210
Muomala fondlari - korxonaning tayyor mahsulot zaxirasini yaratish uchun
mo’ljallangan pul mablag’lari, chek va veksellar, aksiyadorlarning qarzlari, turli xil
debitorlik qarzlari, bank va kassalarning hisob raqamlaridagi mablag’lar.
Me’yor- belgilangan sifatdagi mahsulot birligi tayyorlash uchun sarflanuvchi
xomashyo, material, yoqilg’i, energiya va boshqa resurslardan foydalanishning yo’l
qo’yilishi mumkin bo’lgan maksimal yoki minimal chegarasidir.
Me’yoriy - nisbiy kattalik bo’lib, asosan foizlar yoki koeffitsientlarda aks
ettiriladi. U mehnat vositalari va predmetlaridan foydalanish darajasini, ularning har
bir maydon birligi, og’irlik birligi, hajm birligiga sarflaninshini ifodalab beradi.
Me’yorlashtiriluvchi aylanma mablag’lar- korxona omborlaridagi ishlab chiqarish
zaxiralari (xomashyo, materiallar, yoqilg’i), tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusi
davr xarajatlari va tayyor mahsulotlar.
Me’yorlashtirilmaydigan aylanma mablag’lar - xaridorga berib yuborilgan
tayyor mahsulotlar, hisob raqamidagi pul mablag’lari.
Mehnat jarayoni – bu, jismoniy va aqliy energiyaning sarflanishi bo‘lib,
iste’mol qiymati yaratishga qaratilgandir.
Menejment-(ingl.manajement – to manaje-boshqarish) bu inglizcha so‘z
bo‘lib, boshqaruv hokimiyati va san’ati; resurslarni boshqarish bo‘yicha aloxida
mohirlik va ma’muriy ko‘nikmalar
Menejer– bu mahsus tayyorgarlik ko‘rgan, boshqarishning sir-asrorlari, qonun-
qoidalarini puxta egallagan malakali, ishlab chiqarishni boshqaruvchi mutaxassisdir.
Marketing–ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga tovarlarni va xizmatlarni
etkazib berishni tezlashtiruvchi faoliyatdir.
Dostları ilə paylaş: