Kombinatsiyalashtirish-bir necha korxonalarni bir maydonda joylashib tayyor
mahsulot ishlab chiqarishidir.
Kreditor qarzdorlik− kоrxоna, tashkilоt yoki muassasaning tеgishli yuridik
yoki jismоniy shaxslarga to`lanishi lоzim bo`lgan pul mablag`lari bo`lib, ular
mе’yordagi (muddati o`tmagan) hamda muddati o`tgan qarzdоrliklarga bo`linishi
mumkin.
Kon’yunktura – bu bozorda ma’lum bir vaqtda yuzaga kelgan iqtisodiy
holatdir (asosan talab hamda taklif nisbati va u bilan bog‘liq bo‘lgan narxlar darajasi
orqali yuzaga keladi).
Kooperatsiya aloqalari – turli soxa ishlab chiqarish tarmoqlarida ma’lum
mahsulotni tayyorlash bo‘yicha uzoq muddatli aloqalarni o‘rnatish.
Korxonalarga preferensiya berish – milliy iqtisodiyotda faoliyat ko‘rsatuvchi
korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular tomonidan ishlab
chiqarishga chet eldan olib kiradigan xom-ashyo va materiallar, yarim tayyor
mahsulotlar, shuningdek asbob-uskunalarni olib kirishda boj to‘lovlari va boshqa
jarayonlar bo‘yicha engilliklar (imtiyozlar) berilishi.
Korxonalarni texnik qayta qurollantirish – alohida ishlab chiqarish turlarini
zamonaviy talablarga asosan yangi texnika va texnologiyalarni kiritish, ishlab
chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, eskirgan
qurilma va uskunlarni yangilash va almashtirish, ishlab chiqarish tuzilmasi va tashkil
etilishini yaxshilash yo‘li bilan, korxonaning texnik darajasini oshirish bo‘yicha
chora-tadbirlar majmuasi. U ishlab chiqarish intensivligini kuchaytirish, ishlab
chiqarish quvvatlarini oshirish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini
yaxshilashga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Lizing-. ijaraga oluvchi va ijaraga beruvchi o’rtasidagi mulk munosabatlar.
Ma’naviy eskirishi- asosiy fondlarning qadrsizlanishi yoki texnik jihatdan
muddatidan avval ish qobiliyatini yo’qotishidir