O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi


«Hisoblash va mikroprosessor texnikasi» fanini o`qitishda interfaol usulning kompyuter modellarini qo`llanishini maqsad va vazifalari



Yüklə 301,5 Kb.
səhifə7/10
tarix12.10.2023
ölçüsü301,5 Kb.
#154979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
elektron qo`llanma yaratish

II BOB. PEDAGOGIKA QISMI.


2.1. «Hisoblash va mikroprosessor texnikasi» fanini o`qitishda interfaol usulning kompyuter modellarini qo`llanishini maqsad va vazifalari.

Hozirgi kunda kasb-hunar kolejlarida zamonaviy shaxsiy kompyuter va videoproyektor bilan jihozlangan kompyuter sinf xonalari mavjud. Ushbu sinf xonalarida dars jarayonlarini olib borishda va o`qitishda an’anaviy usullardan emas balki yangi pedagogik texnologiyalarning interfaol usullarni qo`llash maqsadga muvofiq bo`ladi. O`quvchilarning shaxsiy kompyuterlar yordamida mustaqil mavzuni samarali o`zlashtirishlari uchun interfaol usulning kompyuter modellaridan foydalanish katta ahamiyatga ega.


«Hisoblash va mikroprosessor texnikasi» predmetining «Mikroprosessor qurilmalar» bo`lim mavzularini interfaol usulda» fanini o`qitishda interfaol usulning kompyuter modellarini qo`llanilishi o`ziga xos xususiyatlarga ega. Chunki «Hisoblash va mikroprosessor texnikasi» fanining asosiy maqsadi mikroprosessor arxitekturasi, mikroprosessor komandalarining tizimi, mikroprosessordan foydalangan holda qurilmalarning tuzilishini o`rgangan holda, ular yordamida mikroprosessor texnikasining har qanday ish o`rnida axborotni qayta ishlash bo`yicha eng qiyin masalalarni ham yecha olish imkoniyati tizim pozisiyasidan turib moddiy oqimlarni boshqarish, shu bilan birga axborotlarni qayta ishlash orqali topshiriqlarni mustaqil bajarish imkoniyatiga ega.
Shu maqsadda, yangi pedagogik texnologiya asosida «Hisoblash va mikroprosessor texnikasi» faninning, masalan «Mikroprosessor qurilmalar» mavzusini o`qitishda, o`quvchi yoshlarda «Mikroprosessor qurilmalar» ishlash malakalarini oshirish va ularni bilimlarini mustaxkamlashda interfaol usulda o`qitishning kompyuter modelidan foydalanish mumkin.
Interfaol usulning kompyuter modeli yordamida o`rganuvchi mikroprosessor qurilmalari va ular ustida amalar bajarishni o`rganadi va modelda berilgan topshiriqlarni mikroprosessorlarni tizimli platalarga o`rnatish orqali bajara oladi.
«Mikroprosessor qurilmalar» mavzusini o`qitishda interfaol usulning kompyuter modelini qo`llanilishini asosiy vazifalari quyidagilardan iborat.
O`quvchi mavzuni o`zlashtirishni interfaol usulga asosan «Blum savollari» nomi bilan mashxur bo`lgan, o`zlashtirishning oltita: bilish, tushunish, qo`llash, tahlil, sintez va baholash darajalariga muvofiq holda amalga oshiradi.
Kompyuter modelidan foydalanishda bajariladigan vazifalarni quyidagicha izoxlash mumkin.

  1. O`quvchi mustaqil kompyuter modelidan foydalangan holda mikroprosessorlar va ularning turlari zaruriy ma’lumotlarni qisqa vaqtda oladi.

  2. Kompyuter modelidagi ko`rsatilgan «Mikroprosessor qurilmalarini qanday tizimli platalarga o`rnatilishi ko`rsatilgan video ta’svirlarni kuzatadi va ushbu jarayonlarni qanday bajarilishini tushunadi.

  3. Yuqoridagi video ta’svirda ko`rsatilgan jarayonlarni o`quvchi o`zi to`g`ridan-to`g`ri tizimli platalarga o`rnatish orqali bajaradi va mikroprosessor qurilmalari ustida ishlash malakasini hosil qiladi.

  4. Kompyuter modelida berilgan topshiriq variantlariga asosan o`quvchi mikroprosessor qurilmalari topshiriqlarini mustaqil bajaradi va olingan natijalarni modeldagi na’munaviy natijalar bilan solishtiradi hamda tahlil etadi.

  5. Komp’yuter modelida berilgan topshiriqlarga nisbatan murakkabroq bo`lgan topshiriqlarni mustaqil bajaradi.

  6. O`quvchi o`zini baholash uchun bajargan ishlarining kamchiliklari va yutuqlarini komp’yuter modelida ko`rsatilgan na’munaviy bajarilgan topshiriq bilan taqqoslaydi xamda ushbu topshiriqni bajarilishiga o`zining fikrinibildiradi.

Bundan tashqari o`quvchi komp’yuter modeli yordamida o`rganish orqali faqat amaliy topshiriqlarni bajaribgina qolmay, o`zini nazariy bilimlarini testlar orqali sinab ko`rishi mumkin.


Shu bilan birgalikda komp’yuter modelida berilgan mavzuning asosiy mazmunini mujassamlashtirgan tayanch so`z iboralari mavjud. Ushbu tayanch so`z iboralariga murojat etish orqali o`rganuvchi «Mikroprosessorlar, mikroprosessor turlari, arxitekturasi va mikroprosessorlarni platalarga o`rnatish» xaqidagi tushunchalarga ega bo`ladi.
Yuqoridagi fikrlarga asosan shuni ta’kidlash mumkinki, «Hisoblash va mikroprosessor texnikasi» fanining har bir gurux mavzularini o`qitishda interfaol usulning komp’yuter modeli yordamida o`quvchi zaruriy bilim va malakalarini qisqa va samarali o`zlashtirishiga ega bo`ladi.


2.2.Amaliy mashg`ulotlarni interaktiv usullardan foydalanib o`tkazish ssenariylari


O`quv tarbiyaviy masalalarning turli tumanligi ta’limning mazmuni va o`quv materialining turlicha ekanligi, bilimlarni uzlashtirishi talabalarning individual xususiyatlariga boglikligi va boshka omillar ta’lim jarayoniga va uni tashkil etish masalalariga ijodiy munosabatda bulishini va mulokot bilan yondashuvini talab etadi. Agar dars jarayonini tashkil etishda zamonaviy va axborot texnalogiyalarining barcha tashkil etuvchilari mujassam bulsa va darsni zarur komunikasion jixozlar yordamida olib borilsa, talabalarning mavzuni uzlashtirishlariga bo’lgan kizikishlari ortib, mustakil fikrlash va izlanishga bo’lgan intilishlari kuchayadi bundan tashqari fanni ukitishda ilgor pedagogik texnalogiyalarni joriy etish va interfaol usullardan foydalanish talabalarda xam nazariy, xam amaliy bilimlar, hosil kilishda uziga xos inavasion yondoshish bo’lib xizmat kiladi.


Pedagogik texnalogiya ta’lim- ta’lim shakllarini makbullashtirish uchun inson va texnik resurslarni xamda ularning uzaro ta’sirinie’tibirga olgan holda ukitish va bilimlarni uzlashtirish jarayoniniyaratish , kullash va aniklashning tizimiy uslubidir. Pedagogik texnalogiya o`quv jarayonining aniklashtirilgan o`quv maksadlarini belgilashdan boshlab, to yakuniy natijalarga erishilganlikni nazorat kilishga bo’lgan jarayonni loyixalaydi.
O`qitish texnalogiyalari esa pedagogik texnalogiya buyiga loyixalangan o`quv jarayonini amalga oshirishningturli didaktik konstruksiyalari sifatida namoyon bo’ladi . Pedagogik texnalogiyaning tub moxiyati, ukitishning an’anviy, ukituvchi tomonidan bayon kilish, talabalarga tayyor bilimlarni berish usulidan voz kechib, talabalarni kuprok mustakil ta’lim olishga undashdan iborat.
Bunda ukituvchi talabalar bilish faoliyatining boshkaruvchisi, maslaxatchisi yakuniy natijaga yo’llovchi shaxs vazifasini bajaradi. Kuyida mashgulotlarni interfaol usullar bilan utkazishning bir uslubi, xamda unga mos dars ssneriysini tavsiya kilinmokda.
Darsning mavzusi – Mikroposessorlar.
Maqsad: Mikroprosessor va mikroprosessor turlari, hamda ularning vazifalarini, tizimli platalarga o`rnatishni bilishga o`rgatish.
Vaqt taqsimoti: Tashkiliy qism - 3 min
interfaol strategiyalar- 40 min
uyin vositalarini kullash-20 min
mavzuni mustaxkamlash-13 min
uyga vazifa va darsni yakunlash-5 min

Yüklə 301,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin