O`zbekiston respublikasi oliy va o`ra maxsus ta`lim vazirligi farg`ona davlat universiteti sirtqi bo`limi


Maktabgacha yoshdagi kichik bolalar nutqini rivojlantirishga doir vazifalar



Yüklə 348 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix15.10.2023
ölçüsü348 Kb.
#155990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Nutq rivojlantirish mustaqil ish

Maktabgacha yoshdagi kichik bolalar nutqini rivojlantirishga doir vazifalar 
Nutq vazifasi va shakli
. Kattalar bilan ko‘rgazmali vaziyatdan chetga 
chiqadigan
 
mavzular bo‘yicha muloqot qilishni yo‘lga qo‘yish. Tengdoshlar bilan 
jamoaviy o‘yinlarda o‘yinga kirishib ketish uchun sharoitlar yaratish. O‘z nutq 
faolligi paydo bo‘lishini rag‘batlantirish: muloqotdagi sheriklarga iltimos va 
takliflar bilan murojaat qilish; o‘yin vaziyatlari, o‘rin bosuvchi buyumlar, rollarni 
belgilashda nutqdan foydalanish.Buyumlar xususiyatlari va ularning qanday 
maqsadda ishlatilishiga, turmushdagi sababli aloqalar va munosabatlarga qiziqishni, 
qiziqtirayotgan masalaga oid savollarni va qisqa matn shaklidagi (3-4 ta gap) 
mulohaza va fikrlashlarni rag‘batlantirish. 
Lug‘at. Bolalarni buyumlarning yangi nomlari, ularning sifati, 
umumlashtiruvchi nomlari bilan tanishtirish, qiyoslashda qarama-qarshi ma'noli 
(antonimlar) so‘zlardan foydalanishga, ko‘rgazmali vaziyatga tayanmasdan 
lug‘atdan foydalanishga undash. 


Grammatik qurilish. Yangi so‘zlarni grammatik jihatdan o‘zgartirishga va 
gapdagi so‘zlar bilan kelishtirishga undash. So‘zlar va ularning shakllarini mustaqil 
ravishda hosil qilish, nomlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik aloqalarni tadqiq 
qilishning o‘ziga xos bolalarcha usuli sifatida so‘z ijodkorligidan foydalanish. 
Narsalar va hodisalar o‘rtasidagi aloqalarga oid o‘z tushunchalarini 
murakkablashtirilgan gap tuzilmasi (yoyilmagan oddiy, bog‘langan qo‘shma gap va 
ergashgan qo‘shma gap) orqali aks ettirish. 
Nutqning tovush madaniyati. Fonematik qabul qilishni rivojlantirish (berilgan 
u yoki bu tovushni talaffuzda ajratish va so‘zda eshitish qobiliyati). 
Artikulyatsiyani, unlilarni va oddiy undosh tovushlarni aniq talaffuz qilish, shovqin 
bilan chiquvchi va sonor tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etishni o‘zlashtirish qobiliyatini 
takomillashtirish. Nutqning ifoda jihatini, nutq sur'atini, ovoz kuchini, nutqiy 
nafasni erkin tartibga solish qobiliyatini rivojlantirish. 

Yüklə 348 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin