Baholashning sifat uslublari. Odatda bu uslublarga baholanuvchi-ning tarjimai holi, amaliy tavsiyanomasi (xarakteristikasi), maxsus og‘zaki so‘rovlar o‘tkazish, etalon, shuningdek muhokama qilish orqali baholash kiradi.
Baholashning miqdor uslublari xodim sifatlarini son bilan baholashni nazarda tutadi. Ular orasida koeffitsientlar va ballar orqali baholash eng oddiylari, ayni vaqtda samaralilari hisoblanadi.
Baholashning aralash uslublaribir yo‘la sifat va miqdor uslublarini, maxsus testlarni, ekspert baholarini qo‘llashni ko‘zda tutadi. (13.1.1- rasm).
Jumladan, xodimning amaliy, ayniqsa, tashki-lotchilik qobiliyatlarining miqdor ko‘rsatkichlari ekspert baholari asosida aniqlanadi. Buninguchun lavozimga nomzodni baholash uchun ishlab chiqarish xususiyatlari va mehnat sharoitini hisobga olgan holda 6-7 ta mezon belgilanadi.
Shaxsiy - psixologik sifatlar darajasi
Attestatsiya komissiyasi baholari va xulosalari
Bilimlar, ko’nikmalar mahorat
Kasbiy tayyorgarlik darajasini baholash