O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Pedagogik amaliyot davrida metodik tahlilning o‘ziga xos xususiyati ikki bosqichda o‘tkazilishi kerak



Yüklə 492,5 Kb.
səhifə25/27
tarix26.01.2023
ölçüsü492,5 Kb.
#80988
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
MO\'M 2 kurs ishchi dastur

Pedagogik amaliyot davrida metodik tahlilning o‘ziga xos xususiyati ikki bosqichda o‘tkazilishi kerak.
Birinchi bosqichda. O‘qituvchi amalda o‘zi tuzgan rejani bajara olgan olmaganligiga baho beradi. Buning uchun u dars maqsadini shakllantiradi va shu maqsadga erishi uchun (qullanilgan pedagogik texnologiya va AKTni, interfaol metodlarni) amalga oshirgan faoliyatidagi mantqni asoslaydi, rejalashtirilgan harakatlar mantig‘ini aniq o‘tkazilgan dars mantig‘i bilan solishtiradi.
Buning uchun quyidagi masalalarga to‘xtalish maqsadga muvofiqdir:
-darsdagi qaysi lahza o‘qituvchi uchun kutilmagan bo‘lib chiqdi?
- u darsni rejalashtirganda nimani hisobga olmagan?
-o‘quvchilarni qaysi savollariga javob bera olmadi?
-rejalashtirilgan harakatlardan voz kechishga to‘g‘ri keldimi va nima uchun?
-o‘zining nutqidagi xatolarni kamchiliklarni noto‘g‘ri shakllantirilgan savollarni sezdimi?
-o‘qituvchi darsda qo‘yilgan maqsadga erishdi deb hisoblaydimi, bunday reyting bahoning mezoni nima bo‘lib hisoblanadi (o‘quvchilarning faol ishlashi, ularning darsga bo‘lgan qiziqishi, mustaqil ishlarni muvaffaqiyatli bajarishi va boshqalar)?
Ikkinchi bosqichda. Bu masalar xamkasabalar tomonidan muhokama (metodistlar, talabalar, o‘qituvchilar..)qilinadi.
Bu muhkokamaning rejasini quiydagicha tasavvur qilish mumkin:
1.Dars mantig‘i uning maqsadiga mos keladimi (bu masalani muxokama qilishda nafaqat o‘tkazilgan dars, balki uning rejasi asosida yotgan mantiqqa hamt to‘xtalib o‘tish kerak).
2. O‘qituvchi darsda qanday ta’lim vazifalaridan (mashq, qisman ishlanish, ijodiy) foydalandi? Ulardan qaysilari ijobiy baxolanishi mumkin? Nega?
3. O‘qituvchi tanlagan pedagogik texnologiya va axborot kommunikasion texnologiyalar ta’lim vazifalari va dars maqsadiga mos keladimi?
4. O‘qituvchi tavsiya qilgan to‘shiriqlar qanday vazifalarni bajardi (ta’limiy, tarbiyaviy, rivrojlantiruvchi)? Qaysilari ijobiy baholanishi mumkin.
5.O‘qituvchi matematik terminologiyadan to‘g‘ri foydalandimi, o‘quvchilarga savol va to‘shiriqlar tavsiya qildimi?
6.O‘qituvchi foydalangan qaysi metodik usullar ijobiy baxolanishi mumkin? Alohida to‘shiriqlar bajarishda, yangi mvazuni o‘rganishda, mustahkamlashda, tekshirishda?
7.O‘quvchilar faoliyatini tashkil etishda o‘qiuvchi qo‘llagan qaysi shakllar (yakka, yal’i va guruh) ijobiy baholanishi mumkin?
8.O‘qituvchi o‘quvchilar bilan aloqa o‘rnata oldimi, ularning harakatlarini muvaffaqiyatli to‘g‘irlay oldimi, shu nuqtai nazardan dasning qaysi momentlari ijobiy baholanishi mumkin?
Pedagogik amaliot davomida talabalarni ijodiy jarayonga yo‘naltirish, fan mazmunini tahlil qilish, ularni mustaqil ishlashga o‘rgatish mavjud shar-sharoitlarga qarab belgilanadi.

Yüklə 492,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin