Tadqiqotning maqsadi. O’zbek tili uchun tub sifat, ravish va yordamchi so’zga tegishli so’zlarni ajratib olish. O‘zbek tili uchun sifat, ravish va yordamchi so‘z turkumlariga tegishli so‘zlarni aniqlovchi algoritmni yaratishda so‘z asosiga qo‘shimchalarning qo‘shilish ketma-ketligi va qoidalarini o‘rganib chiqish. O‘zbek tili sifat, ravish va yordamchi so‘z turkumlari uchun FSM(Finite State Machine)-chekli avtomatlar mashinasi yaratish. O‘zbek tili sifat, ravish va yordamchi so‘z turkumlari uchun XML so’zlar bazasini yaratish. Python dasturlash tili uchun sifat, ravish va yordamchi so‘z turkumiga oid so‘zlarni aniqlash dasturini yaratish.
Tadqiqotning vazifasi.Boshqa tillar shuningdek o‘zbek tili uchun hozirgacha yaratilgan mustaqil so‘z turkumiga oid so‘zlarni aniqlash dasturini yaratish algoritmlari va modellarini o‘rganib chiqish va shu asosda algoritmini yaratish. So’zlarning xml tilida ma’lumotlar tuzilmasini shakillantirish.
Tadqiqotning obyekti. O‘zbek tilidagi so‘zlari. O‘zbek tili lug‘atlari.
Tadqiqotning predmeti. Python dasturlash tilining NLP uchun kutubxonalari. XML tili.
Tadqiqotning usullari. O‘zbek tilidagi matnlardan sifat, ravish va yordamchi so‘z turkumlariga tegishli so‘zlarni aniqlovchi algoritm uchun ma’lumotlar bazasini yaratish usullari, Tabiiy tillarni qayta ishlash usullari.
Tadqiqotning natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi.O‘zbek tili sifat, ravish va yordamchi so‘z turkumlariga tegishli so‘zlarni aniqlovchi algoritm uchun ma’lumotlar bazasini yaratish va dasturini yaratish.
Tadqiqotning natijalarining amaliy ahamiyati va tatbiqi. Yaratilgan ma’lumotlar bazasi va dastur istisnolarni kiritish orqali ishlash samaradorligini oshirish imkoniyatiga ega. Yaratilgan dasturdan istalgan foydalanuvchi foydalanishi mumkin.
Ish tuzilishi va tarkibi. Dissertatsiya ishi kirish, uchta bob, xulosa hamda adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Har bir bob bo‘limlardan tuzilgan.
Bajarilgan ishning asosiy natijalari. 100-110 ta qo‘shimcha o‘rganilgan va 3 ta sinflarga ajratib chekli avtomatlar qurilgan. Bu algoritmga asosan dasturiy taminot yaratildi.