1. «Osiyo taraqqiyoti banki ishtirokida Buxoro, Navoiy va
Qashqadaryo viloyatlarida yerlarning meliorativ holatini yaxshi-
lash» loyihasi doirasida 1 ta loyiha asosida 3 ta obyektda 165,4 km
uzunlikda 8454,5 mln so‘mlik rekonstruksiya ishlari amalga oshirilishi
rejalashtirilgan bo‘lib, 10-aprel holati bo‘yicha 31,26 km uzunlikdagi
kollektorlarda 1433,61 mln so‘mlik ishlar amalga oshirildi. Ushbu
ishlarga 37 dona ekskovatorlar, 12 dona bul’dozerlar jalb etildi.
2. Xalqaro taraqqiyot banki ishtirokida «Qishloq xo‘jaligi
korxonalarini qo‘llab-quvvatlash 2-bosqich» loyihasi bo‘yicha
«Irrigatsiya va drenaj tarmoqlarini qayta tiklash» komponenti doirasida
belgilangan Mirishkor tumanidagi 15 km uzunlikdagi «UR-11» kanalini
rekonstruksiya qilish obyekti bo‘yicha shartnoma qilish ishlari amalga
oshirilmoqda.
Davlat budjeti hisobidan Suv xo‘jaligi obyektlarida kapital
qurilish ishlari bo‘yicha 2014-yilda jami 10246,7 mln so‘mlik 8 ta
loyiha asosida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan
bo‘lib, 10-aprel holati bo‘yicha 920,7 mln so‘mlik qurilish montaj ishlari
amalga oshirildi.
254
11.3.1-jadval
Qashqadaryo viloyatida 2014-yilda amalga oshirilayotgan irrigatsiya va melioratsiya obyektlari to‘g‘risida 2014-yil 10-
aprel holati bo‘yicha ma’lumot
shundan 1-chorakda
2014-yil rejasi
reja
Amalda 10-aprel holatiga
Mavjud
mexanizmlar
№ Obyektlar
nomi
quvvati,
km
qiymati,
mln so‘m
quvvati,
km
qiymati,
mln so‘m
quvvati,
km
%
qiymati,
mln so‘m
%
eksko-
vator
buld
o-zer
1
Davlat dasturi asosida amalga
oshiriladigan melioratsiya obyektlari -
29 ta loyiha
774,8 13837,3 211,3 3030,1 207,2 98 2786,1 92 77 31
Shundan: Qurish va rekonstruksiya
qilish
104,8 8095,6 44,6 1578,0 44,0 99 1383,0
88
28 14
Tizimli ta’mirlash-tiklash
670,0 5741,7 166,7 1452,1 163,2 98 1403,1
97 49 17
2
Xorijiy investitsiya hisobidan amalga
oshiriladigan Osiyo taraqqiyot banki va
Xalqaro taraqqiyot banki ishtirokidagi
obyektlar - 4 ta obyekt
165,4 9737,46 35,2 2106,18 31,26 89 1433,61
68 37 12
3
Budjet mablag‘i hisobidan amalga
oshiriladigan Kapital qurilish obyektlari
- 8 ta obyekt
10246,7
1079,4
920,7
85
8
5
Hammasi:
940,2 33821,5 246,5 6215,7 238,5 97 5140,4 83 122 48
Manba: Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
255
Shundan: 4 ta yildan yilga o‘tuvchi, 4 ta yangidan boshlanuvchi
obyektlardir.
Yildan yilga o‘tgan obyektlar:
1. «Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanidagi Guldara
daryosida sel suv ombori qurilishi».
2014-yil rejasi 3000 mln so‘m bo‘lib, shundan 4 oylik reja
bo‘yicha 316,7 mln so‘mni tashkil etadi. 2014-yil 10-aprel holati
bo‘yicha 124,1 mln so‘mlik yoki 40 foiz qurilish-montaj ishlari amalga
oshirildi.
2. «Mirishkor tumanidagi sug‘orish tarmoqlarini tizimli qayta
tiklash».
2014-yil rejasi 1000 mln so‘m bo‘lib, shundan aprelgacha bo‘lgan
reja 166,7 mln so‘mni tashkil etadi. 10-aprel holatiga 70.0 mln so‘mlik
yoki 42 foiz qurilish-montaj ishlari bajarildi.
3. Qamashi tumanidagi «Qo‘ng‘ir» nasos stansiyasini qayta
tiklash.
2014-yil rejasi 1500 mln so‘m bo‘lib, 10-aprel holati bo‘yicha
178,4 mln so‘mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.
4. «Koson tumanidagi sug‘orish tarmoqlarini tizimli qayta
tiklash».
2014-yil rejasi 1000 mln so‘m bo‘lib, shundan 10-aprel holati
bo‘yicha 186,7 mln so‘mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.
5. Kitob tumanidagi «Pistaxon» kanalining bosh qismida suv
yig‘ish inshootining qurilishi.
2014-yil rejasi 618,3 mln so‘m, 10-aprel holatiga 173,3 mln
so‘mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.
6. Qarshi shahrini oqar suv bilan ta’minlashni yaxshilash uchun
«Yo‘ldosh» nasos stansiyasini qayta tiklash.
2014-yil rejasi 1000 mln so‘m, 10-aprel holati bo‘yicha 115,2 mln
so‘mlik qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.
7. Qamashi tumanidagi katta Jayilma nasos stansiyasini qayta
tiklash ishlari bo‘yicha:
2014-yil rejasi 1000 mln so‘m, 10-aprel holatiga 73,0 mln so‘mlik
qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi.
Krеdit yo‘nаlishlаrining rеsurslаridаn xоrijiy uskunаlаr vа tеxnо-
lоgiyalаrini xаrid qilishni mоliyalаshtirish, qishlоq xo‘jаlik mаhsulоtlаri
vа mаhаlliy xоmаshyo rеsurslаrini qаytа ishlаsh, ishlаb chiqilgаn
nаmunаviy yoki аlоhidа loyihаlаr аsоsidа ekspоrtgа yo‘nаltirilgаn
mаhsulоtlаr vа xаlq istе’mоl mоllаri ishlаb chiqаrishni ko‘zdа tutаdigаn
256
invеstitsiya loyihаlаrini tа’minlаsh bilаn bоg‘liq dаstlаbki ishchi kаpitа-
lini shаkllаntirish uchun fоydаlаnilаdi.
Keyingi yillarda fermer xo‘jaliklarini barqaror rivojlantirish uchun
qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida hosildorligi past bo‘lgan
yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini davlat tomonidan moliyaviy qo‘llab-
quvvatlash uchun mablag‘lar ajratish amaliyotda qo‘llanmoqda. O‘zbe-
kiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 5-noyabrdagi «Hosildorligi
past yerlarda davlat ehtiyoji uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
yetishtirayotgan fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi PQ-725-sonli Qarorida fermer xo‘jaliklarini barqaror
rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularga samarali va
amaliy davlat madadini ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi
Davlat budjetida hosildorligi past bo‘lgan yerlarda davlat ehtiyojlari
uchun qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarini
moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun maqsadli mablag‘lar ajratish,
Moliya vazirligiga har yili Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda
mazkur maqsadlarga yer solig‘i bo‘yicha tushumlar hisobidan mablag‘-
lar ajratish vazifasi yuklatildi.
Mazkur qarorga muvofiq, ball boniteti past yerlarda davlat ehtiyoj-
lari uchun paxta xomashyosi yetishtirish bilan shug‘ullanayotgan fermer
xo‘jaliklarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga davlat budjetidan ajrati-
layotgan mablag‘lar qiymati 2008-yildagi 60 milliard so‘mdan 2012-
yilda 160 milliard so‘mga oshdi va 2013-yilda bu ko‘rsatkich 200
milliard so‘mni tashkil etdi (11.3.2-rasm).
120
130
140
160
200
0
50
100
150
200
250
2009
2010
2011
2012
2013
11.3.2-rasm. Hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga davlat budjetidan
ajratilayotgan subsidiyalar qiymati, milliard so‘mda
257
Ushbu mablag‘lar fermerlarning xizmat ko‘rsatuvchi va ta’minotchi
tashkilotlar oldidagi qarzlarini qisqartirishda salmoqli manba bo‘lmoq-
da.
Qashqadaryo viloyati tumanlarida 2014-yil paxta-g‘alla hosilini
yetishtirishga ajratiladigan imtiyozli kreditlar me’yorlarida boshqa
yo‘nalishlar uchun ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan SIU xizmatlari
uchun 7139,8 mln so‘m ajratildi. Biroq ushbu mablag‘ning 57 foizi yoki
4075,9 mln so‘mi tijorat banklari tomonidan to‘lab berildi.
11.4. Irrigatsiya va meliоratsiya tadbirlariga investitsiya jalb etish
Melioratsiya – yerning unumdorligini tubdan yaxshilashga qaratil-
gan tashkiliy-xo‘jalik, muhandislik va agrotexnik tadbirlar turkumidir.
Qishloq xo‘jaligida ekinlar hosildorligini muttasil yuksaltirish
vazifasi birinchi navbatda sug‘oriladigan yerlarning unumdorligi va
irrigatsion-meliorativ holatiga bog‘liq. Ilmiy tadqiqot ishlarining
natijalariga ko‘ra, o‘rtacha sho‘rlangan yerlarda ekinlarning hosildorligi
sho‘rlanmagan yerlarga nisbatan 50–60 foizga, o‘ta sho‘rlangan yerlarda
esa 90–100 foizga past bo‘lishi aniqlangan.
Quyidagi diagrammada respublikamizning sug‘oriladigan yerlarida
yerlarning meliorativ holati keltirilgan bo‘lib, bunda jami sug‘oriladigan
yerlarning 52,0 foizi sho‘rlanmagan bo‘lib, biroq qolgan 48,0 foizi turli
darajada sho‘rlangan yerlar hisoblanadi.
O‘tgan yillar davomida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini
yaxshilash tadbirlari hukumatimizning doimiy e’tiborida bo‘lib keldi.
11.4.1-diagramma. O‘zbekiston Respublikasi sug‘oriladigan yerlarining
sho‘rlanganlik darajasi
258
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 29-oktabrdagi
«Yerlarni meliorativ holatini yaxshilashning tizimlarini tubdan takomil-
lashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-3932 sonli Farmoniga muvo-
fiq, Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini 2008–2012-yillarda
yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Dasturda
melioratsiya tizimini rivojlantirish va takomillashtirish hamda yerlarning
meliorativ holatini yaxshilashga yo‘naltirilgan quyidagi tadbirlar
majmuasini amalga oshirish mo‘ljallangan: (11.4.1-jadval)
11.4.1-jadval
Mamlakatimiz bo‘yicha meliorativ tadbirlarlarga ajratilgan mablag‘lar,
milliard so‘mda
shu jumladan:
Tadbirlar nomi
Jami
2008–
2012-
yillarda
2008- y 2009 -y 2010-y 2011-y 2012
-y
Meliorativ
obyektlarni
rekonstruksiya
qilish va qurish
ishlariga
310,3 22,4 57,3 63,8 81,6 85,2
Meliorativ
obyektlarni
ta’mirlash va
tiklash ishlariga
313,5 38,6 48,1 59,2 77,0 90,6
Lizing asosida
meliorativ
texnikalar yetkazib
berishga
127,6 29,3 25,4 27,2 20,0 25,7
Jami 751,4
90,3
130,8 150,2 178,6 201,5
Manba: O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi
ma’lumotlari asosida tuzilgan.
1. Magistral va xo‘jaliklararo zovurlar, meliorativ tik quduqlarni,
meliorativ nasos stansiyalarini qurish va qayta tiklash, yopiq-yotiq
drenajlarni tiklash.
2. Meliorativ nasos stansiyalarini, gidrotexnika va suv o‘tkazuvchi
inshootlarni va boshqa meliorativ obyektlarni ta’mirlash-tiklash ishlari-
ni amalga oshirish.
3. Suv xo‘jaligi qurilishi va suvdan foydalanish tashkilotlarining
moddiy-texnik bazasini mustahkamlash.
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga qaratil-
259
gan irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini moliyalashtirishga davlat
budjetidan mablag‘lar ajratish ishlari davom ettirilmoqda. Jumladan,
2008-yilga bu maqsadlar uchun jami 90,3 milliard so‘m ajratilgan
bo‘lsa, 2012-yilga kelib bu ko‘rsatkich 201,5 milliard so‘mga yetdi.
O‘tgan 2008–2012-yillarda jami ajratilgan mablag‘lar qiymati 751,4
milliard so‘mni tashkil etdi (8-ilova).
2012-yilda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ishlab
chiqarish va kommunikatsiya obyektlari, qishloq xo‘jaligi hamda
meliorativ qurilishni rivojlantirish bilan bir qatorda ijtimoiy sohani yangi
bosqichga ko‘tarish masalalari hukumatimizning diqqat markazida
bo‘ldi. Hozirgi kunda sug‘oriladigan yerlarning suv ta’minoti va
meliorativ holatini yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligi korxonalarini
tarkibiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qiymati 541,65 million AQSH
dollariga teng bo‘lgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi 10 ta loyiha
amalga oshirilmoqda. Shundan 2012-yilda qiymati 79,94 million AQSH
dollari teng bo‘lgan mablag‘lar o‘zlashtirilib, bu loyihalar asosida
yerlarning suv ta’minoti va meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha
kompleks tadbirlar amalga oshirilmoqdi. Amalga oshirilgan keng
ko‘lamli ishlar natijasida 2006–2012-yillar mobaynida sho‘rlanmagan
maydonlar hajmi 2109 ming gektardan 2192 ming gektarga kengayib,
kuchli sho‘rlangan maydonlar hajmi 163 ming gektardan 118 ming
gektarga qisqardi. Yer osti sizot suvlari sathining chuqurligi 1,5
metrgacha bo‘lgan maydonlar hajmi 272 ming gektardan 177 ming
gektarga qisqardi.
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash Davlat
dasturi doirasida viloyatda 2012-yilda meliorativ obyektlarni qurish va
rekonstruksiya qilish bo‘yicha 13 ta loyiha asosida 194 km uzunlikda
yangi zovur qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi.
Qashqadaryo viloyatida «Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ
holatini yaxshilash» Davlat dasturi bo‘yicha meliorativ obyektlarni
qurish va rekonstruksiya qilish hamda tizimli ta’mirlash-tiklash ishlari
2012-yilning 30 noyabr holati bo‘yicha 743,7 km uzunlikda zovur
qurish, rekonstruksiya qilish hamda zovurlarni tozalash ishlari amalga
oshirilib, 14255,78 mln so‘m mablag‘ o‘zlashtirildi hamda 11400 gektar
maydonning meliorativ holati barqarorlanishiga erishildi.
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish orqali
tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan Mamlakatimizda
260
demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini
rivojlantirish konsepsiyasida bayon etilgan. Ushbu konsepsiyada bel-
gilab berilgan ustivor vazifalardan kelib chiqib, O‘zbekiston respublikasi
Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan dasturda
2011–2015-yillar mobaynida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ
holatini yaxshilash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan meliorativ
inshootlar qurish, ularni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash, tomchilatib
sug‘orish tizimini yo‘lga qo‘yish va melioratsiya texnikalarini xarid
qilish bo‘yicha qariyib 500 million dollarga teng bo‘lgan loyihalar
hisobidan 1,4 million gektar yer maydonining meliorativ holatini
yaxshilash kabi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan muhim prognoz
vazifalari belgilangan.
Davlat budjeti hisobidan ajratilgan mablag‘lar, asosan, yillik smeta
asosida bevosita suv xo‘jaligi tizimi ma’muriy-boshqaruv organini
saqlab turish, yirik suv inshootlarini ekspluatatsiya va rekonstruksiya
qilishga va xo‘jaliklararo irrigatsiya tarmoqlari tizimini ta’mirlashga,
yirik suv yetkazib beruvchi mashina-magistral kanallarni ekspluatatsiya
qilish hamda ta’mirlashga, yuqori quvvatli nasos stansiyalarini saqlab
turish va ularning energetik resurslariga talabini qondirish maqsadlariga
yo‘naltirildi.
Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 19-
apreldagi «2013–2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliora-
tiv holatini yanada yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanish
chora-tadbirlari to‘g‘risida» 1958-sonli Qaroriga ko‘ra quyidagi
vazifalar belgilab berildi:
9
2013–2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ
holatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlash
bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksi;
9
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan 2013–
2017-yillar davrida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ yaxshilash
bo‘yicha ishlarning prognoz parametrlari;
9
Davlat budjetidan markazlashgan investitsiyalar hisobiga
moliyalashtiriladigan 2013–2017-yillar davrida irrigatsiya obyektlarini
qurish va rekonstruksiya qilish prognoz parametrlari;
9
suv iste’molchilari va fermer xo‘jaliklari uyushmalarining
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan 2013–2017-yillar davrida
sug‘orish tarmoqlarini ta’mirlash va tiklash prognoz parametrlari;
9
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining kredit
261
mablag‘lari va o‘z mablag‘lari hisobidan 2013–2017-yillar davrida
tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etishning prognoz parametrlari.
Shuningdek:
qurilayotgan korxonalar birlashgan direksiyalarining vazifalari
kengaytirilib, ularning zimmasiga tumanlararo va xo‘jaliklararo
kollektorlar hamda boshqa melioratsiya obyektlarini ta’mirlash va
tiklash bo‘yicha buyurtmachi vazifasi qo‘shimcha yuklandi;
2013-yil 1-maydan boshlab bog‘dorchilik, uzumchilik va poliz
mahsulotlarini yetishtirish uchun yer ajratishda qishloq xo‘jaligi tovar
ishlab chiqaruvchilari tomonidan tomchilatib sug‘orish tizimini joriy
etish bo‘yicha investitsion majburiyat olinishi belgilab qo‘yildi.
11.5. Chоrvachilik va bоg‘dоrchilikka investitsiya jalb etish
Mamlakatimiz dehqon va fermer xo‘jaliklarining chorvachilik
tarmog‘ini kompleks rivojlantirish dasturlarida asosiy e’tibor chorva
mollarining naslini yaxshilash, mahsuldorligini oshirish, tarmoqda servis
xizmatini rivojlantirish va chorvachilikning ozuqa bazasini mustahkam-
lashga qaratilgan. Buning uchun:
- chorvachilik tarmog‘ining moddiy-texnikaviy bazasini mustah-
kamlash;
- naslchilik-seleksiya ishlarini tubdan yaxshilash;
- tarmoqda servis xizmati, jumladan, zooveterinariya xizmatlari
ko‘rsatish sifati va assortimentini oshirish;
- parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va pillachilik sohalarini
rivojlantirish;
- chorva mollarini yuqumli kasalliklardan muhofaza qilish tizimini
yanada takomillashtirish;
- ozuqa ekin maydonlarini kengaytirish va optimal joylashtirish,
bunda lalmi yerlarda chorva mollari uchun ozuqa yetishtirish ko‘lamini
kengaytirish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Keyingi yillarda chorvachilik rivojlangan mamlakatlardan zotdor
mollarni olib kelib, urchitishni tashkil etishga jiddiy e’tibor berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining
ma’lumotlariga qaraganda, 2006–2012-yillar mobaynida Ukraina,
Belorus, Polsha, Avstriya, Germaniya, Gollandiya va boshqa Yevropa
mamlakatlaridan 28174 bosh naslli golshtinfriz (Germaniya, Polsha),
qora-ola (Belorus, Ukraina), qizil-cho‘l (Ukraina), simental (Avstriya)
zotlariga mansub zotdor qoramollar keltirildi.
262
5501
6656
977
5323
4888
0
1000
2000
3000
4000
5000
6000
7000
2008
2009
2010
2011
2012
Chetdan keltirilgan mollardan tug‘ilgan buzoqlar soni 55 519
boshga yetdi. Keyingi yillarida ko‘pgina naslchilik fermer xo‘jaliklari
yangidan shakllandi. Hozirgi kunda qoramolchilik yo‘nalishidagi
naslchilik xo‘jaliklari soni 448 taga yetkazilib, ularda 107751 bosh
yuqori nasldor qoramollar parvarish qilinmoqda. Birgina 2012-yilda
ularda 7,2 mingdan ortiq naslli mollar tayyorlandi hamda fermer va
dehqon xo‘jaliklariga sotildi (11.5.1-rasm).
11.5.1-rasm. Xorijiy mamlakatlardan keltirilgan naslli qoramollar soni
Chorva mollari naslini va mahsuldorligini oshirish bo‘yicha
naslchilik–seleksiya ishlarida ham ijobiy o‘zgarishlar sezilmoqda. Zavod
tipidagi naslchilik fermer xo‘jaliklari chetdan keltirilgan golshtinfriz,
bushuyev, simental, shvits, qora-ola va qizil cho‘l zotli mollar hisobidan
shakllantirilmoqda. Aksariyat naslchilik toifasidagi xo‘jaliklarda
sigirlardan bir kunda 20–30 kilogrammdan yoki laktatsiya davomida 6-7
ming kilogrammdan sut sog‘ib olinmoqda.
Respublikamiz hukumati tomonidan mamlakatimizda chorvachilik-
ning parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik kabi tarmoqlarini rivojlan-
tirish borasida ham maqsadli dasturlar ishlab chiqilgan va amalga
oshirilmoqda. Bularning barchasi xalqimizning chorvachilik mahsulot-
lariga bo‘lgan talabini barqaror qondirishga muhim hissa qo‘shishi
shubhasiz.
Mamlakatimizda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni kengay-
tirish va agrar ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish yuzasidan jami
575 gektar yer maydonida intensiv bog‘lar barpo etildi. Bu bog‘larda
yuqori iste’mol xususiyatiga ega va serhosil bo‘lgan mevali daraxt
ko‘chatlari ekilmoqda. Bunday bog‘larning yaratilishi mamlakatimiz
263
aholisini sifatli meva mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash imkonini
yaratadi. Birgina 2011-yilning kuzi va 2012-yilning bahorida jami 7661
gektar maydonga yangi mevali bog‘lar, shundan 2110 gektar yerga
maydonda intensiv bog‘lar barpo etish, 8518,8 gektar maydondagi
bog‘larni qayta ekish belgilangan.
Mamlakatimiz aholisini meva va sabzavotlar bilan yil davomida bir
me’yorda ta’minlab borish uchun keng tarmoqli sovutish kameralariga
ega omborlar tizimini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-apreldagi 105-sonli
qaroriga muvofiq aholi va tashqi bozorlarga yil davomida muntazam
meva-sabzavotlarni sof holda yetkazib berish maqsadida 2011–2015-
yillarda 120,8 ming tonna sig‘imga ega bo‘lgan yangi sovutish
kameralarini qurish va 49,1 ming tonna sig‘imga ega bo‘lgan mavjud
sovutish kameralarini modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan.
O‘zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsining 2008-yil 25-
nоyabrdаgi 254-sоnli «2009-yildа mеvа, sаbzаvоt, kаrtоshkа, pоliz vа
uzum mаhsulоtlаrini yеtishtirish hаmdа ishlаtishning prоgnоz ko‘rsаt-
kichlаri to‘g‘risidа» gi qаrоri аsоsidа jоriy yildа Qаshqаdаryo vilоyati
bo‘yichа 5488 gеktаr kаrtоshkа, 14572 gеktаr sаbzаvоt vа 5636 gеktаr
pоliz ekinlаri ekilib, ushbu mаydоnlаrdаn 86,2 ming tоnnа kаrtоshkа,
286 ming tоnnа sаbzаvоt, 82,3 ming tоnnа pоliz mаhsulоtlаri
yig‘ishtirib оlindi.
Dehqon va fermer xo‘jaliklari tomonidan yetishtirilgаn mеvа-sаb-
zаvоt mаhsulоtlаrining 24 fоizi 94 ming tоnnаsi qаytа ishlаsh kоrхоnа-
lаri tоmоnidаn qаytа ishlаshgа qаbul qilinib 8 ming tоnnаdаn оrtiq
mеvа-sаbzаvоt kоnsеrvаlаri ishlаb chiqаrildi.
Shuningdеk, 6007,7 ming АQSH dоllаrilik 7813,9 ming tоnnа
mеvа sаbzаvоt mаhsulоtlаri, jumlаdаn Kitоb tumаnidаgi Kitоb
Аgrоfirmаsi tоmоnidаn 118,7 ming АQSH dоllаr (222,5 tоnnа), Nishоn
tumаnidаgi «Tаyyorlоvsаvdо» АJ tоmоnidаn 195,8 ming АQSH dоllаr
(222,4 tоnnа), «Nishоnfuttrеyding» MCHJ 2481,2 ming АQSH dоllаr
(4520,7 tоnnа) Kоsоn tumаnidаgi «Bоnu kоsmеtiks» ХF tоmоnidаn
1121,6 ming АQSH dоllаr (397,3 tоnnа), Shаhrisаbz tumаnidаgi
«Intеrfrutаziya» MCHJ tоmоnidаn 1491,4 ming АQSH dоllаr (2120,6
tоnnа) vа dehqon xo‘jaliklari tоmоnidаn 599,1 ming АQSH dоllаrilik
(330,5 tоnnа) chеtgа ekspоrt qilindi.
Keyingi yillarda ishlаb chiqаrilgаn chоrvаchilik mаhsulоtlаridа
dеhqоn хo‘jаliklаrining ulushi yuqоri bo‘lib, go‘shtning 97,3 fоizini,
264
sutning 97,9 fоizini, tuхumning 88 fоizini, junning 91,1 fоizini tаshkil
qilmоqdа.
Shuningdеk, fеrmеr хo‘jаliklаridа 2,1 ming tоnnа go‘sht, 10,4 ming
tоnnа sut, 1301 ming dоnа tuхum, 120,6 tоnnа jun vа 4280 dоnа qоrа-
ko‘l tеri mаhsulоtlаri, 400,7 ming tоnnа pахtа хоmаshyosi vа 852,7
ming tоnnа dоn yеtishtirildi. Yetishtirilgаn dоnning 386 ming tоnnаsi
(urug‘lik dоn bilаn birgа) dаvlаtgа sоtildi.
Fеrmеr хo‘jаliklаri qаrаmоg‘idа 43722 bоsh qоrаmоl, shundаn
14923 bоsh sigir, 102394 bоsh quy vа echkilаr bоqib o‘stirilmоqdа.
Yakkаbоg‘ tumаnidаgi Rustаm fеrmеr хo‘jаligidа iхchаm mini-
tехnоlоgiyalаr аsоsidа ishlаb chiqаruvchi mеvа-sаbzаvоtni qаytа ishlаsh
kоrхоnаsi tаshkil etildi.
Sаnоаt ko‘lаmidа ilg‘оr хоrijiy tехnоlоgiyalаrni jоriy etgаn hоldа 5
tа go‘shtni, 14 tа sutni qаytа ishlаsh kоrхоnаlаri vа 9 tа хоm sutni qаbul
qilish sеrvis punktlаri tаshkil etilib, 92 tа yangi ish o‘rinlаri yarаtildi.
Ushbu mаqsаdlаr uchun jаmi 587,9 mln so‘m jumlаdаn 110 mln
so‘m bаnk krеditi mаblаg‘lаri sаrflаndi.
2013-yilning 1-aprel holatiga fermer xo‘jaliklarida 50802 bosh yirik
shoxli qoramol, shu jumladan 16633 bosh sigir, 125096 bosh qo‘y va
echkilar,
191579 bosh parrandalar mavjud bo‘lib, 2012-yil yanvar-mart
oyiga nisbatan yirik shoxli qoramollar soni 107,0 foizga, shu jumladan
sigirlar 105,5 foizga, qo‘y va echkilar 112,0 foizga, parrandalar o‘tgan
yilga nisbatan 120,8 foizni tashkil qildi.
Bugungi kunda meva-sabzavotchilik yo‘nalishida fermer
xo‘jaliklari va agrofirmalarning tashkil etilishi integratsiya jarayonlarini
progressiv shakli hisoblanib, birinchi navbatda monopol vaziyat,
investitsiyalarni mobilizatsiyalashtirishga va boshqa muammolarni
yechimini topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ammo fikrimizcha,
agrofirmalarni tashkiliy mexanizmini takomillashtirish, firma ichidagi
va tashqi munosabatlarni amalga oshirishni ta’minlovchi iqtisodiy
mexanizmni qayta ko‘rib chiqish zarur.
sharoiti og‘ir mintaqalardagi asosan, past hosildorligi fermer
xo‘jaliklari uchun rejadan ortiq yetishtirilgan paxta xomashyosini
erkin sotish imtiyozini berish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hududiy ixtisoslashgan ulgurji
savdo bozorlarini (g‘alla, meva-sabzavot, kartoshka, chorva mahsulotlari
va boshqalar) tashkil etishni rag‘batlantirish va rivojlantirishni iqtisodiy
qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy qilish;
265
- qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va sifatini bashorat qilish
mexanizmini ishlab chiqish;
- meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini erkin sotish
maqsadida savdo uylari, supermarketlar, ulgurji savdo-tijorat xususiy
korxonalarni rivojlantirishni iqtisodiy rag‘batlantirish, “xarid qilish-
sotish” tizimidagi sun’iy to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan me’yoriy
huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
- bojxona tizimi va amaliyotlarini soddalashtirish, tranzit masala-
larida ya’ni, avtomobil, temir yo‘l, samolyot va boshqa transportlarda
mahsulot tashishda imtiyozlar berish, litsenziya va sertifikatlarni
rasmiylashtirish bilan bog‘liq jarayonlarni soddalashtirish va
takomillashtirish;
- qishloq xo‘jaligi ekinlari va hosilini sug‘urtalash tizimini
takomillashtirish, bu borada tashviqot-targ‘ibot ishlarini kuchaytirish,
sug‘urta kompaniyalarning faoliyatini rag‘batlantirish va moliyaviy
qo‘llab quvvatlash.
Dostları ilə paylaş: |