O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi аlishеr nаvоiy nоmidаgi sаmаrqаnd



Yüklə 442,5 Kb.
səhifə28/53
tarix26.05.2022
ölçüsü442,5 Kb.
#59678
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   53
O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi а

Hayvonlarning o’limi. Hayvonlarning o’limi minglab turli-tuman tashqi va ichki sabablar tufayli sodir bo’ladi. Ushbu sabablarning ayrimlari hayvon uchun mutlaq tasodifiy bo’lishi mumkin. Ammo populyatsiyalardagi o’lim qonuniy xarakterga ega va turli jinslar hamda turli yoshdagi individlarda turlicha bo’ladi; muhit almashganda yoki populyatsiyaning o’zida o’zgarish sodir bo’lganda o’lim sabablari hamda uning hajmi ham qonuniy ravishda o’zgaradi.
O’lim hajmi populyatsiyalar hayotining davom etishi ayrim generatsiyalarning ketma-ket o’limi va uning yosh tarkibi xarakterini belgilaydi.
Ko’pgina hayvon turlarida rivojlanishning dastlabki bosqichlaridagi o’lim soni voyaga yetgan davrdagi individlar o’limidan ancha yuqori bo’ladi. O’z tuxumlarini himoya qilmaydigan baliq turlarida ushbu tuxumlardan chiqqan pelagik (dengiz) lichinkalarining faqat 1-2% voyaga yetadi. Buning aksi sifatida o’z tuxumlarini daryo suvi tubiga ko’mib, ularni dushmanlaridan qo’riqlab yotuvchi losossimon baliqlar chavoqchalarining juda kam qismi halok bo’ladi.
Qush va sut emizuvchilarning qariyb 70-80% bolalari balog’atga yetguncha halok bo’ladi. Yumronqoziqlarning tug’ilgan bolalarini 15-20% balog’atga yetishi mumkin, dala sichqonlarining esa 20-30% voyaga yetadi, lekin shunday bo’lsa ham dala sichqonlarining har 1000 ta tug’ilgan bolalaridan faqat 1-3 tasi maksimal umrini (2 yil) yashashi mumkin.
Voyaga yetgan erkak va urg’ochi hayvonlarning o’limi nisbati ham turlicha bo’ladi, ya’ni erkak jins ko’payish (qo’shilish) mavsumida ko’p harakatchanligi tufayli, kam harakat urg’ochi jinsga nisbatan ko’proq halok bo’ladi, qishda esa uning aksi sodir bo’ladi.
Ko’payish mavsumining oxirida populyatsiyaning voyaga yetgan individlari tarkibida urg’ochi jinslar ko’pchilikni tashkil etsa, qishda ushbu nisbat tenglashadi.
Urg’ochi va erkak jinslarning o’limidagi farq yangi tug’ilgan avlod tarkibidagi ko’pchilikni tashkil etuvchi jins hisobidan tenglashtiriladi. Aslida ma’lum bir generatsiya tarkibidagi urg’ochi va erkak hayvonlarning o’zaro nisbati turli yillarda turlicha bo’ladi, ya’ni noqulay omillar (masalan, oziqa yetishmasligi omili) ko’proq bo’lsa, o’sha yili ko’proq urg’ochi jins paydo bo’ladi (qiyin sharoitda urg’ochi organizm shakllanadi) va aksincha, (sharoit qulay bo’lgan yili) qulay omillar ustunlik qilgan yili erkak jins ko’proq shakllanadi.



Yüklə 442,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin