O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti



Yüklə 370,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/19
tarix02.04.2023
ölçüsü370,51 Kb.
#92612
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Yahudiylar O‘rta Osiyoda 
Ma‘lumki, yahudiylar O‗rta Osiyoga qadim zamonlardan ko‗chib kelganlar. 
Ularning bu kelishlari haqida turli xil rivoyatlar mavjud. Ularning ichida umum 
e‘tirof etilganlaridan biri shuki, yahudiylar bu mintaqaga Eron orqali kirib 
kelganlar. Bu xalqning O‗rta Osiyoga hijrati ko‗p asrlar mobaynida davom etdi. 
Taxminlarga ko‗ra, ular Assuriya quvg‗inlari paytida – er. av. VII-VI asrlarda 
Eronga ko‗chib kela boshlaganlar. Hatto e.r. av. VIII asrlarda ba‘zi yahudiylar 
Isroilni tark etib, Misr, Eron kabi o‗lkalarda boshpana topganliklari haqida ham 
xabarlar bor. Fors davlati ma‘lum muddat O‗rta Osiyoni o‗z hukmlari ostida tutib 
turgan va xuddi shu davrda yahudiylarning ko‗chib kelishi amalga oshgan. Bu 
fikrni mahalliy yahudiylarning fors lahjalaridan birida gaplashishlari ham 
quvvatlaydi. Ularning hayot tarzlari, urf-odatlari qadimiy yahudiy, fors va mahalliy - 
O‗rta Osiyo madaniyatlarining qorishmasidan iborat. Tarixning turli jarayonlarida 
bu uch madaniyatdan ba‘zilarining ta‘siri kuchayishi yoki aksincha susayishi 
kuzatilgan. XVIII asrning boshlarida O‗rta Osiyoda yuz bergan siyosiy jarayonlar 
tufayli yahudiylar Eron, Afg‗oniston, Xiva, Qo‗qon va Buxoro jamoalariga bo‗linib 
ketdi. O‗tgan asrning ikkinchi yarmida Rossiya tomonidan O‗rta Osiyoning ma‘lum 
bir qismining bosib olinishi yana yahudiylarning Turkiston Muxtoriyati va Buxoro 
Amirligi jamoalariga bo‗linib ketishiga olib keldi. Yahudiylik millat dini bo‗lganligi 
uchun yahudiylar qaerda bo‗lmasin, biri-ikkinchisidan qancha uzoq bo‗lmasin, 
o‗qiydigan kitobi – Tavrot, e‘tiqod qiladigan dini yagona bo‗lib qolaverdi. XVIII 

Yüklə 370,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin