Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi
Mehnatga haqto’lash Mahsulotgaqo’shilgan Mahsulotnarxi Bozor iqtisodiyoti 13.1.3-rasm.Boshqaruvvazifalariningustuvorligi
Insonresurslarinifaoliyatinimaqsadlargaerishishbo‘yichaham baholash mumkin. Bunda korxona va xodim maqsadlari bir-biriga muvofiq bo‘lib, yagona tizimga birlashgan taqdirdagina ushbu baholash samarali bo‘lishi mumkin. Ana shunday tizim korporativ rivojlanish jarayonida xodimdarning shaxsiy mas’uliyati va ularni rag‘batlantirish tizimi bilan o‘zaro bog‘liqbo‘lishini taqozo etadi.
Maqsadlar bo‘yicha baholash quyidagi bosqichlardan iborat:
Xodimning bir nechta asosiy vazifalari (funksiyalari)ni aniqlash.
Bu funksiyalarning har biriga muayyan iqtisodiy ko‘rsatkichlar (foyda, xarajatlar hajmi, muddat, sifat va hokazolar) bo‘yicha anikdik kiritish.
O‘lchov birligini (foiz, kun, so‘m) belgilash.
Har bir ko‘rsatkich bo‘yicha eng kam va eng ko‘p “ijro standartlari”ni belgilash.
Ijroning eng ko‘p va eng kam natijalarini qabul qilingan standartlar (eng ko‘p, belgilangan darajada, eng kam darajadan past) bilan taqqoslash.
Barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha o‘rtacha baho.
Inson resurslarini faoliyatini baholashning yana bir turi – maqsadgaerishishga ta’sir ko‘rsatuvchi sifatlar – unumdorlik omillariga qarab baholashdir. Bunda xodimning ishlab chiqilgan mezonlarga erishish imkonini beradigan sifatlari (unumdorlik omillari) belgilanadi. Bu unumdorlik omillariga xodimning kasbiy va ishlab chiqarish ko‘nikmalari, bilimi, qobiliyati va hokazolar kiradi.
Hozirgi vaqtda bajarilgan ishni kompleks baholash usullari ham mavjud. Ularning to‘rt asosiy turi farqlanadi:
Xodimlar tavsifnomalarini taqqoslash usuli.
Bajarilgan ish to‘g‘risida hisobot usuli.
Ball usuli.
Nazorat varaqalari usuli.
Ushbu usullardan eng keng qo‘llaniladigan ikki usul xususiyatlariga batafsilroq to‘xtalish mumkin.