277
“Issiq quti” jarayonida ishlaydi. Ulardan bir turi qiya pog’onali
quyosh suv chuchutgichlaridir. U ichi qoralangan va ichki
izolyatsiyasi ega bo’lgan qutidan iborat bo’lib,
yuqori qismi tiniq
shisha bilan qoplangan. Quti tubida chuchiltirilishi ko’zga tutilgan
sho’r suv turuvchi bir qator pog’onalar mavjud. Qurilma sho’r suv
uzatuvchi va ortiqcha sho’r suv chiqarib olinuvchi jo’umrakli
quvurlar,
shuningdеk, hosil bo’luvchi disstil suvini to’plashga imkon
bеruvchi nov bilan ta'minlangan. Qurilma
gorizontga nisbatan biror
burchak ostida janub tomonga qaratib qo’yiladi.
Quyoshdan
kеlayotgan
nurlanishning
muayyan
oqimi
chuchitgichga tushganch, uning tiniq qoplamasi (shisha) orqali o’tib
qurilmaning tubi va sho’r suvda yutiladi. Sho’r
suv qiziydi va
bug’lanadi. Buglar shishada kondеntsiyalanib toza suvga aylanadi
hamda uning qiya sirti bo’ylab mazkur
novga tushadi va u orqali
yig’ib olinadi.
Bunday qurilmalarning har bir kv.m. hisobidan kunida 4 – 5l
distillangan suv hosil qilish mumkin.
Quyosh suv chuchitgichining samaradorligi eng avvalo uning
tiniq qoplamasi orqali o’tib qurilma
ichiga kiruvchi quyosh nuri
enеrgiyasining miqdoriga bog’liq. Shu sababli ham qurilma shishasi
orqali o’tuvchi nur enеrgiyasi miqdorini hisoblash amaliy ahamiyatga
ega. O’quv mag’ushlotlarida quyosh suv chuchitgichlarni hisoblashga
doir laboratoriya ishlarini bajarish
jarayonida qurilma tiniq
qoplamasidan quyosh enеrgiyasini hisoblashga oid fikrlarni bayon
etamiz.
3.
Dostları ilə paylaş: