O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi аlishеr nаvоiy nоmidаgi sаmаrqаnd


Hayvonlar hayotida o’simliklarning ahamiyati



Yüklə 442,5 Kb.
səhifə31/53
tarix26.05.2022
ölçüsü442,5 Kb.
#59678
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53
O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi а

2. Hayvonlar hayotida o’simliklarning ahamiyati
O’simliklar fitofag hayvonlarning asosiy oziqasidir. Hayvonlarning geografik tarqalishi, ma’lum bir arealda (hududda) taqsimlanishi va ularning soni aynan shu o’simliklarga bog’liq.
Ayrim qavat (pog’ona-yarus)dagi o’simliklar uyushmasida o’ziga xos, turli hayvonlar uchun qulay bo’lgan mikroiqlim hosil qilinadi. O’simliklar hayvonlarni boshpana bilan ta’minlaydi va dushmanlaridan saqlanishiga yordam beradi. Yirtqich hayvonlarga ovni qiyinlashtiradi yoki osonlashtiradi. Ko’pgina mollyuskalar, baliqlar, hasharotlar va boshqa bir qator hayvonlar suv va quruqlik o’simliklardan substrat, hayvonlarning tuxum qo’yadigan joyi, lichinkalarning yashaydigan muhiti sifatida foydalanishadi.Birqancha zamburug’lar, bakteriyalar va viruslar hayvonlar orasida xilma-xil og’ir kasalliklarni paydo qilib, ko’p qismini halok qiladi, lekin ayrim hayvonlar uchun ular asosiy oziqa bo’lib xizmat qiladi.
Hayvonlarning o’simliklar bilan oziqa va makon (yashasha joyi) uchun bog’lanishlarining tarixiy shakllanishi ularning tuzilishida o’ziga xos xususiyatlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Hozirgi vaqtda ham ular o’z individlarining dinamikasi xususiyatlari bilan ham bog’liqdir.
O’simliklar bilan oziqlanuvchi hayvonlar individlarining soni va ularning tarqalishi oziqa bo’luvchi o’simliklarning ko’pligi va tarqalishiga bog’liqdir. Monofag hayvonlar qayerda oziqa bo’luvchi o’simliklar bo’lsa, ular faqat o’sha joyda uchraydi, lekin oziqabop o’simlikning tarqalishi arealiga nisbatan areali tor bo’ladi, chunki hayvon uchun faqat oziqaning o’zi yashash uchun yetarli bo’lmaydi, balki hayvon uchun yana mikroiqlim va muhit ximizmi, boshpana (yashirinish joyi) dushmani va raqobatchilari bo’lishi ham kerak.
Oziqabop o’simliklarning miqdori va tarkibining o’zgarishi ushbu o’simliklar bilan bog’liq bo’lgan hayvonlarning geografik tarqalishi va ular sonining o’zgarishiga olib keladi. Masalan, o’rmonning kesilishi, yerlarni haydash va ekish, cho’l (bo’z) yerlarda hayvonlarni haddan tashqari surunkasiga boqish, agrosenozlarni barpo qilish kabilar o’simlik qoplamini o’zgarishiga olib keladi. Bu esa ba’zi hayvonlar uchun qulay bo’lsa, boshqalari uchun noqulayliklarni keltirib chiqaradi.
Tabiatda oziqa bo’luvchi o’simliklar zahirasining o’zgarib turishi fitofag hayvonlar sonining o’zgarishini ifodalaydi. Daraxtsimon o’simliklarning serhosil va sermeva yillari hosilsiz yillar bilan almashinadi.
Janubiy hududlarda daraxtlarning serhosil yillari ko’proq takrorlanadi va mahsulotning hajmi ancha katta bo’ladi.
Oziqa zahiralarining ko’payishi ayrim hayvonlarning, masalan, dala sichqonlarining issiq va sernam kuzdan keyin, hatto qishda ko’payishini kuzatish mumkin.

Yüklə 442,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin