O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


Nazorat savollari va topshiriqlar



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə128/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

Nazorat savollari va topshiriqlar
  1. Kaliy nitratni xossalari va olinish usullari yozing


  2. Kaliy nitrat ishlab chiqarishning konversiyali usulini bayon eting


  3. Kaliy nitrat ishlab chiqarishning samarador usullarini tushuntiring


  4. Izotermik (50OC) va izobarik (0,1 MPa) kesishuvli diagrammada KCl+NaNO3 = NaCl+KNO3 konversiyaning optimal siklini tushuntiring


  5. Kaliy xloridning nitrat kislota yoki azot oksidlari bilan reaksiyasini yozing


  6. KCl – NH4NO3 – KNO3 – NH4Cl sistema politermasini tushuntiring




Ma’ruza №35. Mikroo'g'itlar


REJA:


  1. Mikroelementlar


  2. Borli o‘g‘itlar


  3. Misli, ruxli, marganetsli, molibdenli va kobaltli o‘g‘itlar


35.1. Mikroelementlar.
D.I.Mendeleev davriy sistemasidagi elementlarning 80% i mikroelementlar hisoblanib, ular er kobigi, o‘simliklar va xayvonlar organizmida (quruq modda hisobida) 0,01% dan oshmaydi.
Ayrim ogir metallar (simob, qo‘rg‘oshin kabi) o‘simlik va tirik organizmlar uchun zararli bo‘lib, qolgan elementlar esa ularning rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Asosiy ozuqa moddasi mikroelement bo‘lgan mineral o‘g‘itlar mikroo‘g‘itlar deyiladi.
Organizmlarning etarli rivojlanishi uchun tirik organizmlar mikroelementlarni ozuqadan, o‘simliklar esa tuproqdan o‘zlashtiradi. Tuproqka esa mikroorganizmlar tuproq xosil qiluvchi tog jinslari, tabiiy suvlar va kosmik changlar orqali tushadi. Bundan tashqari sun’iy usulda mikroo‘g‘itlar beriladi.
Tadkikotchi E.V.Bobko, M.A.Belousov, O.F.Tueva, M. YA. SHkolnik, U.E.Brenchli va K.Uoringtonlar o‘simliklar uchun axamiyatli bo‘lgan mikroelementlarning xossalarini (1927-1934 yillarda) o‘rganishgan. Ularning muloxazalari 13.1 — jadvalda keltirilgan.
13.1 — jadval
Mikroelementlarning o‘simliklarga ta’siri


Zarur


Zararli



Tushunarsiz




Axamiyati noma’lum




Bor



mishyak



litiy



kumush, kalay,




Kobalt



xrom



stronsiy




oltin, surma,




Mis



nikel



rubidiy



berilliy, titan,




Marganets




qo‘rg‘oshin




radiy



vismut, vanadiy,




Molibden




bariy



yod



kadmiy, volfram,




Rux

selen


natriy



seziy, brom,







xlor






simob va boshqalar




Brenchli va Uoringtonlar o‘simliklarga mikroelementlar uziga xos ta’sir etishini aniqlashgan. Ular (1927 yil) tekshirgan 52 ta element o‘simliklarga ta’sirida borning urnini bosa olmasligini aniqlashgan.



G.I.Bertran (1905 yil), X.Agyulon (1910 yil), A.A.Xalizev (1934 yil) va boshqalar organizmlarda sodir bo‘ladigan biokimyoviy jarayonlarda mikroelementlar katalizatorlik vazifasini bajaradi deb e’tirof etishgan.
M.YA.SHkolnik (1939 yil) va E.V.Bobkolar (1935 yil) esa mikroelementlar organizmlardagi biokimyoviy jarayonlarda faqatgina katalitik ta’sir etibgina kolmay, balki ular plazmaning fizik-kimyoviy xossalariga, sirt tarangligiga, diffuziyaga, osmosga, kolloidlarning ko‘payishiga, adsorbsiyaga va modda almashinuv jarayonlarida oksidlanish-qaytarilish potensiallar ayirmasini xosil qilishda xam ta’siri borligini ta’kidlab o‘tishgan. M.YA.SHkolnik: «Xayotiy jarayonlarga kuchli ta’sir etish xossalari bilan mikroelementlar fermentlarni eslatadi. Bu xossalari bilan mikroelementlarni murakkab organiq katalizatorlar — fermentlar tarkibiga kiradi deb faraz qilishimizga asos yaratadi» - deb yozgan. Mikroelementlar tirik organizmlarda turlicha ta’sir mexanizmiga egadir.
So‘nggi yillarda biokimyoviy jarayonlardagi metallorganiq kompleks birikmalarning axamiyati aniqlana boshlandi. Mikroelementlarning fiziologik ax,amiyatini va o‘simliklarga o‘zlashishini o‘rganish ularning kompleks birikmalar xosil qilish kobiliyatini hisobga olishni takazo etadi. Ularning ayrimlari, masalan Fе, Си, Со, Мn, Zn atomlarida (1-valent pogonachalari tuyinmagan elementlar hisoblanadi. Bu esa ularning o‘zgaruvchan valentli bo‘lishini va kompleks birikmalar xosil qilishda ishtirok eta olishini ta’minlaydi. Ular juda ko‘p turdagi organiq birikmalar bilan turli xildagi kompleks birikmalar xosil kiladi. Organiq kompleKClar bilan uygunlikdagi mikroelementlarning fiziologik faolligi ularning ion xolidagiga nisbatan ming va million martalab kuchayib ketadi.
E.P.Troitskiy (1952 yil) mikroelementlarning o‘simliklardagi birikmalarining asosiy shakli ichki kompleKClar: alanin, gemoxromogen, xlorofill va boshqalar xrsil qilishi deb hisoblaydi. U mikroelementlarni katalizatorlar deb tushunish ular moxiyatini aniqrok va tularok ocha olmasligini, ichki kompleks birikmalar esa reaksiyalarni tezlatibgina kolmay, balki ular reaksiya zanjirini ma’lum yunalishi bilan borishida «dirijyorlar» hisoblanishini tushuntiradi.
Keyingi paytlarda tuproqda temir va boshqa mikroelementlarning etishmasligi tufayli sodir bo‘ladigan xlorozaga karshi xelatlar va kompleksonlar deb ataladigan ichki kompleks birikmalar kullanilishining kashf etilishi natijasida metallorganiq kompleKClarga katta e’tibor berila boshlandi.
Xayotiy muxim axamiyatga ega bo‘lgan unturtta mikroelement aniqlangan. Ularga bor, marganets, mis, rux, kobalt, molibden va boshqalar kiradi. Mikroelementlar organizmdagi fermentlar, vitaminlar, garmonlar, pigmentlar va boshqalar bilan birgalikda organizmlarning xayotiy jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi. Ular biokimyoviy o‘zgarishlarda katnashib, o‘simlik organizmida ferment sistemalar orqali sodir bo‘ladigan fiziologik funksiyalarga ta’sir etadi. Mikroelementlar biokimyoviy jarayonlardagi katalizatorlik funksiyasini bajaruvchi fermentlarni faollashtiradi. Masalan, ular organizmlardagi modda almashinuv jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi, fotosintez jarayonida nurdan foydalanishni kuchaytiradi, oqsil sintezini tezlashtiradi. Ayrim Mikroelementlar o‘simliklarning u yoki bu foydali xossalarini aktivlashtiradi, ya’ni qurg‘oqchilik va sovukka chidamlilik, urug‘lar unib chiqishi va rivojlanishini tezlatish, kasalliklarga bardoshliligini oshirish kabi xossalarini kuchaytiradi. Ularning etishmasligi esa modda almashinuv jarayonlarining buzilishiga, o‘simlik va tirik organizmlarning kasallanishiga olib keladi. Ammo mikroelementlarning ortiqcha mikdori xam fiziologik jarayonlarda salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. SHuning uchun mikroelementlardan foydalanishda ularning tuproqdagi mikdori va o‘simliklarning ularga bo‘lgan talabi aniqlanishi lozim.
Mikroelementlar tuproqqa asosiy o‘g‘it tarkibida urug‘ni ekishdan oldin yoki o‘simliklarga sepish orqali yoki urug‘larni ular bilan dastlabki aralashtirish orqali beriladi. Mikroelementlarning makroo‘g‘itlar tarkibida ishlatishning afzalligi shundaki, uning me’yori oshib ketgan xolda xam o‘simlikka toksik ta’sir xavfi kam bo‘ladi.

Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin