Inson resurslarini boshqarish Xayitov 2019 iqtisodchi kutubxonasi
Rasman sertifikatlashtirilgan ta’limni baholash.
Hozirgi vaqtda Yaponiyada firma ichida o‘qitish qisqa muddatli stajirovka (markazlashgan o‘qitish) shaklida amalga oshiriladi.
Xodimlarni rivojlantirish rejasiga muvofiq stajirovkalar ishchilarning kategoriyasi va lavozimiga qarab uyushtiriladi. Stajirovkalar ITO‘ va mustaqil o‘qish shaklida o‘tkaziladi. II Jahon urushidan keyin mehnat vazirligi nemis modeliga asoslangan kasbiy o‘qitishni rejalashtirgandi, ammo bu rejalar o‘zini oqlamadi.
Rasman sertifikatlashtirilgan o‘qitish tizimi yordamida ko‘p ixtisosli ishchilarni tayyorlash boshqaruvchi xodimlar va Yevropa hamda amerika texnikalari funksiyalarini bajaruvchi malakali kadrlarni olishga imkon berdi. Bundan tashqari, yapon xodimlar tayyorlash tizimi nafaqat o‘quv yurtlaridan va markazlashgan ta’limdan foydalanadi, shu bilan birga IVO‘ ga ham katta e’tibor beradi.
Davlat va munitsipal muassasalar amalga oshiradigan kasbiy o‘qitish. “Inson resurslarini” kasbiy rivojlantirish qonuni asosida davlat, munitsipal organlar hamda yollashga yordam korporatsiyasi -YOYOK (maxsus notijorat tashkiloti) kasbiy o‘qitish muassasalarini ochadilar.
Davlat va munitsipal organlari amalga oshiradigan kasbiy o‘qitishning ta’sischilari va shakllari tarkibiga “inson resurslarini” rivojlantirish markazlari, politexnika kollejlari va markazlari, nogironlarni kasbiy o‘qitish markazlari hamda Politexnika universiteti kiradi. Nogironlarni kasbiy o‘qitishdan tashqari boshqa o‘quv muassasalarining ta’sischisi YOYOK hisoblanadi.
Yuqoridagilardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, rivojlangan davlatlar tizimida IRM alohida o‘rin egallar ekan. Chunonchi, IRMni rivojlantirish strategiyasininig bosh masalasi – xodimlarni, kadrlar xizmati faoliyatini tashkil qilish, ularni rivojlanishi zaminida iqtisodiy ravnaq va katta daromadlarni ko‘zlash turur ekan.
Ko‘rib o‘tilgan Yaponiya va AQSH davlatlarida inson resurslarni boshqarish, kadrlarni tayyorlash tizimlari o‘zaro bir-birlariga uxshash tomonlari va ayni paytda har bir mamlakatning o‘ziga xos spetsifik xususiyatlari, elementlari mavjud ekan. Bizning vazifamiz bo‘larni chuqur o‘rganib, tahlil etib, ulardan respublikamizda kadrlarni tayyorlash va inson omilini rivojlantirishda o‘rinli foydalana olishdir.