O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi аlishеr nаvоiy nоmidаgi sаmаrqаnd


III bo’lim BIOSENOZLAR EKOLOGIYASI (BIOSENOLOGIYA)



Yüklə 442,5 Kb.
səhifə30/53
tarix26.05.2022
ölçüsü442,5 Kb.
#59678
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53
O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi а

III bo’lim
BIOSENOZLAR EKOLOGIYASI (BIOSENOLOGIYA)


§1. O’simlik va hayvonlarning o’zaro munosabatlari. Fitosenozlar hayotida hayvonlarning roli
Reja:

  1. Oziqa zanjirida o’simlik va hayvonlarning o’zaro bog’liqligi.

  2. Hayvonlar hayotida o’simliklarning ahamiyati.

  3. O’simliklar evolyutsiyasida hayvonlarning roli.

  4. O’simlik uyushmalari hayotida hayvonlarning roli.

  5. Hayvonlar va o’simliklar orasidagi fazoviy bog’lanishlar.



1. O’simlik va hayvonlarning o’zaro munosabatlari
Moddalarning biologik aylanishi va uning rivojlanish jarayonida murakkablasha borishi asosida o’simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning har xil turlarining populyatsiyalari tabiiy uyushmalar hosil qiladi. Uyushma tarkibidagi turlarni o’zaro bog’lovchi narsa ularning oziqaga bo’lgan munosabatidan kelib chiqadi. Ular orasidagi munosabat oziqa zanjiri ko’rinishida birin-ketin amalga oshadi, ya’ni har bir oldin keluvchi zveno navbatdagi bo’g’inga oziqa bo’lib xizmat qiladi. Oziqa zanjirini quyidagi sxema bilan ifodalash mumkin.

Shuni aytish kerakki, oziqa zanjiridagi o’zaro munosabat biri ikkinchisini faqat oziqa sifatida ishlatmasdan, balki oziqa bo’luvchi organizmning moddalar almashinuvida paydo qilgan chiqindi mahsulotlaridan (nafas olish va eksresiya mahsulotlari) ham foydalanadi.
Uyushmani tashkil etuvchi organizmlar nafaqat oziqa uchun balki ular boshpana (makon) uchun ham o’zaro yaqin munosabatda bo’lishadi. Bir turning individlari boshqa bir tur individi tanasidan boshpana sifatida (endoparazit) foydalansa, ba’zida esa boshqa bir tur vakili uni tashqi qoplag’ichidan vaqtinchalik yashash joyi (ektoparazit) sifatida foydalanadi. Tarkibi turli-tuman organizmlardan tashkil topgan uyushmalar g’orlarni, qoya va yoriqlarni, toshloq va boshqa tabiiy joylarni tanlab yashashi mumkin. Ko’pgina hayvonlar boshqa bir hayvonlarning inlarini, uyalarini va boshqa yashash joylarini o’zlari uchun boshpana qilib oladi va unda dushmanlaridan yashirinadi, o’zlari uchun mikroiqlimdan foydalana oladi. Ayniqsa, o’simlik uyushmalari yoki o’troq hayot kechiruvchi hayvonlar guruhi boshqa hayvonlar uchun boshpana va dushmanidan himoyalanish joyi, shuningdek, noqulay abiotik omillar ta’siridan qutulib qolish uchun foydalanadi.
Umuman, turlar orasidagi oziqa va yashash makoni uchun yuzaga keladigan munosabatlarni uch xilga ajratish mumkin, ya’ni:

  1. Birga yashash (simbioz)

  2. Bir-biriga qarshi hayot kechirish (antibioz)

  3. Befarq holda hayot kechirish (neytralizm).

Ushbu klassifikasiyani 1952 yilda P.Bark-Xolder taklif etgan. 1954 yilda G.Klark qo’llab chiqqan.
Ikki va undan ko’p turlarning o’zaro juda yaqin munosabatda bo’lib yashashidan ularning biri o’ziga ma’lum foyda oladi. Ushbu holda yashashning tarixiy ahamiyati shundaki, ular o’zaro birga yashashga moslashgan bo’ladi.
Simbioz va iste’molchi orasidagi (o’simlik va fitofag hayvon, yirtqich va uning o’ljasi, parazit va uning xo’jayini) munosabatda ular o’zaro bir-biriga bog’liq bo’ladi. Masalan, yirtqich hayvon o’z o’ljasini kelgusida yashashini davom ettirishiga garov bo’ladi. Bundagi o’zaro bog’liqlik shundan iboratki, yirtqich o’z o’ljasi orasida aksariyat kasallanganini, o’zini himoya qila olmaydiganini ushlab yeydi. Shu bilan yirtqich o’lja orasida kasallik tarqalishining oldini oladi, ya’ni (sanitarlik vazifasini bajaradi). Yoki lyambliya (Z. intestinalis) bilan zararlangan odam ichburug’ (bakterial dizenteriya) bilan kasallanmaydi.
Simbiozning boshqa bir shakli mutualizm bo’lib, simbiontlar o’zaro (umumiy) yagona moddalar almashinuviga ega bo’ladi. Masalan, lishayniklar, yuksak o’simliklar va ularning rizosferasidagi mikroorganizmlar, bir hujayrali hayvonlar orasida zooxlorella va zooksantellalar, kavshovchi sut emizuvchilarda ichak mikrofauna hamda mikroflorasi va boshqalar.
Simbiozning yana bir shakli sinoykiya (kvartirantlik). Bir turning tanasi boshqa biriga yashash joyi bo’lib xizmat qiladi. Sinoykiya - epioykiya va entoykiya shakllarida bo’ladi.
Antibiozda simbioz bir tur boshqa bir turga ontogonistik munosabatda bo’ladi. Antibiozda biri ikkinchisining hayot kechirishini chegaralab qo’yishiga yoki to’xtatib qo’yishga intiladi. Antogonizm mikroorganizmlar orasida (zamburug’ va bakteriya), yuksak o’simliklar bilan hayvonlar orasida ko’p uchraydi. Antibiozga yana konkurensiya (raqobatchilik) ham kiradi. Oziqa uchun raqobat qilish, ayniqsa, uchastka uchun, boshpana uchun va boshqa yashash uchun zarur bo’lgan narsalarda o’z aksini topadi.
Befarq hayot kechirishni esa uyushmada o’zaro bog’liq bo’lmagan, oziqa va yashash joyi turlicha bo’lgan organizmlarning munosabatlarida ko’rish mumkin.



Yüklə 442,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin