O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi



Yüklə 301,5 Kb.
səhifə9/10
tarix12.10.2023
ölçüsü301,5 Kb.
#154979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
elektron qo`llanma yaratish

Xulosa


Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, interfaol usullarni o`qituvchi qanchalik yuqori darajada, mahorat bilan o`quv jarayoniga tadbiq eta olsa, shunchalik talabalarning bilim saviyasi oshib boradi.


Yana xulosa qilib shuni aytish mumkinki bugungi kunda taraqqiyotning keskin ravishda rivojlanishi barcha sohalarga o`zining salbiy va ijobiy ta’sirlarini ko`rsatmoqda.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to`g`risidagi konun» ga muvofik holda unda belgilangan malakali ishchi kadrlar tayyorlash va ta’lim jarayonini takomillashtirish vazifalarini hal qilishda Kasb-xunar kollejlarida o`qitiladigan «Hisoblash va mikroprosessor texnikasi» predmetining «Mikroprosessor qurilmalar» bo`lim mavzularini interfaol usulda o`qitish uchun uslubiy ta’minot yaratish mavzusi dolzarb mavzulardan biri ekanligi ko`rishimiz mumkin.
Mening ushbu mavzudagi bitiruv malakaviy ishim kichik mutaxassislarni tayorlashda muhim ahamiyatga ega. Chunki xozirgi kunda ta’lim jarayonini takomillashtirish va ta’lim samaradorligini oshirishda maxalliy fikrlashni yuzaga keltiruvchi interfaol usullar juda ahamiyatlidir.
Men ham ushbu bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonini masalaning qo`yilishi bo`yicha amalga oshirdim va ular quyidagi bo`limlardan iboratdir:

  • kirish qismida bugungi kunda kasb-hunar kollejlarida ta’lim yo`nalishlarining zamonaviyligi ularning kompyuterlashtirilganligi hamda istiqbollari yoritildi;

  • kasb - hunar kollejlarida o`qitiladigan «Hisoblash va mikroprosessor texnikasi» predmetidan yaratilgan elektron qo`llanmaning o`ziga xos xususiyatlari to`liq yoritildi;

  • kasb - hunar kollejlarida o`qitiladigan «Hisoblash va mikroprosessor texnikasi» fanining maqsad va vazifalari. to`liq yoritildi;

  • kasb hunar kollejlarida o`qitiladigan «Hisoblash va mikroprosessor texnikasi» predmetining «Mikroprosessor qurilmalar» bo`lim mavzulari bo`yicha nazariy va amaliy ma’lumotlar to`liq tahlil qilindi;

  • «Mikroprosessor qurilmalar» bo`lim mavzularini o`rganishning o`quv - uslubiy ta’minotini yaratishda masofaviy o`qitishdan foydalanish samaralari asoslandi;

  • «Hisoblash va mikroprosessor texnikasi» fanidan elektron qo`llanmani yaratishda qo`llaniladigan dasturiy vositalar tahlili ko`rsatib o`tildi;

  • «Hisoblash va mikroprosessor texnikasi» fanidan elektron qo`llanmani yaratish texnologiyasi ishlab chiqildi;

  • elektron uslubiy ta’minotdan foydalanish yo`riqnomasi yaratildi;

  • pedagogik qismida «Mikroprosessor qurilmalar» bo`lim mavzularini o`rganishda interfaol usullardan foydalanish va amaliy mashg`ulotlarni interfaol usullardan foydalanib dars o`tkazish ssenariysi ishlab chiqildi;

  • iqtisodiy qismida elektron o`quv vositasidan foydalanishning iqtisodiy samarasi yozildi va yaratilgan dasturning tannarxi hisobi hamda sotuv narxlari xisoblandi;

  • mehnat muhofazasi va atrof-muhit muhofazasi qismlarida kompyuter xonalarida xavfsizlik texnikasi chora - tadbirlarini ishlab chiqish hamda kasb-hunar kolejlarida ekologiya fanini o`qitish masalalari yoritildi.

Men muxandis-pedagog sifatida Kasb-xunar kollejlarida o`qitiladigan «Hisoblash va mikroprosessor texnikasi» predmetining «Mikroprosessor qurilmalar» bo`lim mavzularini interfaol usulda o`qitish uchun yaratilgan uslubiy ta’minotdan unumli foydalanib yetuk va malakali kadrlar tayyorlashga harakat kilaman.
Ushbu bitiruv malaka ishdan kasb-hunar kolejlarida o`quv qo`llanma sifatida foydalanishlari mumkin.
Xulosa kuyish mumkin
Kasb-xunar ta’limida fanlara­ro uzviylik muammosini o`rganish natijalari quyidagilarni aniq­lash imkonini berdi: o`quv rejasi va o`quv dastularida umumta’lim, umumkasbiy va maxsus fanlarni uzviy o`qitish tartibi va vaqti ko`rsatilmagan; kasb-hunar kollej­larida umumta’lim, umumkasbiy va maxsus fanlarni o`qitishda o`rganilgan ayrim mavzu oliy ta­limning bakalavriat bosqichida takror o`rganiladi oliy o`quv yurt­lari va kasb-hunar kollejlarida umumta’lim va maxsus fanlardan saboq beradigan o`qituvchilar o`za­ro ijodiy hamkorlikda ish olib borishmaydi; o`qitishda fanlararo uzviylikni ta’minlash bo`yicha alohida o`quv dasturlari ishlab chi­qilmagan bizningcha, fanlararo uzviylikni ta’minlash bo`yicha alo­hida talablar asosida ishlab chi­kilgan o`quv dasturida bilim, ko`nikma va malakalarni tizimlashtiirish: o`qitishda umumtalim, umumkasbiy va maxsus fanlarning o`zaro aloqadorligini ta’minlash umumkasbiy va maxsus fanlarning kasbiy faoliyatga amaliy jihat­dan yo`naltirish: kasb - hunar kol­lejlarida birinchi o`quv yilida­noq umumkasbiy va maxsus fanlar­ni o`qitishni yo`lga qo`yish o`qitish­ning tarbiyalovchi va rivojlanti­ruvchi vazifalarni kuchaytirish o`quvchilarning umumkasbiy va max­sus fanlarga bo`lgan qiziqishini oshirish kasbiy tayyorgarlikning ekologik, tarixiy, milliy va iqti­sodiy aspektlarini kuchaytirish; ishlab chiqarish amaliyotini birin­chi o`quv yilidanoq boshlash masa­lalari aks etishi lozim.
Ushbu fanlararo bog`liqlikni ta’minlash kas­biy ta’limda, ayniqsa, kadrlar tayyorlash jarayonida o`zining na­zariy va amaliy samarasini be­radi deb o`ylaymiz.

Yüklə 301,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin