75
Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
estetik madaniyat insonning ma’naviy-hissiy faoliyati bilan uzviy bog‘langan
munosabat va qadriyatlar tizimini ifodalaydi.
estetik madaniyat sohasi
insonning voqelikka munosabatida uning o‘z-o‘zini erkin namoyon etishi bilan
bog‘langandir. Bu erkinlikning mohiyati shundaki, inson tabiat narsalarini qayta
ishlashda uning o‘z jinsi va turiga mos me’yorni topa oladi va gavdalantiradi.
estetik madaniyat jamiyat madaniyatining ixtisoslashtirilgan qismi bo‘lib,
uning holatini san’at va estetik munosabatlar rivojlanishi bilan bog‘lab
tushuntirish mumkin. estetik munosabat va unga muvofiq keladigan
estetik
qadriyatlar tizimi estetik madaniyatning barqaror jihatlari hisoblanadi. estetik
madaniyatning xususiyatlari esa uning negizini tashkil etuvchi faoliyatning
o‘ziga xosligi bilan belgilanadi.
Ma’lumki, faoliyat deyilganda insonning olamga nisbatan predmetlar bilan
bog‘langan munosabati tushuniladi. Faoliyat tufayli inson tabiatni takror hosil
qiladi, o‘zgartiradi, binobarin, faoliyat asosida insonning ijodkorlik qobiliyati
yotadi. Faoliyat inson mavjudligining ijtimoiy usuli bo‘lib, ma’naviy-moddiy,
intellektual jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Faoliyat qo‘l harakatiga o‘xshash fikrlar
yo‘nalishini ham, inson xulqi qoidalariga o‘xshab ketadigan bilish jarayonini
ham ifoda etadi.
Faoliyat amal qilmog‘i uchun quyidagi uch jihat zarur: faoliyat sub’ekti,
faoliyat obyekti, faoliyat jarayoni. Faoliyatning sub’ekti obyekt yoki boshqa
sub’ektlarga yo‘naltirilgan faol jihatlar majmuidir. Shu ma’noda muayyan shaxs,
u yoki bu ijtimoiy guruh va, nihoyat, jamiyatning o‘zi ham faoliyat sub’ekti
bo‘lishi mumkin.
estetik faoliyatning sub’ekti
estetik qobiliyat,
ijodiy erkin mushohada
va obrazli fikrlash layoqatiga ega, muammoli holatlarda erkin xatti-harakat
ko‘rsata oladigan inson hisoblanadi. Sub’ekt o‘zigacha mavjud va tayyor estetik
qadriyatlarni «fahmlash» bilan chegaralanmaydi, aksincha, har safar predmetni
u o‘z tasavvuri va idealiga muvofiq qayta ishlaydi. estetik faoliyat jarayonida
sub’ektning estetik
ehtiyojlari takomillashib, boyib boradi.
Sub’ektlarning faolligi yo‘naltirilgan jihatlar yig‘indisi faoliyat obyektini
tashkil etadi. Tabiat predmetlari, ijtimoiy hodisalar, insonning o‘zi shunday
obyekt bo‘la oladi. Bordi-yu sub’ektning harakati uning o‘z-o‘ziga qaratilgan
bo‘lsa (masalan, o‘z-o‘zini tarbiyalash, o‘zini o‘zi anglash kabi), unda sub’ekt ayni
vaqtda obyekt o‘rnini ham bosishi mumkin. Faoliyat jarayoni, borliqning asosiy
qonuniyatlari (yaxlitlik, mutanosiblik, uyg‘unlik, me’yoriylik va boshqalar),
ularning tashqi ifodalari (yorqinlik, ifodaviylik va boshqalar), ijtimoiy taraqqiyot
qonunlari (ijtimoiy ravnaq,
erkinlik, insonparvarlik va boshqalar) estetik
faoliyatning asosini tashkil etadi. Tabiiyki, bu xossalar tashqarida yotmaydi,
aksincha, ularni aniqlamoq uchun maxsus faoliyat ko‘rsatish kerak. estetik
faoliyat obyekti ana shunday vazifani bajaradi.
Faoliyat sub’ekt tomonidan obyektni o‘zlashtirish darajasini ifodalaydigan
76
madaniyatshunOslik asOslaRi
ko‘rsatkichdir. Demak, faoliyat sub’ektning
obyektga munosabati tarzida
yuzaga keladi. Sub’ektning maqsadiga ko‘ra faoliyatning bir necha turlari,
masalan, qayta o‘zgartiruvchanlik, bilish va boshqalar mavjud bo‘ladi. Faoliyat
jarayonida qo‘llanilayotgan vositalarga qarab, u moddiy-amaliy, ma’naviy-
amaliy turlarga bo‘linadi. Shuningdek, faoliyat ishlab chiqarish va iste’molchilik
tarzida ham amalga oshiriladi.
Faoliyatning asosiy vazifasi insoniyat jamiyati mavjudligini ta’minlash
va uning tadrijiy rivojlanishiga xizmat qilishdan iboratdir.
Boshqacha
aytganda, jamiyat mavjudligi va yashab turishi inson turmushining zaruriy
shartidir. Binobarin, inson faoliyati yashash uchun real muhitni — «ikkinchi
tabiat»ni yaratish va mukammallashtirishga qaratiladi. Bordi-yu hayvonning
xatti-harakati asosan uning o‘z jismoniy mavjudligi (organizmi)ni muhitga
moslashtirsa, inson faoliyati tabiatni, tevarak-atrofni o‘z maqsadlariga muvofiq
ravishda o‘zgartiradi va qayta yaratadi.
estetik faoliyat ham mohiyatan ana shunday xususiyatlarga ega bo‘lsa-da,
muayyan tomonlari bilan ulardan ajralib turadi. Ishchi yoki olimning mehnati
estetik xususiyatlarni ifodalashi mumkin. Biroq bu yerda estetik maqsad asosiy
narsa emas. Shuningdek, inson faoliyati va xulqining juda ko‘p hodisalarida
estetik maqsad amaliy niyatlarni yuzaga chiqarishda yordamchi vosita rolini
bajarishi mumkin. Injener faoliyatidagi asosiy niyat – loyihaning mukammal va
pishiq bo‘lishi, olimnikida — nazariya mukammalligini ta’minlaydigan izchillik,
ishchinikida — mehnat mahsuloti sifatini oshirishdagi go‘zallik faoliyat natijasi
hisoblanadi.
San’at sohasida bu masala boshqacharoq ma’no kasb etadi, ya’ni bu yerda
estetik maqsad mustaqil bo‘ladi, go‘zallik va mukammallikni yaratish san’atdagi
asosiy, yagona maqsaddir. Shu sababli, san’at orqali kechadigan faoliyat insonni
tarbiyalashi, uni kurashga chorlashi, fikrini uyg‘otishi, his-tuyg‘ulariga ta’sir
etishi, kuldirishi yoki yig‘latishi mumkin. Demak, estetik faoliyat mutanosiblik
(garmoniya), go‘zallik va mukammallikni maqsadga muvofiq ravishda in’ikos
etish, bilish va yaratishni bildiradi. Shunga ko‘ra, qadriyatlarni yaratish va
insonni go‘zal qilib shakllantirishga yo‘naltirilgan faoliyatni estetik faoliyat
deyish mumkin.
Yo‘nalishi va predmetiga qarab estetik faoliyatni quyidagi turlarga bo‘lish
mumkin:
— predmetli
muhitni estetik jihozlash, ya’ni
moddiy ishlab chiqarish
sohasida estetik faoliyat — dizayn; turmush sharoitlarini yaratishda badiiy-
amaliy faoliyat; inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy borliqni badiiy jihozlash;
buket — guldasta tuzish san’ati; xalq amaliy san’ati va h. k.
— insonni estetik jihatdan tarbiyalash. Bunga xulq estetikasi; turmush
estetikasi; hordiq chiqarish va sog‘liqni tiklash madaniyati; tabiatga sog‘lom