Amaliylik. Baholashni amalga oshirish tartibi rahbariyat uchun ham, Inson resurslarini uchun ham bir xilda aniq tushunarli bo‘lishi muhimdir. Inson resurslarini faoliyatini baholash ikki yo‘nalish bo‘yicha olib boriladi:
1.Mehnat natijalarini hisobga olish (bevosita baholash). 2.Xodimning ushbu natijalarga ta’sir ko‘rsatuvchi amaliy va shaxsiy
sifatlarini taxlil etish (bilvosita baholash).
Bevositabaholash rahbar bilan xodimning kelgusida baholash standartlari vazifalarini o‘taydigan aniq maqsadlarni birgalikda aniqlab olishlarini taqozo etadi.
Bilvositabaholash an’anaviy bo‘lib, xodimning tashabbuskorligi,
jamoa bilan til topisha olishi, ishonchliligi, insonlarga munosabati, ya’ni uning shaxsiy sifatlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarga naqadar muvofiq kelishini taqqoslashni nazarda tutadi.
Mehnat natijalarini hisobga olish amalda butun Inson resurslariniga nisbatan qo‘llaniladi. Chunki, bu natijalar mehnatga haqto‘lashning asosidir. Korxona ishchilari va xizmatchilariga ular muayyan muddatda erishishi kerak bo‘lgan me’yorlar belgilab qo‘yiladi. Bu me’yorlardan biri - ish me’yorini bajarish darajasidir. Bunda faqat boshqaruv vazifalari ustuvorligi hisobga olinishi kerak. (13.1.3- rasm).
Inson resurslarini ish natijalarini baholash tartibi anchagina murakkab va ko‘p jihatlari bo‘yicha ishni sifatli baholashni o‘tkazishga o‘xshab ketadi. Bunda farq shundaki, ish natijalarini baholashda ijro hamda Inson resurslarinining amaliy sifatlari, ishni sifatli baholashda esa ishning o‘zi baholash mezoni vazifasini o‘taydi. Mehnat natijalarini baholash xodimning o‘z ishini nechog‘lik samarali bajarishi, korxona pirovard maqsadlariga solishtirilgan holda (bu tartibni korxonaning faqat shtatli xodimlariga qo‘llash mumkin) amalga oshiriladi.
Mahsulot narxi
Mehnatga haq to’lash
Mehnatni me’yorlash
Rejali iqtisodiyot