O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi urgаnch dаvlаt univеrsitеti turizm va iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə35/207
tarix07.01.2024
ölçüsü1,48 Mb.
#205116
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   207
O‟zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‟rtа mахsus tа‟lim vаzirligi u-hozir.org

Tashkil etilgan turizm
– bu tur tashkilotlar tomonidan tashkil etilagan alohida
shaxslarni yoki bir guruh turistlarning sayohatidir. Tashkil etilgan tur bo‗yicha
turistlar turistik yo‗llanmani harid qilish yo‗li bilan sayohatga chiqish huquqini



57


qo‗lga kiritadilar. Bunda xizmat turlari turlicha bo‗lishi mumkin. Masalan,
turistlar turistik yo‗llanmasiz borganda, xizmatlar majmuasini, ya‘ni transport,
ovqatlanish, yashash xizmatlari uchun borgan joyida kursovkani harid qilib
olishlari mumkin.
Aviatransport. Dengiz transporti. Temir yo„l transporti 
Turistik mahsulotlar tarkibida turistlarni tashish xizmati yetakchi o‗rinlardan
birini egallaydi. Bu shuning bilan bog‗liqki, barcha turistik yo‗nalishlarda
(piyodalardan tashqari) sayohatchilarni dam olish yoki ekskursiyaga eltish va uyga
qaytishi uchun transport bo‗lishini taqazo qiladi.
Turizm faoliyat turi sifatida turistlarni doimiy yashash joyidan tashqariga
chiqishi bilan uzviy bog‗langan va turgan gap, uni transport ta‘minotisiz tasavvur
qilib bo‗lmaydi. Transport ta‘minoti turistik infratuzilmaning muhim elementi
hisoblanadi va turistik mahsulotlar tarkibiga kiritilgan asosiy kompleks xizmatlarni
tashkil qiladi. Transport korxonalari - turizm tizimini shakllantiruvchi turistik
korxonalarning alohida ko‗rinishlari sifatida qarab chiqiladi.
BTT (VTO) – Butunjahon turistik tashkiloti turizm maqsadlarida
qo‗llaniladigan
transportni
uch
turga
klassifikatsiyalaydi:
quruqlikda
harakatlanuvchi, suv va havo transportlari (1- rasm).
Quriqlikda harakatlanish vositalaridan turizm maqsadlarida ko‗proq
avtomobil va temiryo‗l transportlaridan foydalanish maqbul hisoblanadi.
Avtomobil transporti turizmda keng foydalaniladi. Chunki u turistlarni
«Eshikdan eshikkacha» eltib qo‗yishni ta‘minlaydi. Ushbu maqsadlarda muntazam
yo‗lovchi tashish uchun reys avtobuslari va nomuntazam – turistik korxonaning
xususiy transporti va turistning shaxsiy transporti qo‗llaniladi.
Temir yo‗l transporti o‗rta masofalarga turistlarni maqbul narxlarda tez va
qulay sharoitda yetib borishlarini ta‘minlaydi. Alohida hollarda temiryo‗l
transporti turistik sayohat maqsadlarida ham foydalanishi mumkin.
Suv transporti vositalari orasida suv osti (ekskursiya suv osti qayiqlari) va suv
usti (teploxodlar, sayohat kemalari, dengiz paromlari, sayr kemalari, yaxtalar,
katerlar) transportlari farqlanadi. Turizmda suv transporti vositalari ta‘minoti bilan



58


bog‗liq masalalari asosan dengiz va daryoda turistik maqsadlarda muntazam va
nomuntazam yo‗lovchi tashish misolida qarab chiqiladi.
Paromda kechib o‗tish va asosiy turistik sayohat turi – sayohat kemasi, dengiz
va daryo kemalari turistlarni belgilangan joyga yetkazib borishni maqsad qilib
qo‗yadi. Boshqa suv transporti vositalaridan odatda alohida dasturli «programmali)
tadbirlarni amalga oshirishda foydalaniladi (masalan, suv osti ekskursiyasi) yoki
qo‗shimcha xizmatlar (katerlarda sayohat).
Havo transporti vositalari tarkibi xilma-xil transport vositalarini qamrab oladi:
fuqaro
aviatsiyasidan
tortib,
to
ekzotik
hisoblangan
havo
sharlari,
deltaplanlargacha. Turizmda havo transportining qo‗llanilishi avvalo aviatsiyada
yo‗lovchi tashishdan foydalanish sifatida ko‗rib chiqiladi. U reysli va chtarterga
klassifikatsiyalanadi, ya‘ni buyurtmalar asosida bajariladi. Havo transporti
nisbatan juda qimmatligiga qaramay, bu yuqori tezligi, shinam va qulayligi bilan
turistlarni olis masofalarga tashishda so‗zsiz yetakchi o‗rinni egallaydi.
Turizmda transport ta‘minoti tizimi quyidagicha farqalanadi:
turga qo‗shilgan va asosiy turistik xizmatlarga kiruvchi turistik tashish:
turistlarni doimiy yashash joyidan belgilangan manzilga eltib qo‗yish (yoki
yo‗nalish boshlanadigan joyga) va qayta olib kelish;
transfer – turistlarni kutib olish va kuzatib qo‗yish uchun transport vositasi
taqdim etish;
tur-safar bo‗yicha dasturlashtirilgan tadbirlarga xizmat ko‗rsatish: ekskursion
xizmat, dasturdagi tadbirlarga borish, atrofga tashrif byurish, yo‗nalish bo‗yicha
ko‗chish.
Turistlar sayohatini ta‘minlash uchun korxonaning trnasport vositalarini
tanlashiga bir qator omillar bog‗liqdir: safarning maqsadli yo‗nalishida tashish
uzoqligi, sayohatchilar soni, transport vositasining sig‗imi, safar dasturi, harakat
xavfsizligi, transport vositasining safarbarligi va qulaylik darajasi.
Transport vositalarini tanlash chog‗ida safarning maqsadli yo‗anlishi katta rol
o‗ynaydi. Turistik sayohat maqsadiga bog‗liq holda uning tarkibiga u yoki bu
transport xizmatlari kiritiladi. Misol uchun, Moskvadan Parijgacha 5 kunlik



59


ekskursion guruh safari tarkibi standart transport xizmati ko‗rsatishda
quyidagilarni o‗z ichiga oladi: turistlarni Moskvadan Parijga eltish va qaytib olib
kelishi; aeroportdan mehmonxonagacha guruhni olib borish va jo‗natib yuborish;
dasturdagi tadbirlarni ta‘minlash, masalan, shahar bo‗ylab ekskursiya (teploxoda
sayyor) tashkil etish.
Transport vositasini tanlashga ta‘sir etadigan yana bir muhim omil-bu
sayohatchilar soni hisoblanadi. Bu omildan tez-tez tashish tipini aniqlashda
foydalaniladi: muntazam yoki namuntazam (ijaraga olingan yoki charter). Turistik
guruhdagi sayyohlar soniga bog‗liq holda safarni ta‘minlashda qaysi transport
vositasi zarurligi ham aniqlanadi: samolyotmi, temiryo‗lmi, avtobus yoki yengil
avtomobillarmi va boshqalar.
Safarni ta‘minlash uchun transport vositasini tanlashda yana bir hisobga
olinadigan omil - bu transportda tashishning uzoqligidir. Bu omilni qarab chiqish
chog‗ida odatda turistlarni ko‗chirish shinamligini ta‘minlash talablari ko‗zda
tutiladi. Shuning uchun qoidaga ko‗ra u butun safarni kompleks transporti
ta‘minoti bo‗yicha qarab chiqiladi.
Transport vositasini tanlashni aniqlashda, shuningdek safar dasturlari ham
muhim omil hisoblanadi. Qaysikim unga bog‗liq ravishda eng xilma-xil trnasport
xizmatlari ko‗zda tutiladi. Bular yuqorida eslatib o‗tilganidek ekskursiyalar,
turistlarni dasturlarida ko‗zda tutilgan tadbirlarga olib kelish va boshqalar bo‗lishi
mumkin. Odatda tartibga ko‗ra, guruh turizmida safar dasturini ta‘minlash uchun
turistik avtobuslardan foydalaniladi. Chunki, odatda tadbirlar dasturlar butun
guruhga mo‗ljallangan bo‗lib, safarning belgilangan maqsad joyidan boshqa yerga
borishi ko‗zda tutilmaydi.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin