34.7-rasm. KCl – NH4NO3 – KNO3 – NH4Cl sistema izotermasi (100OC)
Kaliy xloridning nitrat kislota yoki azot oksidlari bilan reaksiyasi quyidagi sxemalar bo‘yicha boradi:
KCl + HNO3=KNO3 + HCl (1)
3HCl + HNO3= NOCl + Cl2 + 2H2O (2)
2KCl + 3NO2 + H2O=2KNO3 2HCl + NO (3)
HCl + 2NO2=HNO3 + NOCl (4)
Nisbatan past haroratda (25-60OC) reaksiya (1) chapdan o‘ngga boradi. (2) reaksiya qaytar jarayon bo‘lib, past haroratda boshlanadi. 100OC haroratda muvozanat deyarli to‘la NOCl va Cl2 tomonga siljiydi.
Nitrozil xlorid NOCl va xlorning hosil bo‘lishi eritma konsentratsiyasi va haroratning ko‘tarilishiga bog‘liqdir. 30-40% li nitrat kislota ishlatil- ganda va 60OC dan past haroratda azotning nitrozil xlorid tarzida yo‘qo- tilishi unchalik ko‘p bo‘lmaydi va xlor eritmada HCl shaklida to‘planadi.
Eritma sovutilganda undagi KNO3 ning anchagina qismi ajralib chiqadi, qolgan eritma siklga qaytarilishi mumkin. Bunda undan vodorod xloridni haydalishi kerak. Haydalgan bug‘ni xlorid kislota tarzida kondensatlanadi.
Reaksiya (1) bo‘yicha KNO3 olishni organik erituvchilar – butil, izoamil spirtlari va boshqalar muhitida amalga oshirilishi ham mumkin, bunda organik erituvchilar regeneratsiyalab turiladi.
34.8-rasm. KCl – NH4NO3 – KNO3 – NH4Cl sistema politermasi
KCl va nitrat kislotadan NOCl hosil qilinmagan holda ham KNO3 olish usullari yaratilgan. Masalan, nisbatan (100OC dan) past haroratda suvli muhitda boradigan quyidagi reaksiya tenglamasi bilan ifodalanuvchi jarayondan foydalanish taklif etilgan:
(Na2SO4+2KCl) + CaCO3 + 2HNO3 + H2O=CaSO4∙2H2O + 2NaCl + CO2 + 2KNO3
yoki 300-700OC haroratda kaliy xloridni dastlab ortiqcha miqdordagi fosfat kislota (HCl ni haydalishi) bilan parchalash, so‘ngra fosfat kislotani jarayonga qaytarish orqali kaliy fosfatni nitratga konversiyalashni amalga oshirish mumkin:
Tayanch suzlar:
Nitrozil xlorid, konsentratsiya, nitrat kislota, xlor, konversiya, jarayon, almashinish, samarador, tejamkor, bosim, sistema, bug‘latish, kristallanish, siklik jarayon, zotermik, izobarik diagramma, optimal sikl, sovutish jarayoni, kristallangan.
Dostları ilə paylaş: |