Tayanch so‘zlar:
Yarimgidrat, yarimgidrat-digidrat, konsentrlangan, fosfat kislota, ftorli gazlar, reaktor, filtrlash, qurilma, mahsulot, kislota, geksaftorsilikat kislotasi, reaksion, suspenziya, atmosfera, zaharli, chiqindilar.
Nazorat savollari va topshiriqlari
Fosfat kislotani ekstraksiyalashning yarimgidratli jarayonini tushuntirig
YArimgidratning cho‘ktirilishi usulini tushuntiring
Nima uchun yarimgidrat-digidratli usullari yaratildi
Ikkinchi filtrlash jarayonini tushuntiring
Ekstraksiya fosfor kislotasi sexida absorbsion qurilmadan qanday gaz chqadi
Adabiyotlar
Gafurov Q., Shamsiddinov I.T. Mineral o’g’itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblar. Darslik. Toshkent. “Fan vatexnologiya”. 2010. 360 b.
Mirzakulov X. Ch., Shamsiddinov I.T., To’raev Z. Murakkab o’g’itlar ishlab chiqarish nazariyasi va texnologik hisoblar. Oquv qo’llanma. Toshkent. “Tafakkur Bostoni”. 2013. 216 b.
Ибрагимов Г. И. Эркаев А.У. Якубов Р. Я. Туробжонов С. М. Калий хлорид технологияси. Ўқув қўлланма. Тошкент. 2010. 210 б.
Ma’ruza№ 12. Superfosfat ishlab chiqarishda ishlatiladigan fosforitlarning xossalari
REJA:
Fosforitlarning fizik – kimyoviy va mexanik xossalari.
Hozirgi kunda Qizilqum fosforitlari boyitish jarayonlari
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida joylashgan Guliob fosforitining xususiyatlari.
Fosforitlarning fizik – kimyoviy va mexanik xossalari.
Markaziy Qizilqum fosforitlaridan yangi navli fosforli o‘g‘itlar olishning fizik-kimyoviy asoslarini yaratishda, me’yoriy-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va sanoat miqyosida ishlab chiqarishni tashkillashtirishda xom ashyo va tayyor mahsulotlarning fizik-kimyoviy va mexanik xossalari haqidagi ma’lumotlar zarurdir. CHunki bu tavsifnomalar xom-ashyolarni qayta ishlash uchun qurilma va uskunalar o‘lchamli to‘g‘ri hisoblash bilan birga ulardan unumli foydalanishga imkon beradi.
Fosforit zarrachalarining oquvchan sharoitdagi harakatchanligi uning uyma og‘irligi orqali ifodalanadi. U xom ashyo saqlanayotgan hajmdagi va shuningdek bunker va siloslardan bo‘shatilayotgandagi xarakatning asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblashda zarur bo‘ladi. Uyma og‘irlik ko‘rsatkichi asosiy xom ashyo bunker va idishlar o‘lchovlarini, uni tashuvchi moslama va qurilma quvvatlarini hisoblash uchun aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |