Ishlab chiqarish quvvati- Ishlab chiqarish quvvati ma’lum bir vaqt davomida
ilg’or texnologiyalardan foydalanib, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil qilishning
ilg’or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotlarning darajasidir.
Ishbay haq to’lash- ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish, ko’rsatilgan
xizmat) uchun to’lanadigan haqni anglatadi.
Ish kuchi – insonning jismoniy va aqliy mehnat qilish qobiliyatlari.
Ish haqi – har bir xodimning sarflagan mehnati miqdori va sifatiga mos
ravishda taqsimlanuvchi va xodim tasarrufiga pul shaklida kelib tushuvchi milliy
daromadning bir qismi.
Innovatsiyaso‘zining ma’nosi ingliz tilidagi innovation so‘zidan olingan
bo‘lib, yangilik va yangilik kiritish deganini bildiradi.
Jismoniy eskirishi-asosiy fondlarning birlamchi xislatlarini ishlab chiqarishda
qatnashishi natijasida yo’qotishi va tabiiy eskirishida yuzaga keladi.
Kengaytirish –faoliyat yuritayotgan korxonani qo’shimcha ishlab chiqarish
majmualarining navbatdagi qismlarini yangi loyixa asosida qurish yoki asosiy,
qo’shimcha, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarishning amaldagi
sexlarini kengaytirish yoki qurishni anglatadi.
Kadrlar salohiyati – mehnat resurslarining umumiy soni va jinsi, yoshi,
ma’lumoti, kasbiy ko’nikmalari, korxonaning u yoki bu bo’g’inlarida va
jamoatchilik ishlab chiqarishida qatnashishi bilan ifodalanuvchi mehnat resurslari
yoki imkoniyatlarini ifodalaydi.
Kadrlar-korxonada mehnat bilan band bo’lgan hamda korxona shaxsiy
tarkibiga kiruvchi turli kasbiy – malakaviy guruhlardagi xodimlar majmuasidir.
Korxonaning mehnat resurslariuning ish kuchini tavsiflaydi.
Kelgusi davr xarajatlari – ayni paytda ishlab chiqarilayotgan, lekin kelajakdagi
mahsulotlarga mansub bo’lgan yangi turdagi mahsulotlarni tayyorlash xarajatlari
(asbob-uskunalarni
qayta
rejalashtirish,
mahsulotlarning
yangi
turlarini
tayyorlashga sarflanuvchi xarajatlar yangi turdagi mahsulotlarni loyihalash,
tayyorlash va o‘zlashtirish, mutaxassislarn io‘qitish va qayta tayyorlash xonalarini
ijaraga olish).