Ish haqi Yaponiyada 1 navbatda mehnat staji tizimiga qarab aniqlanadi. Yuqori ishdagi ishchilar ishga layoqatliligi yoki o‘z majburiyatlarni bajarmaganligiga qaramasdan, yuqori darajadagi ish haqi oladi. Statistikaga muvofiq 13,8foiz kompaniyalarda 2000 yilda ish haqini mehnat va layoqatligiga qarab aniqlanardi. Mehnat natijalari va mehnat stajini aniqlash asosida ish haqini to‘lash 80,6foiz korporatsiyalarda tashkil etiladi. Yaponiyada ish haqini to‘lash oylik ish haqi va 1 yilda 2 marta bonuslarni to‘lashdan iborat.
Yirik yapon korporatsiyalari ishchilarga qo‘shimcha imtiyozlar yaratadi. Masalan: har doim yo‘l xarajatlarini to‘laydi. Ishchilar va ularning oila a’zolarining kasalxona xarajatlarini kompaniya qoplaydi. Kompaniya uy joylarni ham past narxda ta’minlaydi. Agar bunday uylar yetarli bo‘lmasa, kompaniya bu uylarni ijaraga olib, o‘z ishchilariga past narxda taqdim etadi. Uy joylarni sotib olish uchun zayomlar taqdim etiladi. Tijorat banklar va boshqa moliyaviy institutlarda foiz stavkasi yuqori bo‘lgani uchun kompaniya banklardan zayom olib va ishchilariga past foizda (odatda 4-6foiz) beradi, korporatsiya esa zayomni kafolatlaydi.
16.5-Jadval Boshqaruvchining o‘rtacha mansabda turish vaqti.