O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi а
2. Populyatsiyalarning yosh tarkibi Populyatsiya tarkibidagi turli yoshga mansub bo’lgan individlarning o’zaro nisbati uning dinamikasi xarakterini aniqlashda asosiy ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi. Ushbu ko’rsatkich qulay hisoblanuvchi yillarda ko’payishning shiddatli borishi va o’limning past bo’lishi sababli populyatsiya tarkibida asosiy ustunlikni egallovchi kuchli avlod paydo bo’ladi. Bu jarayon populyasiya tarkibidagi yoshi ancha katta bo’lgan guruhlardan ustunlik qiluvchi yosh individlar (guruhlar) ko’pchilikni tashkil qiladi. Agarda populyatsiya tarkibida yoshi katta va keksa guruhlar ko’pchilikni tashkil etsa, bunda populyatsiyada individlarning sonini kamayishi sodir bo’layotganligi va uning kuchsizlanish tomonga qarab borishi deb xulosa qilish lozim. Yosh individlar guruhining qisqarishi, ushbu populyatsiyaning serpushtligini pasayganligini ko’rsatadi.
Populyatsiyalar dinamikasiga ma’lum bir omillar o’z ta’sirini o’tkazib turadi. Bu omillarning dinamikadagi ahamiyati uning ta’sir etish kuchi va xarakteriga bog’liqdir. Odatda ta’sir etuvchi omillarni ikki guruhga ajratish qabul qilingan.
Birinchisi populyatsiya zichligidan qat’iy nazar mustaqil ekzogen (tashqi) omillar va populyatsiya zichligiga bog’liq endogen (avtomatik ravishda boshqariladigan) ichki omillarga ajratiladi. Lekin bunday ajratishning asossiz ekanligi ko’p jarayonlarda bilinib qoladi, chunki mustaqil omillar endogen omillar bilan bog’liq bo’ladi hamda ular har doim o’zaro bog’liq holda va hamkorlikda ta’sir kuchini o’tkazadi.
Turning (populyatsiyaning) mustaqil (ekzogen) omillarga nisbatan maxsus moslashish xususiyatlari shakllanmagan muhit o’zgarishlariga ancha katta hajmda, ba’zan populyatsiyaning asosiy qismiga ofat keltiruvchi omillarni, jumladan, oziqabop o’simliklarning hosilsiz bo’lishi, qurg’oqchilik, suv toshqini, kuchli sovuqlar, qorli bo’ronlar, izg’irin va boshqalar kabilarni ko’rsatish mumkin. Bu kabi mustaqil omillar hayvonlarga umumiy tarzda salbiy ta’sir o’tkazadi va ular orasida tanlanmagan ko’plab populyasiya zichligiga bog’liq (qaram) bo’lgan ichki omillar o’zlarining mustaqil omillarga nisbatan qarshi faoliyati tufayli, ularning salbiy ta’sir kuchini bostirib, kamaytirib turadi, ba’zan esa populyasiya individlari soni haddan tashqari kamayib boradigan bo’lsa, mustaqil omillarning ta’sir kuchini to’xtatib ham qo’yadi.
Masalan, endogen omillarning ta’sir kuchini aniqlash uchun laboratoriya sharoitida ayrim hayvonlarning (masalan, tufelkani) ko’payishi kuzatish mumkin. Tajriba boshida ularning soni avval sekinlik bilan oshadi va ma’lum nuqtadan boshlab soni geometrik progressiya bilan ko’paya boradi, lekin yana ma’lum nuqtadan yana sekinlashadb va to’xtab qoladi. Individlar sonini oshishining to’xtab qolishiga muhitda noqulay omillarning paydo bo’lishi bog’lanadi, ya’ni hayvonlar sonining haddan tashqari ko’payib ketishi hamda ular zichligining ortganligidadir. Bunday holat populyatsiya ichida qo’shimcha salbiy oqibatlarni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi, ya’ni oziqaning yetishmasligi, kannibalizmning rivojlanishi, muhitning moddalar almashinuvi mahsulotlari bilan ifloslanishi (zaharlanishi), rN ning o’zgarishi, tuz miqdori, O2 ning yetishmovchiligi va boshqa sabablar yuzaga keladi. Odatda, bir sabab o’z ustunligini saqlab qolgan holda boshqalari bilan bog’lanishni yo’qotmaydi.
Populyatsiya tarkibida o’lim ko’payib, hayvonning serpushtligi tushadi. Noqulay omillarning ta’siri tufayli o’zgarishlar to’plana borib populyatsiya soni pasayadi. Ba’zan pasayish juda chuqur depressiya darajasigacha olib keladi. Individlar sonining tebranish amplitudasi va uning umumiy turg’unligi populyatsiya dinamikasining muhim belgisidir. Ushbu xususiyat nafaqat turlar orasida, balki bir turning har xil populyasiyalari orasida ham turlicha bo’ladi. Tebranish amplitudasining turg’un bo’lishini ma’lum populyatsiyaning egallab turgan ekologik joyi (nisha)ning kengligi bilan bog’lash mumkin. Ekologik joyning kengligi deganda nafaqat uning maydoni, balki yana ushbu joyda mavjud bo’lgan boshqa raqobatchilar, foydalanishi mumkin bo’lgan manbalar (resursi), dushmanlar miqdori va boshqa bir qator sharoitlar ham hisobga olinadi. Masalan, tropik o’rmonlarda juda boy va turli-tuman organizmlar yashaydi va har bir turning alohida, torgina ekologik yashash joyi bo’ladi. Shunga binoan, uning individlari miqdori ham ana shu tor joyga yarasha o’zgarib turadi. Ushbu sharoitga qarama-qarshi ravishda bir xil bo’lgan landshaftlarda, ya’ni tundra, tayga, cho’l, sahro kabilarda, shuningdek, murakkab bo’lmagan biosenozli maydonlarda populyatsiya soni keskin o’zgarib turadi. Shunga binoan, turlarning (populyatsiyalarning) ekologik yashash joyi keng va o’zgarib turuvchi bo’ladi. Yashash joyning kengayib yoki torayib turishiga oziqabop o’simliklarning hosildor yoki hosilsiz bo’lishi, ushbu oziqadan foydalanish imkoniyatlari va boshqa har xil omillarning qulay yoki noqulay bo’lishi kabilar ta’sir etadi.
Shunday qilib, individlarning, jumladan, populyatsiya miqdori ham muvaffaqiyat bilan rivojlanishi, ko’payishi va yashab qolishi bir qancha omillarga bog’liq bo’ladi. Populyatsiya tarkibidagi miqdorning o’zgarishlari uning muhitdagi asosiy omillar bilan munosabatiga bog’liqdir. Asosiy va doimo o’z ta’sirini o’tkazuvchi omillarga oziqa, gazlar, issiqlik va suv almashinuvi sharoitlari kiradi. Ushbu omillar ayrim individlar holatini aks ettiradi va ularning optimumdan chetga chiqishi individlarning ko’payishi va tirik qolishi imkoniyatlari pasayib ketadi.
Savollar:
Populyatsiyadagi individlar sonining o’zgarishiga qanday omillar sabab bo’ladi?
Turning individlari sonining dinamikasi qanday xususiyatlarga bog’liq?
Serpushtlik xususiyati har xil hayvonlarda qanday amplitudalarda namoyon bo’ladi. Uning sabablari nimaga bog’liq?
Monosiklik va polisiklik hayvonlar deb nimani tushunasiz?
Hayvonlarning o’limi va uning hajmi qanday sabablarga bog’liq?
Populyatsiyalarning yosh tarkibi nimalar bilan aniqlanadi?
Populyasiyadagi depressiya holatini qanday sabablar keltirib chiqaradi?