlar chuqurlashib boradi. Shunday qilib, madaniyat tushunchasi inson tomonidan yaratilgan, biroq tabiat predmetlaridan tafovut qiladigan narsalar ma’nosini anglata boshlaydi. Shu ma’noda, madaniyatni kashf etish insonning o‘ziga, o‘z mehnat faoliyatiga, o‘zining ijodiy, samarali kuch-qudratiga bog‘liq ekanligini anglashning ifodasidir. Bu narsa nafaqat ma’naviy, balki shu bilan birga, uning moddiy, ijtimoiy, siyosiy faoliyatini ham o‘z ichiga oladi. Bora-bora madaniyat kishilar faoliyatining butun sohalarini ilg‘ab oladigan ijtimoiy hodisa ekanligi to‘g‘risidagi tasavvurlar tarkib topadi. Ko‘rinadiki, madaniyat nihoyatda murakkab va serqirra hodisadir. Fan tarixida madaniyatga turlicha yondashish natijasi o‘laroq, xilma-xil konsepsiyalar, nazariyalar, izohlash usullari tarkib topadi. Ularning ba’zi birlari bilan tanishib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Qadriyat nazariyasi. Bu nazariyaga ko‘ra, madaniyat kishilar tomonidan ijtimoiy-tarixiy amaliyot jarayonida yaratilgan hamda yaratilayotgan moddiy va ma’naviy qadriyatlar yig‘indisidan iboratdir. Madaniyatshunoslik ilmi tarkib topishi jarayonida shakllangan bu nazariya o‘zining bir qator tushuntirish usullarini ishlab chiqqan.
Birinchi usulga ko‘ra, inson mehnatining barcha mahsulotlari, tabiatdan farqli o‘laroq, inson yaratgan barcha narsalar madaniyat tushunchasiga kiradi, natijada «keng ma’nodagi madaniyat» (inson yaratgan barcha narsalar) va
«tor ma’nodagi madaniyat» (asosan, ma’naviy qadriyatlar) tushunchalari kelib chiqqan.
29

madaniyatshunOslik asOslaRi
Ikkinchi usul madaniyat faqat ma’naviy qadriyatlar majmuidan iborat, deb hisoblaydi, moddiy ishlab chiqarish mahsulotlari va inson faoliyatining boshqa sohalardagi natijalarini bu tushunchaga kiritmaydi.
Uchinchi talqin madaniyat tushunchasiga barcha qadriyatlarni emas, inson mehnatining barcha buyumlarini, hatto ma’naviy ishlab chiqarishning barcha mahsulotlarini emas, balki faqatgina ijodiy faoliyat bilan bog‘liq, uning natijasi o‘laroq yuzaga kelgan mahsulotlarni kiritadi.
Bu usullarning har biri madaniyatni o‘rganishda o‘ziga xos maxsus «soha»ni belgilab oladi. Birinchi holatdagi «soha» inson tomonidan yaratilgan va yaratilajak barcha narsalar olami; ikkinchi ko‘rinishda — yolg‘iz ma’naviy qadriyatlar ko‘lami; uchinchi ko‘rinishda — faqat ijodiy faoliyat mahsulotlaridir. Qadriyatlar nazariyasining murakkab tomoni shundaki, unda madaniy faoliyat natijalari hisobga olingan holda, madaniyatning predmetlashmagan jihatlari, ya’ni inson tuyg‘ulari, tabiatga munosabatlari, ijodiy jarayondagi ruhiy holatlariga kam e’tibor beriladi. Shunday bo‘lishiga qaramay, madaniyatshunoslik ilmi tarixida qadriyat nazariyasi ijobiy rol o‘ynagan.
Faoliyat nazariyasi. Bunga ko‘ra, madaniyatning eng muhim elementi qadriyat emas, balki inson faoliyatidir. Madaniyatning yuzaga kelishi va taraqqiyotida inson faoliyati eng muhim omil hisoblanadi, shunga muvofiq inson madaniyat o‘rganadigan predmet sohasining markazida turadi. Bu usulning bir necha ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ularning birinchisi bo‘yicha
«madaniyat» tushunchasi insonning butun faoliyatini qamrab oladi, yoki har qanday insoniy faoliyat madaniy faoliyatdir. Ikkinchisiga ko‘ra, «madaniyat» tushunchasi inson faoliyatining barcha sohasini emas, balki faqat ijodiy sohasini, ya’ni qandaydir yangi, mo‘’jizakor, takrorlanmas narsalarni yaratadigan faoliyatini ifodalaydi. Uchinchisiga muvofiq, «madaniyat» tushunchasiga faoliyatning o‘zi emas, balki faoliyat usullari kiradi.
Bu konsepsiyaning barcha ko‘rinishlari «tabiat-madaniyat» nisbatini belgilaganda, tabiiy bo‘lgan narsa madaniy bo‘la olmaydi, yoki aksincha, degan fikrga asoslanadi. Bu konsepsiya doirasida madaniyat va jamiyatning nisbati muammosini, ularning o‘zaro aloqasini hal etish bir qadar murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Shunday tasavvurlar ham ilgari suriladiki, bularga muvofiq, faoliyatning barcha usullari, ijtimoiy hayotning barcha shakllari madaniyat tushunchasiga kiradi. Tabiiyki, bu tahlitda fikr yuritish jamiyat bilan madaniyatni aynan teng qilib qo‘yadi. Aytish kerakki, faoliyat har doim aniq-ravshan, muayyan tarzda namoyon bo‘ladi va o‘ziga nisbatan ham aynan shunday aniq-ravshan konkret yondashishni taqozo qiladi. Agar insoniy faoliyat bir butun, yaxlit holda madaniyat sifatida tushuntiriladigan bo‘lsa, jamiyatda bu faoliyatga kirmaydigan, undan tashqarida turadigan yana qanday narsa- hodisalar qolishi mumkin? Aftidan, hech narsa. Bundan madaniyat tarixi jamiyat
30

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
tarixiga aylanib ketadi. Keng ma’noda bunday fikr e’tiroz tug‘dirmasligi mumkin, biroq madaniyat tarixi masalasiga oydinlik kiritib, bu to‘g‘rida chuqurroq fikr yuritadigan bo‘lsak, bunday qarashlar turli muammo va chalkash holatlarni keltirib chiqarishi turgan gap.
Demak, madaniyatni talqin etishda faoliyat nazariyasi o‘zining ijodiy jihatlari bo‘lishiga qaramay, murakkabliklarga ham egadir. Real tizim sifatida olib qaraladigan madaniyat nima, uning jamiyat tizimida tutadigan o‘rni qanday? degan savollarga javob berishda u cheklanib qolishi mumkin.
Shaxsiylik nazariyasi. Bu konsepsiyaga muvofiq, madaniyat shaxsga tegishli sifatlar (madaniyat insonni va faqat insonni tavsiflaydigan tushuncha) dan iboratdir. Madaniyatga bunday ta’rif berilganda, u insonga xos shaxsiy belgilar yig‘indisi, degan ma’noni bildiradi. har bir jamiyatda madaniyatning shaxsiy jihatini belgilash va uni tadqiq etish madaniyatshunoslik ilmining muhim tadqiqot mavzui hisoblanadi. Biroq jamiyat madaniyati — bu shaxs madaniyati va hatto har qanday tuzumdagi «shaxsiy madaniyat»ning mexanik yig‘indisidan iborat emas.
Shunday ekan, madaniyatni faqat shaxs sohasi bilan, yolg‘iz shu jihatlarning o‘zi bilan chegaralab fikr yuritish ham nazariy, ham amaliy jihatdan samara bermasligi mumkin. holbuki, jamiyatning madaniy salohiyati yolg‘iz shu (shaxsiylik) bilan cheklanmaydi, uning tarkibi «shaxsdan yuqori turuvchi» madaniy qadriyatlarning gavdalanish shakllarini, ifodalanish sohalarini o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, madaniy tashkilotlar va muassasalarning barchasi ham ana shunday salohiyatga egadir. Shular asosida taraqqiyotning muayyan bosqichida turgan jamiyatning umumiy madaniy salohiyati vujudga keladi. O‘zbek xalqining madaniyati uning fuqarolari madaniyatining shunchaki oddiy yig‘indisi emas, aksincha, u boy madaniy meros, uni o‘zlashtirish, taqsimlash usullari, shularni amalga oshiradigan tashkilot va muassasalar faoliyatining juda ko‘p jihatlarini ifodalaydigan tizimlardan iboratdir. Shuning uchun madaniyatni tushuntirganda, yolg‘iz «shaxsiy jihatlar» bilan chegaralanib qolish uning mohiyatini to‘la ochib bera olmaydi. Mazkur konsepsiya ilmiy jihatdan yaroqsiz emas, albatta, chunki madaniyat mazmuni haqida so‘z ketganda, uning konkret shaxs «qiyofasi» da gavdalanishi masalasini e’tibordan tashqarida qoldirib bo‘lmaydi.
Ijtimoiylik nazariyasi. Ijtimoiylik yoki ijtimoiy shartlanganlik konsepsiyasiga ko‘ra, madaniyat tarixiy taraqqiyotning ma’lum bosqichida turgan jamiyatning sifatidir. Bu sifat umumiy xususiyatlar yig‘indisi orqali belgilanadi, xususiyatlar yig‘indisi oqibat-natijada jamiyatning madaniy darajasi, «madaniyligi» haqida guvohlik beradi. Biroq madaniyat to‘g‘risidagi umumiy tasavvurlar bilan chegaralanib qolish yetarli emasligi o‘z-o‘zidan ayon. Yolg‘iz shu nuqtai nazardan madaniyatni o‘rganish madaniyatshunoslik ilmi imkoniyatlarini
31

madaniyatshunOslik asOslaRi
toraytiradi, madaniyatning konkret hodisa sifatidagi qiyofasini yaratishga monelik ko‘rsatadi.
Belgilar nazariyasi. Buni shartli belgilar yoki semiotik konsepsiya deb atash mumkin. Bunga ko‘ra, madaniyat «shartli belgilar va shu asosdagi tizimlar yig‘indisi»dan iboratdir. Bu konsepsiya madaniyatshunoslik ilmida u qadar keng tarqalmagan bo‘lsa-da, har holda, uchrab turadi.
Bunday qarashlarning vujudga kelishini hozirgi paytda fan, san’at, siyosat va boshqa sohalarda juda katta axborot oqimi yuz berayotganligi, undan foydalanishda murakkab kommunikativ vositalardan keng foydalanilayotganligi bilan izohlash mumkin, albatta. Bu obyektiv hodisalarning mohiyatiga e’tiborsizlik bilan qaraydigan ba’zi tadqiqotchilar «simvollashtirishning ommaviyligi, tizimiyligi va turg‘unligi sohasidagi insoniy qobiliyatlarni» madaniyatning asosiy belgisi sifatida asos qilib ko‘rsatmoqdalar. Masalan, madaniyatshunos L. Uaytning so‘ziga qaraganda, «madaniyat — bu simvollarga asoslangan buyumlarni va hodisalarni tashkil etishdir, insondan butunlay ajratib olingan til, urf-odat, qurol, e’tiqod va boshqalardir». Garchand madaniyat taraqqiyoti alohida kishilarning xohish-irodasiga bog‘liq bo‘lmasa- da, biroq madaniyat ular orqali yaratiladi, insonlar unga o‘zlarining shaxsiy iste’dod, did va mayllarini singdiradilar. Shu bilan birga, belgi shakllari («simvollar») tufayli amalga oshiriladigan kommunikatsiya natijasida shaxsiy tajriba umumiy tajribaga aylanishi ham mumkin. Boshqacha qilib aytganda, shu tufayli madaniy, moddiy va ma’naviy qadriyatlar to‘planadi, mustahkamlanadi, ayirbosh qilinadi va tarixiy jihatdan qayta ishlanadi hamda avloddan avlodga yetkaziladi.
Shu nuqtai nazardan, madaniyatni e’tirof etadigan belgilar tizimi haqidagi fan — semiotika o‘zini oqlashi mumkin. Biroq bunda madaniyatning semiotik jihati yagona asos qilib olinmasligi maqsadga muvofiqdir. Madaniyatda kommunikativ va simvolik funksiyalar amal qilishi jarayoni haqida gap ketganda esa semiotikadan foydalanish samara berishi mumkin. Madaniyatda belgilar, belgilar tizimining o‘rni va ahamiyati haqidagi masala ilmiy qiziqish uyg‘otishi tabiiy. Biroq, umuman, bu konsepsiya madaniyatni belgilar yig‘indisidan iborat, shu tahlitda fikr yuritish zarur, deb hisoblanar ekan, bu usul masalani soddalashtirib qo‘yishini ham unutmaslik lozim.
Xulosa qilib aytish mumkinki, bu konsepsiya ma’naviy qadriyatlarni yaratish, saqlash, tarqatish va o‘zlashtirish masalasini nazariy jihatdan to‘la hal eta olmaydi. Ilmiy adabiyotlarda qayd etilganidek, belgi — moddiy, hissiy ravishda idrok etiladigan predmet, voqea yoki harakat bo‘lib, bu harakat bilishda ko‘rsatmalar, ishoralar sifatida yoki boshqa predmet, xususiyat, munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Biror moddiy obyektdan iborat bo‘lgan belgi boshqa biron narsani belgilash uchun xizmat qiladi1 .
32

Birinchi bob. madaniyatning ijtimOiy mOhiyati
Biz yuqorida madaniyatni tushunishda yuzaga kelgan nazariy-ilmiy qarashlarning umumiy jihatlari haqida to‘xtab o‘tdik. Ularda ilgari surilgan fikrlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, quyidagicha rang-barang xulosalarga kelish mumkin:

  • insonning mehnati — madaniyatning bosh negizidir;

  • madaniyat sohasi inson faoliyatining rang-barang usullari va natijalarini o‘z ichiga oladi;

  • madaniyatning mohiyati ijodkorlik, insonning o‘zi ham madaniyat mahsulidir;

  • madaniyat tarixi tabiiy-tarixiy jarayon, shu ma’noda har bir konkret jamiyatning madaniyati inson faoliyatining tarixan shakllangan va shartlangan usullari hamda tizimlaridan iboratdir;

  • insoniy yaratuvchanlik madaniy jarayonning mazmunini tashkil etadi. Bu fikrlarning har birida madaniyatga xos eng zaruriy belgilar o‘z ifodasini topgan bo‘lib, biroq ularning birortasini alohida ajratib olib, shu asosda madaniyatni belgilash uni tushunishning yaxlit manzarasini bera olmaydi, balki ana shu belgilarning jamlanmasi, umumlashmasi sifatida madaniyatni ta’riflash

va tavsiflasi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.



Yüklə 383,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin