82
madaniyatshunOslik asOslaRi
Nihoyat, fanning asosiy belgilaridan
yana biri shundaki,
u muntazam
ravishda rivojlanib boradigan tizimdir. Ijtimoiy hayot, tajriba fanning oldiga
doimo yangidan-yangi hodisalarni ko‘ndalang qilib qo‘yadi,
fan ularni
nazariy umumlashtirishni, buning natijasida konsepsiyalarning mazmunan
boyishi, chuqurlashuvi va yangilanishini, eski nazariyalarning yangilari bilan
almashinishini ta’minlaydi. Fan hech qachon qotib qolgan aqidalar bilan kelisha
olmaydi, u muntazam ravishda mukammallashib boradigan tizimdir.
Fan o‘zining ichki mantig‘iga ega bo‘lib, shu asosda muayyan g‘oya va
konsepsiyalarni, yangi fikr, nazariy qarashlarni vujudga keltiradi. Fanning nisbiy
mustaqilligi ham ana shunda ko‘rinadi.
Ilmiy bilishning yuqorida qayd etilgan o‘ziga xos belgilari ichki jihatdan
o‘zaro bog‘langan holda fanning sotsial funksiyalarini ifoda etadi, jamiyat
taraqqiyotida tutadigan o‘rnini belgilab beradi.
Ma’lumki, ijtimoiy-tarixiy amaliyot moddiy ishlab
chiqarish faoliyatini
ham o‘z ichiga oladi. Bu faoliyat taraqqiyotining
muayyan bosqichida
tabiat to‘g‘risidagi bilimlar yuzaga kelganligi ma’lum. Bular tabiatshunoslik
(matematika, fizika, biologiya, kimyo, astronomiya, botanika va boshqalar)
bilimlaridir. Fan ijtimoiy-tarixiy amaliyot tarkibi bu bilan chegaralanib qolmaydi,
balki kishilarning sotsial munosabatlarni qayta qurish sohasidagi faoliyatini
ham qamrab oladi. Faoliyatning bu turi negizida insoniyat jamiyati to‘g‘risidagi
bilimlar tarkib topadi. Bular jamiyatshunoslik bilimlari deb ataluvchi — tarix,
tilshunoslik, falsafa, dinshunoslik, axloqshunoslik va boshqa ko‘plab fanlarni
o‘z ichiga oladi.
Taraqqiyotning muayyan bosqichida bilish jarayonining o‘zi ham bilish
obyektiga aylanadi. Kishilar ongning paydo bo‘lishi, bilish shakllari, ilmiy
bilishning o‘ziga xosligi, uning imkoniyatlari va boshqa jihatlarini o‘rgana
boshlaydi, oqibat-natijada bilish — tafakkur qonuniyatlari tadqiq etiladi. Bilish
haqidagi, xususan, tafakkur to‘g‘risidagi fan tizimi inson bilimlarining alohida
sohasi sifatida ajralib chiqishining boisi ham ana shundadir.
Tabiatshunoslik fanlari ishlab chiqarish kuchlari taraqqiyotida shubhasiz
muhim o‘rin tutadi. Ijtimoiy fanlarning tarixiy ahamiyati shundaki, ularni
egallash insonning ijtimoiy tabiati mukammallashuviga olib keladi.
Fanning eng muhim sotsial funksiyalaridan yana biri uning kishilarning
olam to‘g‘risidagi fikrlashlarini umumlashtirishga xizmat qilishida, dunyoqarash
vazifasini bajarishida namoyon bo‘ladi.
hozirgi ijtimoiy taraqqiyot fan oldiga juda katta muammolarni hal etish
vazifasini qo‘yadi. Yer yuzida ko‘rayib borayotgan aholini oziq-ovqat bilan
yetarli darajada ta’minlash, kishilarni har qanday kasal liklardan forig‘ etish,
ishlab chiqarishning eng
mukammal uslublarini yaratish,
energiyaning
yangi, ulkan manbalarini insoniyatga xizmat qildirish kabi muammolar shular