Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi
Baholash natijalari maxsus “Attestatsiya qilinayotgan xodimning ekspert so‘rovi natijalari blanki”ni to‘ldirish orqali amalga oshiriladi. Shu maqsadda ekspertlar anketaga qo‘ygan “+” belgilari “V” belgisi bilan ushbu maxsus blankka ko‘chiriladi. Boshqa “Attestatsiya qilinayotganning o‘rtacha bahosini hisoblash blanki”da anketaga kiritilgan har bir sifat o‘rtacha ball quyidagicha aniqlanadi:
Ao‘r=A10+ Agng+…+ A1n1 (13.1)
n bunda: Ao‘r. - baholash sifati ahamiyati darajasi bo‘yicha baholanishning o‘rtacha bali;
A10… A1- baholash sifati ahamiyatining darajasini ekspert tomonidan 10 balli tizimda baholashi;
p10...p1 - baholash sifatiga ahamiyati darajasi bo‘yicha baho qo‘ygan ekspertlar soni;
p- ekspertlar umumiy soni.
Shu vaqtning o‘zida mazkur blankada har bir baholash sifati bo‘yicha ushbu baholash sifatining attestatsiya qilinayotgan xodimda namoyon bo‘lishining o‘rtacha bali quyidagicha hisoblab chiqiladi: