Tayanch so‘zlar:
Kondensator, pech gazi, fosfatlar, termik, sifatli fosfat, elektrofiltr, kamera, shlak, choʼmich, elektrod, shixta, bunker, transformator, fosfor miqdori, ekstraksiya,
Nazotat savollari va topshiriqlar
Fosfatlarni termik qayta ishlashning afzalligini ayting.
Pechning reaktsion qismini shartli ravishda nechta qismga ajratiladi.
Kal’tsiy fosfatni qaytarilish mexanizmini yozing.
Qaytarilish sxemasida qanday jarayonlar shakllantiriladi.
Oq (sariq) fosfor ishlab chiqarish sxemasini keltiring.
Elektrofiltrdan chiqayotgan gazlarni yozing.
Ma’ruza № 8. Тermik fosfor kislotasi olish.
REJA:
Fosfatli minerallarning tarkibi va turi.
Fosfatli minerallarning fizik xossasi
Termik fosfat kislotaning olinish usuli
Sirkulyatsion ikki minorali tizimda termik fosfat kislota ishlab chiqarish tasviri:
8.1. Fosfatli minerallarning tarkibi va turi.
Tabiatda 120 dan ortiq turdagi fosfatli minerallar uchraydi. Apatit guruhidagi minerallar, ulardan eng asosiysi –
8.1-jadval
Apatit guruhi fosfatlarining tarkibi
Apatitning fosfatli guruhlariga yoki apatitlarga Ca10R2(PO4)6 umumiy formulaga ega bo‘lgan 42 zarrachadan iborat bo‘lgan elementar kristall yacheykali minerallar kiradi (bu yerda R – ftor, xlor yokigidroksil).
Apatitdagi kalsiyning bir qismi Sr, Ba, Mg, Mn, Fe, shuningdek uch valentli nodir elementlarning ishqoriy metallar bilan birgalikdagi atomlari bilan almashgan holatda bo‘ladi. Apatitning kristall panjarasida kalsiyga nisbatan katta atom massaga ega bo‘lgan kationlarning kirishi mineraldagi P2O5 miqdorining, masalan ftorapatit Ca5F(PO4)3 dagiga nisbatan kamayishiga olib keladi. Masalan, Mineralda o‘rtacha 2,7% SrO va 1,5% nodir elementlar oksidlarining yig‘indisi bo‘lsa (nodir elementlarning o‘rtacha atom massasi 160), undagi P2O5 miqdori toza apatitdagi 42,2% o‘rniga 40,7% bo‘ladi.
Boshqa apatit minerallari ftorning o‘rnini OH, xlor olishi yoki fosfor o‘rnini uglerod olishi natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar sifatida qaralishi mumkin.
Fosfor kalsiy fosfatlaridan tashqari boshqa minerallar tarkibiga ham kiradi. Ulardan eng muhimlari ambligonit LiAl(PO4)F, biryuza CuAl6(PO4)4(OH)8∙5H2O, vavellit 4AlPO4∙2Al(OH)3∙9H2O, vagnerit Mg2PO4F, varissit AlPO4∙2H2O, vivianit Fe3(PO4)2∙8H2O, ksenotim YPO4, libetenit Cu2(PO4)3OH, litiofilit Li(Mn,Fe)PO4, monasit (Ce,La,Dy)PO4, otenit Ca(UO2)2(PO4)2∙8H2O, piromorfit Pb5(PO4)3Cl, triplit (Mn,Fe)2PO4F, trifilit Li(Fe,Mn)PO4 va boshqalar hisoblanadi.
Bu minerallardan ayrimlari nodir elementlar, uran va boshqalar olishning manbaasi bo‘lib xizmat qiladi, bunday qayta ishlashda hosil qilinadigan fosfor birikmalari esa qo‘shimcha mahsulot hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |