O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus


Kaliy nitrat ishlab chiqarishning konversiyali usuli



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə124/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

34.2. Kaliy nitrat ishlab chiqarishning konversiyali usuli.
Quyidagi almashinish reaksiyasiga asoslangan usul keng tarqalgandir:

KCl + NaNO3= NaCl + KNO3


5, 25, 50 va 100OC haroratdagi KCl + NaNO3 NaCl + KNO3 suvli sistemasida eruvchanlik diagrammasi 2.1-rasmda tasvirlangan. Bundan ko‘rinadiki, 5-25OC haroratdagi kaliy tuzlarining eruvchanligi natriy tuzlariga nisbatan kam, 100OC da, aksincha, NaCl ning kristallanlanish sohasi keskin ortadi. Agar 100OC da KCl va NaNO3 larning ekvimolyar aralashmasining eritmasi tayyorlansa, kvadrat diagonallari kesishishiga to‘g‘ri keladigan a nuqta NaCl ning kristallanish sohasida yotadi. Bunday eritmadan 100OC haroratda suv bug‘latilganda, eritma to‘yinishi natijasida NaCl kristallana boshlaydi va eritma tuzli massasining tarkibi ab chiziq bo‘yicha o‘zgaradi.

34.1-rasm. 5, 25, 50 va 100OC haroratdagi KCl+NaNO3=NaCl+KNO3 suvli sistemasida eruvchanlik izotermasi.


b nuqtada eritma KCl ga ham to‘yinadi. Agar xuddi shu paytda ajraladigan NaCl kristallari ajratilsa va so‘ngra eritma, masalan 5OC ga sovutilsa, bunda b nuqta KNO3 ning kristallanish sohasida bo‘lib qoladi. Eritma sovutilganda bu tuz ham cho‘kmaga tushadi va qolgan eritma tarkibi bc chiziq bo‘yicha o‘zgaradi.
Bunda a va b nuqtalar orasidagi masofa unchalik katta emas, u holda ekvimolekulyar miqdordagi KCl va NaNO3 tutgan eritmadan suvni bug‘latishda juda oz miqdordagi NaCl cho‘kmaga tushadi va eritma tezda KCl bilan ham to‘yingan holga keladi. Bu esa eritmani sovutish KNO3 unumini kamaytiradi. Ajratib olinadigan NaCl miqdorini oshirish va KNO3 unumini oshirish uchun, diagrammadan ko‘rinadiki, boshlang‘ich eritmaga ortiqcha NaNO3 qo‘shish lozimdir. Agar NaCl ajratib olinishi tugallanishiga eritma uchta tuz – NaCl, KCl va KNO3 bilan to‘yinsa (ya’ni uning tuzli massasi E2 nuqta bilan tasvirlangan) eng yuqori unumga erishiladi. Bunda hosil bo‘lgan NaCl kristallarini ajratib olingandan so‘ng, eritmani sovutilishi natijasida KNO3 ning kristallanishi eng uzun yo‘l E2d bo‘yicha sodir bo‘ladi va eng yuqori unumda mahsulot olinishi ta’minlanadi.
KCl va NaNO3 orasidagi almashinishni ta’minlashning eng samarador va tejamkor usuli bu – o‘zgarmas bosim va o‘zgaruvchan haroratda sistemadan suvni bug‘latish paytida NaCl ning kristallanishi sodir bo‘ladigan siklik jarayonda amalga oshirish hisoblanadi. Bunday optimal siklning tartibi va hisobi izotermik va izobarik diagrammalar kesishuvi yordamida amalga oshirilishi mumkin. KNO3 kristallanishi 50OC da tugallanadigan optimal sikl uchun misol 2.2-rasmda ko‘rsatilgan. Izotermik kesishuvda a nuqta – sovutish jarayonida ba kesimda KNO3 kristallanganidan so‘ng qoladigan eritmani tavsiflaydi. Kristallanish boshlanishida eritmaning tuzli tarkibiga b nuqta muvofiq keladi. Kristallanishdan oldin unga shunday miqdordagi suv qo‘shiladiki, u kristallanish oxirida faqat belgilangan haroratdagina (50OC) natriy xlorid bilan to‘yinishi kerak. b eritma qaynayotgan c eritmadan suvning bug‘lanishi va NaCl ning kristallanishi natijasida olinadi. Eritma a ning KCl va NaNO3 lar ekvimolyar miqdorlari aralashtirilishidan boshlang‘ich eritma c bug‘latish uchun olinadi.
Shunday qilib, sikl cab uchburchagi bo‘yicha amalga oshiriladi. Sikl- ning tuzli koeffitsienti (ya’ni olingan KNO3 massasining bug‘latilgan suv massasiga nisbati) qanchalik katta bo‘lsa, bug‘latishga shunchalik oz energiya sarflanadi. KNO3 kristallanishining oxirgi harorati qanchalik katta bo‘lsa, eritmani sovutishga shunchalik oz xarajat ketadi. 50-25OC oralig‘ida joylashgan qaynash nuqtasidan kristallantirishning oxirgi haro- ratigacha chegarasidagi haroratli sikl eng tejamkor hisoblanadi. Bunda Bbchiziqli bug‘lanish uchun optimal K+:NO - nisbati 0,69-0,96 oralig‘ida bo‘ladi; ular nisbatan yuqori tuzli koeffitsientlar va kam hajmli aylanma eritmalar bo‘lishini ta’minlaydi.


Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin