O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/57
tarix21.12.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#77076
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
jumlasidandir.
hozir quruqlikning 10 foizidan oshiqrog‘i qayta ishlanmoqda, 6, 5 foizini 
bog‘lar, plantatsiyalar, ekin maydonlari tashkil etadi. Shu sababli yangi 
yerlarni o‘zlashtirish muammosi kun tartibidan tushgan emas. Tabiatni 
zararkunandalardan, ayniqsa, qishloq xo‘jalik ekinlarini kasalliklardan saqlash 
vazifasi ham juda muhim. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, shular sababli g‘alla 
hosildorligi 6 foizga pasayib ketmoqda, 400 mln. kishi ratsionini tashkil etishga 
yetadigan 10 foiz hosil nobud bo‘layotir.
Bundan bir asr muqaddam yerga ishlov berishda 90 foizdan ortiq mehnat 
qo‘l kuchiga asoslangan edi, hozirgi paytda 95 foizdan ko‘proq jismoniy 
ishlarni mashinalar bajarmoqda. XX asrda insoniyat tomonidan sarflangan 
energoresurslar ko‘lami butun XIX asr davomida ishlatilgan miqdorga teng 
bo‘ldi. Fan insoniyatga mukammal bo‘lgan energiya ishlab chiqarishning 
yangidan-yangi manbalarini topishga xizmat qilayotir. hozirgi zamon 
fani ishlab chiqarishning moddiy xomashyoviy bazalarini ham o‘zgartirib 
yubormoqda. Metallarning nihoyatda katta zahiralaridan foydalanish yo‘llari 
axtarilmoqda, yanada mukammal sintetik materiallar yaratishga erishilmoqda, 
ishlab chiqarish sohasida kompyuterlarning bir necha avlodi samarali faoliyat 
ko‘rsatmoqda.
Shuni aytish kerakki, totalitar sho‘ro tuzumi sharoitida obyektiv haqiqat 
tamoyillariga bo‘ysunadigan fan sohasiga ham partiyaviylik, mafkuraviylik, 
sinfiylik kabi aqidalar zo‘ravonlik bilan kirib keldi, fanning mohiyati va tabiati 
uchun xos bo‘lmagan g‘ayriilmiy tamoyillar tiqishtirildi, fan siyosatning oddiy 
xizmatkoriga aylantirildi, ayniqsa, ijtimoiy — gumanitar fanlar sohasida bu narsa 
ko‘ngilsiz oqibatlarga olib keldi.
Mustaqillik sharofati bilan respublikamizda barcha fanlarning rivoj topishi 
uchun obyektiv shart-sharoitlar yuzaga keldi, jahon fanining deyarli barcha 
sohalari rivoj topmoqda. Bozor iqtisodiyoti talablariga mos ravishda fan 
sohasiga rahbarlik qilinmoqda. Fanlar Akademiyasi qoshida Fundamental 
ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tuzildi. Birgina «Fizika-
Quyosh» ilmiy-ishlab chiqarish boshqarmasi xodimlari yadroviy materiya 
sohasidagi muhim fundamental tadqiqotlarni bajarish bilan bir qatorda 
ko‘pgina maqsadlarga mo‘ljallan gan keramika va yuqori haroratga bardoshli 
boshqa metallarni ishlab chiqarishda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Ularni 
O‘zbekistonning qator sanoat tarmoqlarida elektrotexnika, to‘qimachilik, 
avtomobil, kran qurish va boshqa tarmoqlarda qo‘llay boshladilar.
Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasida ham yangicha dunyoqarash asosida 
madaniyatimiz va dinimiz tarixi, iqtisodiy taraqqiyotimiz muammolari keng 
o‘rganilmoqda. I. A. Karimov ta’kidlaganidek: «Jahon sivilizatsiyasiga dahldor 


84
madaniyatshunOslik asOslaRi
bo‘lgan eng zamonaviy ilmlarni egallamay turib, mamlakat taraqqiyotini 
ta’minlash qiyin... Mamlakatimizda fundamental tadqiqotlar ko‘lamini 
kengaytirish, uzoqni mo‘ljallab, olis istiqbol taraqqiyotini ko‘zlab ish tutish 
lozim. Fundamental fanga umid bilan qarashimiz, unga keng yo‘l ochib 
berishimiz darkor»
1
.
Fanning zamona talablari darajasida taraqqiy topishi uchun g‘oya, moddiy 
asos, tegishli sharoit va fikr, tafakkur erkinligi»
2
taqozo qilinadi. Darhaqiqat, 
hozirgi zamon ilmiy-texnikaviy inqilobi, fan sohasidagi keskin o‘zgarishlar 
uni ijtimoiy-siyosiy jihatdan muntazam ravishda qo‘llab-quvvatlashni 
taqozo qilmoqda. Bugungi kunda har qanday mamlakatni jadal rivojlantirish 
borasidagi dasturiy vazifalar fan va ilmiy infrastrukturani yanada taraqqiy 
ettirish bilan uzviy bog‘langandir.
O‘zbekistonda fan va ta’limni rivojlantirish sohasida amalga oshirilayotgan 
strategik vazifalar milliy mustaqillikning qo‘lga kiritilishi bilan butunlay yangi 
mohiyat va yo‘nalish kasb etmoqda, jamiyat va fuqarolarning madaniy darajasini 
oshirish milliy taraqqiyotimizning ustuvor vazifalari qatoridan o‘rin olmoqda. 
Bu jarayonlarning madaniy qiyofasini quyidagilar bilan belgilash mumkin: 
jamiyat madaniyati ijodkorlari — kadrlar tayyorlash sifati va raqobatbardoshligi 
ta’minlanadi; professional ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi 
mustahkamlanadi; ta’limni boshqarish, kadrlar tayyorlashda marketing tizimi 
takomillashadi; uzluksiz ta’lim tizimida axborot maydoni rivojlanadi; tarbiyaviy 
va ma’rifiy faoliyat takomillashadi, yosh avlodning ma’naviy-axloqiy salohiyati 
yuksaladi; yuksak darajali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlashga 
erishiladi va h. k.
hozirgi paytda respublikamizda 46 mingga yaqin kishi fan sohasida band 
bo‘lib, ulardan 2,8 mingdan ortiqrog‘i fan doktori, 16 mingdan ziyodi fan 
nomzodi hisoblanadi, fanning ko‘pgina yo‘nalishlarida fundamental va amaliy 
tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu sohada, Prezidentimiz I. A. Karimov alohida 
ta’kidlaganidek, jahon darajasida quyidagi ilmiy maktablar muvaffaqiyatli 
ishlamoqda:
— matematika, ehtimollar nazariyasi va ijtimoiy jarayonlarni matematik 
modellash, informatika va hisoblash texnikasi; 
— geologik jarayonlarning qonuniyatlarini o‘rganish, tektonika, geofizika, 
seysmologiya va boshqalar; 
— molekulyar genetika, gen-hujayra injeneriyasi, biotexnologiya va h. k; 
— moddalarning kompleks fizikaviy-kimyoviy xossalarini o‘rganish; 
— jahon va mamlakatimiz tarixini, O‘zbekistonning madaniy va ma’naviy 
merosini, o‘zbek tili, adabiyoti va folklorining tarixiy va hozirgi rivojlanish 
masalalari

.


85

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin