O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə153/192
tarix20.11.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#162498
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   192
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus-www.hozir.org (1)

2.1.1.Namlikni aniqlash

Kaliy xloriddagi gigroskopik namlik miqdorini belgilangan sharoitda quritilgandan so‘ng massaning kamayishi orqali aniqlanadi.

Ishning maqsadi: Gigroskopik namlik miqdorini aniqlash


Kerakli asbob va reaktivlar:


1.

Diametri 45 mm li balandligi 30 mm bo‘lgan byuks



2.

Quritish shkafi



3.

Texnik va analitik tarozilar



4.

SHisha silindr



5.

CHinni kosacha va chinni stakan tayyoqchasi bilan



6.

Eksikator



7.

CHinni tigel



8.

Kaliy xlorid tuzi



Ishning bajaralishi
5 g atrofidagi kaliy xlorid oldindan quritilgan va tortilgan byuksga joylanadi, byuksning qopqog‘i berkitiladi va 0,0001 g aniqlikda tortiladi. Namuna byuksning qopqog‘i ochib qo‘yilgan holatda 100OS haroratdagi quritish shkafiga joylashtiriladi, massa o‘zgarmay qolguncha qizdiriladi, so‘ngra ostida kalsiy xlorid yoki silikagel quritgichi bo‘lgan eksikatorda byuksning qopqog‘i yopib qo‘yilgan holatda sovutiladi va sovigach esa tortiladi.

Hisoblash. Namlik miqdori massa ulush (%) hisobida quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
, %
bu erda: m1 – namunaning quritilgandan keyingi massasi, g;
m – boshlang‘ich tortib olingan kaliy xlorid massasi, g.

2.1.2. Kaliy xlorid tarkibidagi kaliy miqdorini aniqlash

Tetrafenilborat usuli

Bu usulda kaliy sirka kislotali muhitda erimaydigan kaliytetrafenil borat ko‘rinishida cho‘kmaga tushiriladi.

va hosil bo‘lgan cho‘kma tortiladi.
Ishning maqsadi: kaliy xlorid tarkibidagi kaliy miqdorini cho‘ktirish usuli bilan aniqlash

Kerakli asbob va reaktivlar:


1.

Kaliy xlorid tuzi


2.

0,5% li AlCl3 eritmasi

3.

1 va 10% li CH3COOH eritmalari

4.

YUvish eritmasi

5.

Metil qizilining 0,1% li spirtdagi eritmasi



6.

Natriy tetrafenil boratning 3,5%li yoki 0,1M eritmalari



7.

Distillangan suv



8.

Texnik va analitik tarozilar



9.

SHisha silindr



10.

250 ml va 1 l li o‘lchov kolbalari



11.

Filtr qog‘ozi



12.

Voronka



13.

Kimyoviy stakanlar



14.

O‘lchov pipetkalari



15.

Kuydirish pechi



16.

Qizdirish pechi



17.

Eksikator (kalsiy xloridli yoki silikagelli)



Natriy tetrafenil boratning 0,1 m eritmasini tayyorlash: natriy tetrafenil borat tuzidan 35 g olib 500 ml distillangan suvda eritamiz. Eritmaga erimaydigan qoldiqni koagulyasiya uchun 5 ml 0,5% li AlCl3 eritmasidan quyiladi. Eritma 12 soat qoldiriladi va ko‘k lentali filtr bilan hajmi 1 l bo‘lgan o‘lchov kolbasiga o‘tkaziladi va kolbaning belgisigacha suv bilan to‘ldiriladi.
YUvish eritmasini tayyorlash:
Sirka kilotasini 1% li 100 ml eritmasi va 3-4 ml 3,5% li natriy tetrafenil borat eritmasi bilan aralashtiriladi.


Ishning bajaralishi
5 g KCl tuzi uchun analitik tarozida tortiladi va stakanga solinadi. Ustiga 150 ml distillangan suv quyiladi va qaynaguncha qizdiriladi. Eritma hajmi 500 ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga filtrlanadi, cho‘kmani xlor ionidan toza bo‘lguncha yuvish orqali kolba o‘lchov belgisigacha etkaziladi.
Hosil bo‘lgan eritmadan 250 ml li o‘lchov kolbasiga 25 ml eritma pipetka orqali o‘tkaziladi va o‘lchov kolbasini belgisigacha distillangan suv bilan etkaziladi. Eritmadan 50 ml eritma namuNaCl pipetka orqali olinadi, 100 ml li stakanga quyiladi va yana stakanga 30 ml suv quyiladi. 1-2 tomchi metil qizil indikatoridan qo‘shiladi, xamda 10% li sirka kilota eritmasi bilan pushti rangga kirguncha neytrallanadi. Eritma suv xammomida 400S gacha qizdiriladi. Aralashtirilib turilgan xolda asta sekin tomchilatib 10 ml natriy tetrafenil borat eritmasidan qo‘shiladi. Xosil bo‘lgan cho‘kmali eritmani 5 minut tindirilgandan so‘ng xona xaroratigacha sovuq suv bilan sovitiladi va oldindan tortib olingan quruq g‘ovak tigel orkali filtrlanadi. CHo‘kma 3-4 ml yuvish eritma bilan yuviladi. So‘ngra 3 marta sovuq suv bilan (5 ml dan) yuviladi va doimiy og‘irligi kelguncha 1200S xaroratda quritish shkafida quritiladi. CHo‘kmali tigel eksikatorda sovitiladi va tortiladi.


Xisoblash. kaliy xlorid tarkibidagi kaliy miqdorini massa ulushi (%)da quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
%
bu erda: m1 - kaliy tetrafenil borat cho‘kmasining og‘irligi. g; m-namunaning og‘irligi, g; - namunadagi namlikni miqdori %
0,1314 - 1 g kaliy tetrafenil boratga to‘g‘ri keluvchi K2O ning massasi, g.



Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin