107
etadi.
Bozorda
turli mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijtimoiy zarur mehnat sarfiga
keltiriladi va shu sarfning pulda ifodalanishi bahoni hosil qiladi.
Bozorda sotuvchi bilan xaridor o‘rtasidagi iqtisodiy munosabat bo‘lganidan
narxning shakllanishida har ikki tomon ishtirok etadi.
Xaridor deganda, biz tovar
va xizmatlarni iste’mol
etuvchilar - fuqarolar, ishlab chiqarishni yurgizish uchun
resurslami sotib oluvchi korxonalarni tushunamiz.
Baholashning asosiy turlariga quyidagilar kiradi:
ulgurji baholar. Tovarlar ko‘tarasiga katta miqdorda sotilganda bu baholardan
foydalaniladi. Bunday bahoni asosan ulgurji savdo-sotiq
olib boriladigan savdo
markazlarida uchratish mumkin;
chakana baholar. Tovarlar bevosita iste’molchilarga sotilganda foydalaniladi.
Bu baho o‘z ichiga tovar ulgurji narxini, chakana savdo tashkilotchilarining xarajati
va foydasini oladi;
nufuzli baholar. Bu baholardan obro‘ talab iste’molchilarga tovarlar
sotilganda va xizmatlar ko‘rsatilganda
foydalaniladi;
dotatiyali baholar. Bunda tovarlar davlat byudjeti hisobidan arzonlashtirilgan
baholarda olinadi;
davlat baholari. Bu ishlab chiqaruvchilarga davlat tomonidan bo’yurtma
berilganda qo‘llaniladi;
mavsumiy baholar. Bu mavsumiy ishlab chiqariladigan tovarlarga
belgilanadi;
milliy va jahon baholari-alohida tovaming baynalminal xarajatlari.
Bunda
jahon bozoridagi talab va taklif nisbati hisobga olinadi;
standart baholar. Xaridor cho‘ntagidagi
pulga qarab, ma’lum davrgacha
o‘zgarmaydigan qat’iy standart narxlar qo‘llaniladi;
preyskurant baholar. Bu baholar sotuvchi uchun mo‘ljal baho, xaridor uchun
bildirishlik yoki ma’lumot baho hisoblanadi;
ishlab chiqargan mahsulotni sotish uchun
muzokaralarga tayyorgarlik
108
ko‘rish mobaynida tadbirkor eng avvalo, o‘zi uchun maqbul bo‘lgan baho
ko‘rsatkichlarini aniqlashga harakat qiladi. Shu maqsadda u bahoni uchga ajratadi.
Ya’ni maksimal (engyuqori), minimal (eng past)
va obyektiv baho;
maksimal baho - (sotuvchi nuqtai nazaridan) – bu muzokaralarni shu bahodan
boshlash mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichidir;
minimal baho - (qo‘shilishi mumkin bo‘lgan eng past baho) – bu Tovar
narxining shunday ko‘rsatkichiqi, tadbirkor
muzokaralar davomida undan
tushmaslikka harakat qiladi;
ob’ektiv baho - bu, tarkibida o‘rtacha sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan u
yoki bu tovaming o‘rtacha bahosidir.
Dostları ilə paylaş: