O‘zbekistOn Respublikasi Oliy



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/57
tarix21.12.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#77076
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57
Madaniyatshunoslik-asoslari.2006

Ikkinchi bob. madaniyatning asOsiy sOhalaRi
qadimgi odamlarning moddiy va ma’naviy boyliklar yaratishda, ya’ni 
o‘zlariga ma’qul, ko‘ngillariga xush keladigan ne’matlarni bunyod etishga 
bo‘lgan ishtiyoqlarida yaqqol ko‘rish mumkin. Ijtimoiy turmush san’atning 
rivojlanishiga bevosita ta’sir o‘tkaza boradi, keyinchalik esa unga ijtimoiy 
tuzilmalar, falsafiy-diniy, siyosiy qarashlar, axloqiy qoidalar, ma’naviy qadriyatlar 
ham ta’sir o‘tkaza bordi.
San’at bilan ijtimoiy hayotni bog‘lab turadigan juda ko‘p vositalar mavjud. 
har qanday badiiy hodisa — muayyan asar yoki uslubiy yo‘nalish bo‘lmasin, 
vujudga kelishi va rivojlanishida diniy, axloqiy amallarning ta’sir kuchi bilan 
belgilanadi, baholanadi, o‘lchanadi.
San’at taraqqiyoti nisbiy mustaqillikka egadir. Jamiyat madaniy ravnaqining 
darajasi hamma vaqt ham uning iqtisodiy taraqqiyoti darajasiga mos 
kelavermaganligi bois san’at ravnaqi bilan jamiyat moddiy hayoti o‘rtasida 
ham hamisha mutanosiblik bo‘lavermagan. Masalan, badiiy madaniyat 
namunalari, ayniqsa, Markaziy Osiyo xalqlarining me’morchilik yodgorliklari 
Movarounnahrda XIV—XVI asrlarda, ya’ni islom dini ta’sirida hukmron feodal 
ishlab chiqarish munosabatlari tarkib topishi davrida yaratilgan. Lekin islom 
omili Shohizinda, Registon, Go‘ri Amir, Ulug‘bek, Sherdor, Tillakori madrasalari 
kabi jahon ahamiyatiga molik me’morchilik mo‘’jizalarining vujudga kelishiga 
monelik qilmadi. Shu davrga xos yuksak naqsh san’ati mis, yog‘och, suyak, 
ganch va boshqalarga o‘yib bezak berish me’morchilik obidalarining ham 
o‘lmas san’at asarlariga aylanishini ta’minlagan edi.
San’atning jamiyat hayotida nisbiy mustaqil amal qilishi vorisiylik 
qonuniyatining namoyon bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Vorisiylik nafaqat san’atga, 
ayni vaqtda, ijtimoiy ong va madaniyatning hamma shakllariga ham taalluqlidir. 
Vorisiylik jamiyat moddiy hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan siyosiy va huquqiy ong 
sohalarida ko‘proq namoyon bo‘ladi.
Vorisiylik madaniy hayotning barcha jabhalarida ko‘zga tashlansa ham, 
iqtisodiy zamindan ancha yiroq bo‘lgan san’atda yorqin, to‘la, har tomonlama 
tarzda ifodalanishi mumkin. San’atning hamma qirralari — mavzu yo‘nalishi, 
g‘oyaviy-ruhiy qoida va ohanglari, ijodiy aqidalari, uslubiy, tur va shakllarining 
ifodaviy vositalari vorisiylikda yaqqol ko‘rinadi.
Ijtimoiy ongning boshqa shakllarida bo‘lganidek, san’atda ham bilish va 
mafkura o‘zaro bir-biri bilan uzviy bog‘lanib ketgan, turli tarixiy davrlarda va 
san’atning turli ko‘rinishlarida bu aloqadorlik mutanosib likda amal qilgan.
Ijtimoiy ongning har bir shakli voqelikning biror bir tomonini aks ettiradi. 
San’at ijtimoiy ong shakli sifatida voqelikni badiiy-tasviriy shaklda anglash 
1
Madaniyat va jamiyat. — T.: «O‘zbekiston», 1993, 27-b.


96
madaniyatshunOslik asOslaRi
manbalaridan biridir. Inson san’at uchun o‘z biologik, ruhiy, ijtimoiy-guruhiy, 
milliy-ajdodiy va yakka holdagi barcha belgi va xususiyatlari jihatidan o‘zaro 
birlashib, yaxlit, yagona, nodir, qaytarilmas shaxs qiyofasida bosh mavzu bo‘lib 
xizmat qiladi. hozirgi zamon ilmiy-texnika inqilobi muammolari san’atda, 
ko‘proq badiiy adabiyot hamda kino asarlarida kengroq aks etadi. Bu omil 
shaxsga, uning ichki dunyosiga, ruhiy holatiga, xulq-atvoriga ta’sir etishi tarzida 
namoyon bo‘ladi. Masalan, dramaturg Sharof Boshbekovning «Temir xotin» 
asarida texnik va texnologik yangiliklar (robot xotin), ilmiy kashfiyotlar emas, 
balki ular ta’sirida sodir bo‘layotgan axloqiy-ruhiy jarayonlar badiiy in’ikosning 
asosi qilib tanlab olingan.
Fan va texnika inson hayotida qanday ulkan ahamiyat kasb etishidan 
qat’i nazar, ular san’at orqali voqelikni aks ettirishda ustuvor maqomga ega 
bo‘la olmasligi o‘z-o‘zidan ravshan. Chunki san’atda ifodalanadigan ilmiy 
tasavvurlar odamlar uchun faoliyat timsoli bo‘lib xizmat qiladi. Mabodo, 
ilmiy-texnika, ekologik va boshqaruv muam molari badiiy tasvirlanganda 
obrazlarning his-tuyg‘ularidan ajralib qolsa, u yerda san’at amal qilmaydi. 
San’at hissiyotlar, tuyg‘ular bilan tirik, u hissiy ta’sir etish, ibrat ko‘rsatish, tarbiya 
berish qudratiga egadir.
Inson obrazi hamma vaqt ham san’atda bevosita ifodalanmasligi ma’lum. 
Masalan, rassomlik san’atining manzara tasviri yoki natyurmort turida inson 
qiyofasi ko‘zga tashlanib turmaydi, biroq bu mazkur asarlarda inson qiyofasi 
aks etmaydi, degani emas, albatta. Binobarin, inson his-tuyg‘ularining eng 
nozik va eng jozibali qirralari manzara tasvirida aks etishi sir emas. O‘rol 
Tansiqboyev, Ne’mat Qo‘ziboyev, Rahim Ahmedov, Ro‘zi Choriyev kabi o‘zbek 
musavvirlarining manzarali tasvir asarlari insonda yorqin ma’yuslik, beozor 
shodlik, tashvishli ehtiros, ko‘tarinki ruh, hayotbaxsh orzu-umidlar, ijodkorlik 
va yaratish his-tuyg‘ularini uyg‘otadi.
Tasviriy san’atning natyurmort turi ko‘proq jonsiz narsalar–mevalar, gullar, 
ichimliklar tasviridan iborat bo‘lsa-da, bu xil asarlar mavzui ham baribir inson 
va uning hayotidir. Masalan, golland musavviri Vilem Xedaning «Somsa va 
nonushta» natyurmortida o‘ta mahorat bilan chizilgan qadah, g‘ijimlangan 
dasturxon, unga to‘kilgan may tasvirlarini ko‘zdan kechirar ekanmiz, kartinadan 
nafaqat shisha, dasturxon ko‘rinishini, ehtiyotsizlikdan to‘kilgan mayni, balki 
insonning iliq nafasini, uning mahoratli qo‘llari mazkur manzarani yaratganini 
aniq his etamiz. Bizni hozirgina sodir bo‘lgan inson dramasini sezish hissi 
chulg‘ab oladi.
1
I. A. Karimov. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 22-b.


97

Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin