O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə125/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

34.2-rasm. Izotermik (50OC) va izobarik (0,1 MPa) kesishuvli diagrammada KCl+NaNO3 = NaCl+KNO3 konversiyaning optimal sikli.


34.3. Kaliy nitrat ishlab chiqarishning samarador usul lari.
Kaliyli selitra turli xil usullarda, shu jumladan almashinish reaksiyasi orqali olinadi:

KlCl + NH4NO3 =KNO3 + NH4Cl

Bu jarayonning sodir bo‘lish sharoitlariga bog‘liq ravishda almashinish darajasi turlicha bo‘lishi mumkin. Buni hisoblash uchun odatda grafik usul qo‘llaniladi.

2.3, 2.4, 2.5, 2.6 va 2.7-rasmlarda KCl – NH4NO3 – KNO3 – NH4Cl


sistemasining 0; 20; 40; 60 va 100OC haroratlardagi izotermasi ifoda etilgan.
Izotermalarning har bir maydoni ionlar o‘rtasidagi mumkin bo‘lgan nisbatlarni o‘z ichiga oladi va ular to‘q rangdagi chiziqlar bilan ajratilgan bo‘lib, to‘rtta kristallanish maydoniga bo‘lingan.
Bunda har bir maydonda eritma faqatgina bita tuz cho‘kmasi bilan muvozanatda bo‘ladi. To‘qroq chiziqlar bo‘ylab eritma bir paytning o‘zida ikkita tuz bilan muvozanatda bo‘ladi. Ikkita nuqta F va E da esa uchta shunday chiziqlar uchrashadi va bunda eritma uchta tuz bilan muvozanatda bo‘ladi. Ingichka chiziqlar esa bir xil miqdordagi suvga ega bo‘lgan eritmalarga oid nuqtalarni birlashtiradi. Bu chiziqlar raqamlari to‘yingan eritmada 1 mol tuzlar yig‘indisi (jami) ga qancha mol suv to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi.

34.3-rasm. KCl – NH4NO3KNO3NH4Cl sistema izotermasi (0OC)

34.4-rasm. KCl – NH4NO3KNO3NH4Cl sistema izotermasi (20OC)
Har bir tuzlar aralashmasi tarkibiga izotermada ma’lum nuqta to‘g‘ri keladi va izoterma kvadrati tomonlarigacha bo‘lgan masofa bilan tavsiflanadi. Bu masofa kvadrat tomonlari uzunligi hissalari (o‘lchamlari) bilan o‘lchanadi va eritmadagi tuzlar aralashmasi bir moliga to‘g‘ri keladigan ayni (muvofiq) ionning gramm-ionlari sonlarini ifoda etadi.

3
Masalan, 40OC haroratdagi izotermada (2.5-rasm) «a» nuqtasi belgilangan. Bu nuqta kvadrat chap tomonidan 0,45 masofada KCl ning kristallanish maydonida joylashgan va shuning uchun unga 0,45 g-ion K+ va 1-0,45=0,55 g-ion NH4+ muvofiq keladi. Shu bilan birga «a» nuqtasi kvadratning yuqori tomonidan 0,35 masofada joylashgan va shuning uchun unga eritmada 0,35 g-ion NO3 - va 0,65 g-ion Cl- to‘g‘ri keladi.




Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin