egallagani holda o‘z nutqini takomillashtirib boradi. Har bir yosh bosqichi uning
nutqiy rivojlanishiga biron-bir yangilik olib kiradi. Nutqni egallashdagi eng muhim
bosqich maktabgacha yoshga to‘g‘ri keladi.
Verbal bosqichgacha bo‘lgan davrni (yoki tayyorgarlik bosqichini) psixologik
tahlil qilish tadqiqotchilarni nutqning muhim omillari aynan ushbu davrda
shakllanadi, degan xulosaga olib kelmoqda. Zero, mazkur davrda muloqotga ehtiyoj
shakllanadi, atrofdagi kattalar bilan emotsional aloqa o‘rnatiladi, ovoz
munosabatlari, nutq-harakat apparati, fonematik tinglash qobiliyati, kattalar nutqini
faol qabul qilish va tushunish rivojlanadi. Ushbu
omillarning shakllanishi -
rivojlanishning nutq bosqichiga o‘z vaqtida o‘tishning muhim shartidir.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda bola narsalar bilan harakat qilar ekan, hayotining
ikkinchi yiliga kelib, ularning jismoniy (hajmi, shakli, rangi)
va dinamik
xususiyatlarini, masofaviy munosabatlarini (yaqin, uzoq), butun narsani qismlarga
ajratish va qismlardan butun narsani yig‘ishni (piramida, matreshka kabi
o‘yinchoqlarni qismlarga ajratadi va qayta yig‘adi) o‘zi uchun kashf qiladi. Biroq,
bola narsalar bilan qanchalik ko‘p harakat qilmasin, u baribir ularni amalda
qo‘llashning jamoatchilik tomonidan ishlab chiqilgan usullarini (qoshiq bilan ovqat
yeyiladi, bo‘tqa
aralashtiriladi; sochiqqa qo‘llar, yuz artiladi; qalam bilan rasm
chiziladi va h.k.) mustaqil ravishda kashf qila olmaydi. Narsalarning vazifasi va
ularni amalda qo‘llash usullarini bolaga kattalar o‘rgatadilar.
Muloqotga bo‘lgan ehtiyoj, predmetli harakatlarni o‘zlashtirish bolaning o‘z
faol nutqini ham talab qiladi. Nutq asosida umumlashtirishlar, fikrlashning ramziy
vazifasi, ya'ni real narsalarning o‘rnini almashtira olish hamda o‘rin
bosuvchi
narsalar va til belgilari bilan amallar bajarish qobiliyatlari rivojlanadi. Biroq
nutqqacha predmetli harakatlarni (aynan bir narsa bilan turli harakatlarni yoki turli
narsalar bilan aynan bir xil harakatni bajarish), juftlik o‘yinlarni («ku-ku», «shar
yumalatish» va boshq.) rivojlantirish va umumlashtirishga oid uzoq yo‘lni bosib
o‘tishga to‘g‘ri keladi.