O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi



Yüklə 301,5 Kb.
səhifə8/10
tarix12.10.2023
ölçüsü301,5 Kb.
#154979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
elektron qo`llanma yaratish

Materiallar: Kompyuterning turli qismlarining rasmlari tushirilgan slaydlar, fotorasmlar, o`rgatuvchi dasturlar, tizimli platalar, mikroposessor. Mikroprosessorlar mavzusida klaster, «Informatika va axborot texnologiyalari» elektron multimediaviy darsligi.
Vaqt: 2 akademik soat
Shakl: Guruhda ishlash
Metodlar: Suhbat «Bilaman, Bildim, Bilishni hoxlayman» (BBB) texnologiyasi.
Mashg`ulotning borishi
1.Tashkiliy qism. O`qituvchi sinfni har biri 5-6 o`quvchidan iborat bo`lgan guruhlarga bo`ladi.
2.O`qituvchi «BBB» texnologiyasi bo`yicha «Mikroprosessor turlari» mavzusida tashkil etadi. Bunda o`quvchilarga esga solish uchun quyidagi savollarni berish mumkin:
1.Mikroprosessor nima?
2.Birinchi mikroprosessorlar qachon yaratilgan?
3.Mikroprosessorni qanday turlarini bilasiz?
O`quvchilar berilgan mavzu bo`yicha o`zlariga ma’lum bo`lgan ma’lumotlarni esga soladilar. O`qituvchi ularning javobi asosida quyidagi jadvaldagi «Bilaman» ustunini to`ldiradi.



Bilaman

Bildim

Bilishi hoxlayman

1- avlod







2- avlod







3- avlod







4- avlod







4. O`qituvchi rasmlar yoki slaydlardan foydalanib mikroprosessor vazifalari, mikroposessorlar arxitekturasi haqida batafsil ma’lumot beradi. Shundan so`ng suhbat mikroprosessorlarning turlariga ko`chadi.
5. Har bir o`quvchi o`z daftarida individual va mustaqil ravishda yuqoridagi jadvalning «Bildim» ustunini to`ldiradi. Shundan so`ng o`quvchilar guruhlarda ishlab olgan ma’lumotlarni umumlashtiradilar o`qituvchi o`quvchilardan so`rab doskadagi jadvalning ikkinchi ustinini to`ldiradi.
6. Shundan so`ng o`qituvchi o`quvchilardan o`z daftaridagi jadvalning uchinchi, «Bilishni hoxlayman» ustuniga bittadan savol yozishni tavsiya etadi. O`quvchilar individual va mustaqil ishlaydilar. O`qituvchi ayrim o`quvchilardan yozgan savollarini so`raydi.
7. Shundan so`ng o`qituvchi uyga vazifa sifatida mustaqil bajarishlari uchun qo`yilgan savol bo`yicha material topib, referat yozish vazifasini beradi. Referatni topshirish muddati qa’tiy aniq bo`lishi lozim.
8. O`qituvchi asta-sekin shaxsiy kompyuterlarning apparat qismlarining tuzilishi masalasiga o`tadi va boshlanishida, ushbu mavzu bo`yicha bilimlarning zarurligini asoslaydi. O`quvchilar ushbu bilimlarni amaliy hayotida zarur ekanligini aniq bilib, tushunib olishlari lozim.
9. O`qituvchi har bir guruhga varaqlar va flomasterlarni tarqatib, varaqlarga mikroprosessorning o`zlariga ma’lum bo`lgan qurilmalarini yozish vazifasini beradi. O`quvchilar guruhlarda mustaqil ishlaydilar.
10. O`qituvchi o`quvchilarga guruhlarda ishlab hosil bo`lgan sxema asosida mikroprosessorning elementlarini quyidagi belgilar bo`yicha tasniflashni tavsiya etadi:
- mikroprosessor qurilmalari;
- mikroprosessor turlari;
- Intel mikroprosessori va hokazo.
11. O`quvchilar guruhlarda ishlab klaster tuzadilar. Har bir guruh o`zining variantini namoyish etadi.
12. O`qituvchi klasterlar bo`yicha o`quvchilarning javoblarini umumlashtiradi va darsga hulosa yasaydi.
Yuqoridagi topshiriklar induvidual yoki guruxlarda bajariladi. Kompyuter texnologiyalari bilan birgalikda o`qitishni tashkil etish barcha interfaol usullardan foydalanish mashg`ulotlarni kizikarli bulishini ta’minlaydi. Ayniqsa didaktik uyin vositasini qo`llash bilan dars samaradorligini oshirish mumkin.
Mashg`ulotdan so`ng erishilgan natijalar kiskacha taxlil etilishi aktiv o`quvchilar ragbatlantirilishi mumkin.

Yüklə 301,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin