O`zbekiston respublikasi oliy va o`ra maxsus ta`lim vazirligi farg`ona davlat universiteti sirtqi bo`limi


Dastavval «nutq» tushunchasiga murojaat qilamiz



Yüklə 348 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix15.10.2023
ölçüsü348 Kb.
#155990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Nutq rivojlantirish mustaqil ish

Dastavval «nutq» tushunchasiga murojaat qilamiz. 
Nutqqa nisbatan ilmiy tadqiqot
 
ob'yekti sifatidagi umumiy yondashuvlarni 
tahlil qilish psixik rivojlanishning barcha jihatlarini tushunish uchun o‘rganilishi 
favqulodda muhim bo‘lgan ushbu hodisaning o‘ta murakkabligi va ko‘p qirraliligi 
haqida xulosa chiqarish imkonini beradi. «Nutq o‘ziga xos faoliyat sifatida boshqa 
faoliyat turlari bilan bir qatorda turmaydi, u psixologik rivojlanish jarayonida 
markaziy o‘rinni egallaydi…» (A.N.Leontyev). 
Tilni turli nuqtai-nazardan tavsiflovchi mazkur yondashuvlarni taqqoslash 
orqali nutqning ilmiy o‘rganish ob'yekti sifatidagi umumiy xususiyatlarini ajratish 
mumkin. 
N u t q 
- bu tilni ishga solish jarayonidir (I.A.Zimnyaya, V.M.Solnsev). 
Sub'yektning
 
nutqiy faoliyati ichki vosita va uni amalga oshirish usullari sifatida til 
va nutqni o‘z ichiga oladi. 
N u t q - 
bu psixik hodisa, kishilarning shaxslararo o‘zaro muayyan 
hamkorligi
 
sharoitida rivojlanadigan, individual xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxs 
mulkidir. U tildan farqli ravishda ijtimoiy-tarixiy sharoitlarda rivojlanadigan xalq 
ijtimoiy mulki hodisasidir. 
Lingvistika, psixofiziologiyaga doir ishlar zamonaviy tadqiqotlarda nutq 
semantikasi 
masalasi 
birinchi 
o‘ringa 
qo‘yilishi 
(T.N.Ushakova, 
A.M.Shaxnorovich), ushbu muammolar bo‘yicha sinov ishlanmalariga qiziqish ortib 
borayotganligi haqida so‘z yuritish imkonini beradi. 
Nutqiy faoliyat mexanizmlarini o‘rganuvchi psixofiziologik tadqiqotlar 
fanning qiziqarli va istiqbolli yo‘nalishi hisoblanadi. Birinchi bo‘lib ushbu 
muammoni N.I.Jitkin ko‘tarib chiqqan. Uning qayd etishicha, «nutq mexanizmi - bu 
jonli, moslashuvchan va doimo takomillashib boradigan mexanizmdir». 
Nutqiy faoliyat mexanizmlarini tahlil qilishda olimlar bir tomondan, 
N.I.Jitkin konsepsiyasiga, ikkinchi tomondan, mexanizmlarni nutqiy faoliyat 
bosqichlari bilan taqqoslagan holda insoning nutqiy xulq-atvoriga nisbatan faoliyat 
nuqtai-nazaridan yondashishga oid asosiy qoidalarga asoslanadilar. 


So‘nggi o‘n yillikda lingvistlar, psixologlar tomonidan «til qobiliyati» 
muammosi qizg‘in muhokama qilinmoqda, bunda til qobiliyati deganda «til tizimini 
o‘zlashtirishda ko‘nikma va mahoratlarni tezlik bilan shakllantirishga yordam 
beradigan individual xususiyatlar» tushuniladi (F.De Sossyur, L.V.Sherba, J.Grin, 
M.K.Kabardov, V.I.Markova va boshq.). 
Nutqni psixologik tadqiq qilishning istiqbolli vazifasi sifatida inson nutqiy 
qobiliyatining konseptual modelini qurish psixologik hodisa sifatida ko‘rib chiqiladi 
(T.N.Ushakova). Modelda quyidagi hodisalar o‘z izohini topishi lozim: nutq 
yordamida mulohaza qilingan fikrni uzatish (ya'ni, nutqiy semantika muammosi), 
bunda grammatik qoidalardan foydalanish (ya'ni, tilni ishga tushirish), akustik 
kanalni ishga tushirish, muloqot va ijtimoiy aloqa sifatida nutqni qo‘llash, ushbu 
barcha operatsiyalarni miya harakatlari bilan muvofiqlashtirgan holda bayon qilish 
imkoniyatining mavjudligi. 
Nutqni tushunish borasida yuqorida bayon qilingan fikrlar va tavsiflardan 
kelib chiqqan holda 
«
Nutqni rivojlantirish» tushunchasiga murojaat qilamiz. 
«Nutqni rivojlantirish - bu oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga o‘tishdan iborat 
bo‘lgan o‘zgarish; miqdoriy o‘zgarishlarning asta-sekin yig‘ilishi sifat 
o‘zgarishlarining yuz berishiga olib keladigan jarayondir». 
Bolalarga ona tilini o‘rgatish va ularning nutqini rivojlantirishga doir ishlar 
maktabgacha tarbiya muassasasidagi ta'lim-tarbiya ishlari ichida alohida o‘rin 
tutadi. Ushbu ishning m a q s a d i quyidagilardan iborat: - bolalarga nutqiy 
muloqotning muhim shakli - og‘zaki nutqni adabiy til me'yorlariga muvofiq holda 
egallashni, to‘liq ko‘rinishda esa tushunish va faol nutqqa kirishishni o‘rgatish. 
Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda maktabgacha yoshdagi 
Bolalar nutqini rivojlantirish borasidagi vazifalar quyidagilar hisoblanadi: 
Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash; 
Lug‘atni boyitish, mustahkamlash va faollashtirish; 
Nutqning grammatik to‘g‘riligini takomillashtirish; 
Og‘zaki (dialogik) nutqni o‘rgatish; 
Ravon nutqni rivojlantirish; 
Badiiy so‘zga qiziqishni tarbiyalash; 
Savod o‘rganishga tayyorlash. 


Nutq va muloqot masalalarini, maktabgacha davrdagi bolalikning barcha 
yosh bosqichlarida ushbu yo‘nalishdagi pedagogik ishlardan ko‘zda tutilgan 
vazifalarni batafsil ko‘rib chiqamiz. 

Yüklə 348 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin