VII. Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar.
Kurs ishi loyihasining maqsadi talabalarni mustaqil bitta mavzu bo‘yicha ishlash qobiliyatini rivojlantirish, olingan nazariy bilimlarni qo‘llashda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish, pedagogik amaliyotda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilishdir.
Kurs ishi loyihasi mavzulari bevosita boshlang‘ich sinf matematika fani bilan bogliq holda aniq bir mavzu bo‘yicha belgilanadi.
Tanlangan mavzular fan mazmunini qamrab oladigan darajada bo‘lishi:
Asosiy miqdorlar ustida ishlash metodikasi. Massa (sig‘im). Uzunlik (masofa), vaqt va yuz o‘lchov birliklarini o‘rgatish metodikasi.
Vaqt, masofa, tezlik haqida tasavvurlarni tarkib toptirish va ularning o‘lchov birliklari bilan tanishtirish metodikasi.
“Algebraik” va Geometrik” mazmo‘nli masalalar yechishga o‘rgatish metodikasi.
Arifmetik amallarni o‘rgatishning umumiy masalalari.
Kontsentrlar bo‘yicha arifmetik amallarni o‘rgatish, qo‘shish va ayirish, ko‘paytirish, bo‘lish va qoldiqli bo‘lishga o‘rgatish metodikasi.
”O‘nlik” va ”Yuzlik” mavzusida misol va masalalar yechishga o‘rgatish metodikasi.
“Minglik” va ”Ko‘p xonali sonlar” mavzusida misol, masalalar yechishga o‘rgatish metodikasi va xokazo.
Xar bir talabaga alohida mavzu beriladi. Talaba berilgan mavzu bo‘yicha olingan bilimlar tadbig‘ini amaliyotda qo‘llay olishi ko‘rsatiladi.
VIII. Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetentsiyalar) O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasi asosida: “Matematika o‘qitish metodikasi” o‘quv fanini uzlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
Boshlang‘ich sinf matematika o‘qitish metodikasining o‘ziga xos xususiyatlari;
matematika o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqalari;
-boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va fanning muhim bo‘lgan muammolari;
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning maqsad va vazifalari;
Boshlang‘ich sinflar matematikasining 5-6 sinflar va maktabgacha ta’lim bilan bog‘lanishi;
- oz komplektli va ixtisoslashgan maktablarda matematika o‘qitishini tashkil etish; - matematika o‘qitish metodikasining tarixi va xozirgi vaqtdagi xolati;