O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/57
tarix21.12.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#77076
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
turmush tarzida diniy an’analar bilan milliy an’analar shu qadar chambarchas 
bog‘lanib ketganki, ularni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi
1
.
Diniy qadriyatlarning islohotlarni amalga oshirish sharoitida kishilarni 
yuksak axloqiy ruhda kamol toptirish bilan bog‘liq asosiy xususiyatlari va 
funksiyalari jamiyat ruhiyati, xalq turmush tarzi, umuman, ma’naviyat tizimi 
negizida qarab chiqilmog‘i kerak. Shu ma’noda, milliy va umuminsoniy 
fazilatlarni mujassamlashtirgan diniy qadriyatlar va ularning asosiy qoidalari 
islohotlarning axloqiy zaminini tashkil etadi.
Mulk shakllarining xilma-xilligi mehnat xarakteriga, taqsimot masalasiga 
belgilovchi ta’sir ko‘rsatdi, bu fuqarolar turmush darajasining rang-barangligiga 
olib keldi, biroq bu xilma-xillikni xalqimizning umummadaniy tamoyillari 
hisoblangan soflik, halollik, diyonatlilik kabi fazilatlar uyg‘unlashtirib turadi. 
Ayni vaqtda, muqaddas dinimiz islom ham insonning bosqinchilik, zo‘ravonlik, 
o‘g‘rilik, poraxo‘rlik, bo‘hton, sotqinlik, sudxo‘rlik, g‘iybat, chaqimchilik, tuhmat, 
xiyonat, qimor bilan bog‘liq illatlarini qoralaydi, moliyaviy ishlarga qalbaki 
bitim tuzishni taqiqlaydi.
hozirgi paytda tijorat va iqtisod sohasiga bozor tashvishlari bilan band 
tadbirkorlar, fermerlar, tijoratchilarning kirib kelishi, o‘z-o‘zidan ravshanki, 
ularning ma’naviy dunyosini shakllantirish masalasini keltirib chiqaradi. 
Binobarin, tijorat va iqtisodiyot ishlarining ko‘lami uni tashkil etuvchilar va 
amalga oshiruvchilar oldiga yuksak ma’naviy fazilat egasi bo‘lish mas’uliyatini 
qo‘yadi. Bunday yuksak tuyg‘uni tarkib toptirishda musulmonchilikning 
eng muqaddas tamoyillari negiz bo‘lib xizmat qilishi kerak. Buyuk alloma 
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning hadisi shariflarida bayon 
etilishicha, mol-dunyosi ko‘p odam badavlat emas, balki nafsi to‘q inson 
badavlatdir, savdo-sotiqda hiy-lakorlik, bozorni kasod qilish maqsadida ataylab 
narx-navoni oshirish va aldamchilik qilish makruhdir
1
.
Islom qadriyat sifatida yolg‘iz diniy qoidalar, ko‘rsatmalar, tamoyillar 
yig‘indisidan iborat emas, ayni vaqtda, u kishilar o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, 
ijtimoiy-falsafiy, axloqiy-estetik, huquqiy munosabat larning ham ifodasidir. 
Shu ma’noda, buyuk bobokalonimiz Amir Temurning islom dini va uning 
sofligini saqlash asosida jamiyatdagi ma’naviy barqarorlikni ta’minlashga 
erishganligini esga olish o‘rinlidir. «Temur tuzuklari»da qayd etilishicha, 
«davlat agar dinu diyonat asosida qurilmas ekan, to‘ra-tuzukka bog‘lanmas 
ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati, tartibi yo‘qoladir. Bunday saltanat 
yalang‘och odamlarga o‘xsharkim, uni ko‘rgan kimsa nazarini olib qochadi. 
Yohud nasu nokas tap tortmay kirib chiqadigan tomsiz, eshik-to‘sig‘i yo‘q 
uyga o‘xshaydi»
2
.
Buyuk Temur o‘z siyosiy-ijtimoiy faoliyatida hamisha Olloh, tafakkur, 


90
madaniyatshunOslik asOslaRi
qilich, kitob kabi tushunchalar bilan birga iymonga suyanib ish tutishni 
ta’kidlaydi. Iymon, deydi u, insonni barcha jonli zotlardan farqlantirib turadigan 
xususiyatdir. Iymonli odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-urug‘lari, elu xalqining 
or-nomusini himoya qiladi, halollik va poklikni fazilat deb biladi.
Yuqorida aytilgan fikrlar umuman din, xususan, islom va islomiy 
qadriyatlarning xalqimiz tarixida tutgan buyuk ma’naviy salohiyatini tasavvur 
etishga asos bo‘ladi.
Respublikamizda milliy mustaqillikka erishish tufayli bozor munosabatlari 
tomon qo‘yilgan har bir qadam ma’naviy merosimizni, xususan, diniy 
qadriyatlarimizga yangicha munosabatda bo‘lishni taqozo etadi. Yaqin 
vaqtlargacha ma’naviyatimizdan sun’iy ravishda chetlashtirilgan diniy omillar 
o‘z maqomiga ega bo‘lganligi ravshan. holbuki, «asrlar mobaynida xalqimizning 
yuksak ma’naviyat, adolat parvarlik, ma’rifatsevarlik kabi ezgu fazilatlari Sharq 
falsafasi va islom dini ta’limoti bilan uzviy ravishda rivojlandi. Va, o‘z navbatida, 
bu falsafiy-axloqiy ta’limotlar ham xalqimiz dahosidan bahra olib boyib 
bordi. Bizning kelajagi buyuk davlatimiz ana shu falsafaga uyg‘un holda, Xoja 
Ahmad Yassaviy, Xoja Bahouddin Naqshband, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, 
Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo singari mutafakkir 
ajdodlarimizning dono fikrlariga uyg‘un holda shakllanishi lozim»
1
.
Ko‘rinib turibdiki, hozirgi paytda islom qadriyatlariga suyanish 
musulmonchilikning asl tamoyillarini rivojlantirish, ularni kishilarimiz hayotiy 
faoliyatlariga singdirish ham tarixiy, ham mantiqiy, ham madaniy jihatdan 
zarurdir, ayni vaqtda, bu — xalqimizning dunyoqarashi, axloqining mazmunini 
belgilashda asosiy mezonlardan hisoblanadi.
Avvalambor, din va dindorlar ahlining jamiyatda tutgan o‘rnini hisobga 
olgan holda, ma’naviy hayot bilan diniy munosabatlarni uyg‘unlashtirish 
masalasi ijobiy hal etilmoqda. Mustaqillik sharoitida e’tiqod erkinligi, davlat 
bilan dinning o‘zaro munosabati, dindor fuqarolar haq-huquqlarining 
konstitutsion negizga qo‘yilishi, respublika ijtimoiy hayotida dinning mavqei, 
xalq o‘rtasida totuvlikni ta’minlashdagi ahamiyati, teng huquqli fuqarolar 
degan insonparvarlik va vatanparvarlik qoidasining ro‘yobga chiqishida uning 
ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kabi murakkab muammolar oqilona tarzda hal etildi.
Boshqa tomondan, din davlatdan rasman ajratilgan bo‘lsa ham, jamiyatda 
yashab turishi, davlat o‘z yo‘liga, din o‘z yo‘liga rivoj topishi hodisasidan ayrim 
fuqarolarning uni qurol qilib olib siyosatga aralashuvlari, osoyishtalikka rahna 
solishlari, g‘arazli niyatlarda foydalanishga, soxta obro‘ orttirishga intilishlari 
mustaqillik siyosatiga zid ekanligi ochiq-oydin e’lon qilindi.
Darhaqiqat, mustaqillik tufayli yurtimizda erishilgan iymon erkinligi ba’zi 
g‘arazgo‘y va mutaassib kishilarda undan siyosiy manfaatlar va maqsadlar 
uchun foydalanish xavfini yuzaga keltirdi. Prezidentimiz I. A. Karimov 


91

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin