O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/57
tarix21.12.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#77076
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
shart-sharoitlar yaratilmoqda; 
— fan, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlik yo‘lga 
qo‘yilmoqda. Bu sohada xalqaro-huquqiy me’yorlar yaratilmoqda, ustuvor 
yo‘nalishlar amalga oshirilmoqda, ilmiy-pedagogik kadrlar, talabalarning 
rivojlangan mamlakatlar bilan o‘zaro hamkorligi kengaymoqda
1
.
Demak, fan taraqqiyoti har bir jamiyatning madaniy yuksalishini belgilovchi 
mezonlardan biri hisoblanadi, respubkamiz ijtimoiy taraqqiyotida zamonaviy 
fan yutuqlari ulkan ijtimoiy-siyosiy hamda ma’naviy-madaniy omil bo‘lib xizmat 
qilmoqda.
D I N
Din insoniyatning ma’naviy madaniyati tizimida alohida o‘rin tutadi. 
Dinning asosiy belgisi ilohiy kuch-qudratga bo‘lgan ishonch, e’tiqodda 
namoyon bo‘ladi. Din tabiat va jamiyat hodisalarini tushuntirish usullaridan 
biri sifatida ham madaniyat tarixida o‘ziga xos o‘rin egallaydi.
Madaniyatshunoslar fikricha, diniy madaniyat chuqur ijtimoiy ildizga ega 
bo‘lib, asosan, kishilarning tasavvurlari, kayfiyat va amaliyoti birligida o‘z 
ifodasini topadi. «Insonning diniy tasavvuri deganda uning dunyoqarashida 
aks etadigan Tangri, farishtalar, maloyikalar, iblis-shayton, hur-g‘ilmonlar, 
jinlar, ularning odamga munosabatlari to‘g‘risidagi tushunchalari majmuiga 
aytamiz. Insonning diniy kayfiyatlari deganda uning hissiyoti bilan bog‘liq 
bo‘lgan ojizligi, zaifligi, qo‘rqishi, umid va tasallisini tushunamiz. Insonning 
diniy amaliyotlari esa Tangriga toat-ibodat, ya’ni besh vaqt namoz o‘qib sajda 
va sig‘inish, ro‘za tutish, turli marosimlar va nazr-niyozlarni o‘z ichiga oladi»’
1
.
Kishilik jamiyati tarixi shundan dalolat beradiki, hamma vaqt ham kishilarda 
diniy tasavvur, kayfiyat, amaliyot va tushunchalar mavjud bo‘lgan emas. 
Diniy tasavvurlarning yuzaga kelishiga, asosan, inson va borliq o‘rtasidagi 
murakkab munosabatlar sabab bo‘lgan. Olimlar eradan oldingi 5—4 ming 
yilliklar davrida odamlarda Ollohga ishonib yashash tuyg‘usi shakllanganligi 
haqida yozadilar.
Din ibtidoiy jamoa tuzumi taraqqiyotining muayyan bosqichida insonning 
dahshatli va tushunib bo‘lmaydigan tabiat kuchlari oldida ojizligini ifodalaydigan 
ma’naviy hodisa sifatida paydo bo‘lgan. Zamonlar zayli bilan inson tabiatning 
sirli hodisalarini tushunish sohasida tajriba to‘play borgan. Buning oqibatida 
kishilar ongida tabiat hodisalari va narsalarida qandaydir ilohiy kuch bor, bu 
kuchlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ezgulik va yovuzlik xususiyatlariga ega, degan 
tasavvurlar hosil bo‘lgan.
Diniy tasavvurlar shakllanishining ilk bosqichida yakkaxudolilik emas, 
aksincha, tabiat va jamiyatning rang-barang hodisalarida «muqaddas 


88
madaniyatshunOslik asOslaRi
ruh», «jon» va boshqa ruhiy ibtidolar borligi haqidagi tushunchalar yuzaga 
kelgan. Buning natijasida kishilar narsalarga, o‘simliklarga, hayvonlarga va 
shunga o‘xshashlarga e’tiqod qo‘yib, ularga sig‘inganlar. Animiylik, fetishiylik, 
totemiylik, afsungarlik kabi diniy e’tiqodlarning yuzaga kelishida shunday 
aqidalar negiz bo‘lgan.
Real mavjud va, ayni vaqtda, g‘ayri hissiy (fetish) xususiyatlarga ega bo‘lgan 
predmetlar dastavval diniy munosabatlar obyektini tashkil etgan. Fetishiylik 
afsungarlik bilan bog‘langan bo‘lib, hodisalar yo‘nalishini sehrgarlik bilan 
o‘zgartirish mumkinligini ishontirishga harakat qilgan. Predmetga xos deb 
hisoblangan g‘ayri hissiy xususiyatlar keyinchalik ulardan alohida mustaqil 
mohiyat-«ruh» sifatida ajratiladi, oqibat-natijada tanadan alohida yashovchi 
«jon»- (animizm) haqidagi aqidalar yuzaga keladi. Urug‘chilik jamiyati barham 
topishi jarayonida qabilaviy dinlar o‘rniga ilk sinfiy jamiyatga xos bo‘lgan 
ko‘pxudolilikni ifodalovchi dinlar paydo bo‘ldi. Tarixiy taraqqiyotning bir qadar 
so‘nggi bosqichlarida esa jahon dinlari — buddizm (e. o. VI-V asrlar), xristianlik 
(I asr) va islom (VII asr) yuzaga keldi.
Shunday qilib, diniy ong va tasavvurlar jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi 
mohiyatini ifodalab, tarixiy taraqqiyot mahsuli tarzida kelib chiqadi va 
rivojlanadi. Ibtidoiy jamoa tuzumi barham topishi sharoitida politeistik 
(ko‘pxudolilik), xususiy mulkning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq ravishda 
shakllangan ijtimoiy munosabatlar davrida monoteistik (yakkaxudolilik) 
dinlar yuzaga kelgan. Miloddan avvalgi VI-V asrlarda Markaziy Osiyoda yuzaga 
kelgan zardushtiylik, buddizm, yahudiylik, xristianlik, keyinchalik esa, islom 
dini yuqoridagi xususiyatlarni o‘zida ifoda etadi.
Barcha jahon dinlari kishilarni ma’naviy jihatdan tarbiyalashga, mehr-
muruvvat, o‘zaro hurmat va yordam, halol-pok yashashga undovchi 
umuminsoniy qadriyatlarni mujassamlashtiradi. Afsuski, kishilarni tarbiyalashda 
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dinning bunday funksiyalari yaqin o‘tmishda 
butunlay inkor etildi, diniy madaniyatning jamiyat va shaxs ma’naviy hayotidagi 
roli butunlay yo‘qqa chiqarildi. Islom madaniyatining o‘ziga xos bebaho 
qadriyatlari «Qur’oni Karim», «hadislar», «Tafsirlar»ni, diniy allomalarning jahon 
e’tirof etgan asarlarini o‘rganish man etildi.
Milliy mustaqillik tufayli ma’naviyatimiz tarixida va har bir inson hayotida 
diniy qadriyatlarning tutgan mavqei o‘z o‘rniga qo‘yildi. Istiqlol tufayli amalga 
oshirilayotgan bozor munosabatlariga ma’rifatli yo‘l bilan kirib borishning 
asosiy tamoyillari, shubhasiz, ma’naviylikka suyanadi. Bozor munosabatlari 
shakllanishi va taraqqiy etishiga ko‘mak beradigan ma’naviy omillardan 
ustuvorlik bilan foydalanish masalasining muhimligi ham ana shundadir. 
Ma’naviyatimizning tarixiy ifodasi va o‘zaklaridan biri hisoblanmish din va diniy 
qadriyatlar bu jarayonda o‘ziga xos mavqe tutishi tabiiy. Darhaqiqat, xalqimiz 


89

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin